20 yildagi eng yirik yangilanish: uyingizda Wi-Fi endi 5G tezligida ishlaydi!

Aloqa federal komissiyasi 6 gigagerslik chastotali diapazondan litsenziyasiz foydalanish imkoniyatini ochdi. Wi-Fi 6E texnologiyasi – darajasiga ko‘ra 5G texnologiyasi bilan baravar yangi innovatsiyadir.

«O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

Tesla o‘tgan yil noyabrda butunlay elektrlashtirilgan Cybertruck pikapini taqdim etgan edi. Antiqa ko‘rinishi bilan masxaralarga sabab bo‘lsa-da, ikki kun ichida unga berilgan buyurtmalar 146 mingdan oshgan!

Mototsiklga aylanuvchi dron-transformer atigi 37 dollardan sotilyapti

Qurilmaning akkumulyatori 3.7 volt kuchlanishdagi 650 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Uning to‘la quvvati 8 daqiqa uchishga yoki «mototsikl» rejimida 15 daqiqa yurishga yetadi.

Xiaomi iyulning oxirigacha chiqaradigan 17 ta yangi gadjet bilan tanishing!

Hindistonlik insayder Sudhanshu Ambhore yaqin oylar ichida Xiaomi bozorga taqdim etadigan turli devayslarni e’lon qildi.

Inha universiteti talabalari sensorli «aqlli niqob» ixtiro qilishdi

Niqob sensorlar avtomatik ravishda qayd etgan ko‘rsatkichlarni ilova orqali smartfonga yuboradi. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslab, agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.

Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

Xiaomi «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» deya maqtagan Black Shark 3 geymerofonini Red Magic 5G modeli AnTuTu’da tor-mor etgan. Lenovo esa Legion bilan ularning barini yakson etishga so‘z bergan...

OnePlus 8 hamda 8 Pro taqdim etildi: o‘zaro jiddiy farqlanuvchi flagmanlar!

«Aslo qotmas» shioriga mos smartfonlari bilan tanilgan xitoylik kompaniya o‘zining sakkizinchi avlod modellarini namoyish qildi. Lekin bu narxlari bilan ularni endi «flagmanlar kushandasi» deb bo‘lmaydi.

Oppo Ace 2 namoyish qilindi: ko‘p tomonlama rekordchi flagman!

AnTuTu yetakchisi – Find X2 Pro’dan ham oshiq, ya’ni 627 553 ball bilan rekord o‘rnatgan flagman simli usulda 65, simsiz usulda 40 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanuvchi dunyodagi ilk smartfondir.

Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

U allaqachon Samsung Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarida paydo bo‘lgan va Huawei, Xiaomi va boshqa xitoylik smartfonsozlarning navbatdagi flagmanlariga ham joriy etiladi.

Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Bu virus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.

Qarshi oling: Huawei o‘zining eng qimmat mahsulotini taqdim etyapti

Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, mazkur devays korpusning ichidan chiquvchi 24 megapiksellik old kameraga ega, imo-ishoralar bilan ham boshqariladi, yana 14 ta dinamikdan iborat kuchli akustik tizimi mavjud.

«Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

5G texnologiyasining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatgan esa-da, uning joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p. Ammo hattoki koronavirus infeksiyasining tarqalishiida ham uni ayblash...

Putin nega uchrashuvlarni faqat onlayn o‘tkazyapti?

Rossiya prezidenti yaqindagina koronavirus yuqtirgan kasallar davolanayotgan shifoxonaga borib, ular bilan uchrashgan edi. Shundan keyin mazkur kasalxona bosh vrachida ham koronavirus aniqlangan.

Xitoyliklar istalgan kishini internetdan uzib qo‘yuvchi yangi standartni tayyorlashmoqda

Ushbu yangi standart New IP protokoli deb nomlanmoqda va, kompaniyaning rejasiga ko‘ra, u hozirda amalda bo‘lgan TCP/IP protokoli o‘rniga kelishi kerak.

Panasonic havoni tozalovchi «aqlli» niqob chiqardi (+video)

AiryTail qancha ko‘p havo tozalasa, uning egasi shuncha ko‘p bonuslar oladi. Bonuslarni esa yangi filtrlarga almashtirish yoki ular evaziga hamkorlardan diskontlar olish mumkin bo‘ladi.

Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Smartfonda konditsionerni boshqarish ilovasi ochilgan. Displeyda tirqish yoki kemtik ham yo‘q, yuqori romda ham selfi-kamera ko‘rinmaydi – demak, mazkur sensorni ekranning ostiga o‘rnatishgan.

Mobil ilovali tezkor koronavirus testi yaratildi

Sun’iy idrok texnologiyalari, rasmlarni qayta ishlash hamda molekulyar virusologiyadan foydalanuvchi bu dastur kasallarni kelajakda kuzatish yoki ularga telemeditsina xizmatlarini ko‘rsatish uchun ham asqotadi.

Huawei kamerasini sensorli displey o‘rab turuvchi smartfon patentladi!

Kamera blogining atrofini o‘rab turuvchi sensorli aylana ekranda nafaqat turli ma’lumotlar aks etadi, balki bevosita shu qo‘shimcha displeydan smartfonni boshqarish imkoni ham bo‘ladi.

Kishida koronavirus bor-yo‘qligini endi Siri ham aytib bera oladi

Apple mijozi o‘z gadjetida «Hoy, Siri, menda koronavirus bormi?» deb so‘rasa, ovozli yordamchi unga salomatligi bilan bog‘liq savollar bera boshlaydi.

Endi smartfonni orqasidan chertib ham boshqara olasiz! (2 ta «jonli» video)

XDA Developers dasturchilari Android 11’dagi yana bir qiziq funksiyani topishdi. Ushbu yangi ishoralar jamlanmasi smartfonning orqa paneliga chertish orqali ma’lum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш