Galaxy P30 smartfonining «jonli» rasmlari Samsung muxlislarining hafsalasini pir qildi!

Xitoyning telekommunikatsiya sohasida guvohnoma beruvchi TENAA tashkiloti saytida Samsung Galaxy P30 modelining har tomonlama olingan «jonli» suratlari paydo bo‘ldi. Lekin afsuski...

Keyingi iPhone’lar ham, xuddi Galaxy S10 kabi, «ko‘rinmas» old kamerali bo‘ladi!

iPhone’lar uchun kamera ob’yektivlari yetkazib beruvchi Largan Precision kompaniyasi maxsus – ularni ko‘rinmas qiluvchi qora qoplama yaratish ustida ishlamoqda.

Xiaomi’ning yangi – sirli LEX hamda romsiz Mi Mix 3 smartfonlarida maxsus Xiao AI tugmachasi bo‘ladi!

Mi Mix 3 va sirli Xiaomi LEX smartfonlarida Xiao AI «aqlli» yordamchisi uchun maxsus tugmacha o‘rnatilmoqda, uni ikki marta bosish amaliga boshqa buyruqlarni ham belgilash imkoni bo‘ladi.

Ilk «aqlli» tish cho‘tkasi ham yaratildi – endi boshqa ishlar orasida tish tozalash mumkin!

Tish pastasi solingan Babahu X1 og‘izga – yuqori va pastki tishlar qatoriga kiydiriladi. So‘ng esa bemalol boshqa ishlaringiz bilan shug‘ullanaverasiz – qo‘lingiz band bo‘lmaydi.

Lenovo oktyabrdagi taqdimotgacha sabri yetmay, romsiz Z5 Pro smartfonini ko‘rsatdi!

Lenovo Z5 Pro slayder form-faktoriga ega – kerakli paytda uning daktiloskopik skanerli ekrani asosiy korpusdan pastga suriladi hamda old kamera va boshqa datchiklar ko‘rinarli bo‘ladi.

iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

Mutaxassislar iPhone XS Max ekrani boshqa har qanday gadjetnikidan, jumladan – televizorlar, planshetlar, monitorlar va noutbuklarning ekranlaridan ham ancha sifatli, deyishdi.

Lenovo’ning ishlayotgan holdagi buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘ring!

Weibo tarmog‘ida Lenovo kompaniyasining buklanuvchi smartfoni prototipi aks etgan video tarqaldi. Gadjet «orqasiga» qayrilib buklangan holida ham bemalol ishlayapti – uni ekrani orqali boshqarishyapti.

Galaxy P30 – barmoq izi skaneri displeyga joylashgan ilk Samsung smartfoni!

Galaxy P30 va P30+ modellari Galaxy S10’dan avval namoyish etilib, dastlab faqat Xitoy bozoriga chiqadi. Samsung shu yo‘l orqali mahalliy smartfonsozlarning xuddi shunday modellari bilan raqobatlashmoqchi.

O‘rniga nima keladi: yaqinda smartfonlar ham yo‘qolarmish

Bir kun kelib, albatta tezda emas, lekin siz o‘ylaganingizdan ham ertaroq smartfon o‘ladi — xuddi o‘tmishdagi faksimil apparatlari kabi

ZTE Nubia Z18s: qo‘sh ekranli «alomat» smartfon TENAA’ga chiqdi, uni «jonli» videoda tomosha qiling!

ZTE Nubia Z18s asosiy ekrani IPS-matritsali bo‘lib, o‘lchami 6,26 dyuymga teng, tasvir aniqligi 2280x1080 pikselni tashkil etadi. Ikkinchi – diagonaliga 5,1 dyuymlik OLED-displey esa 1520x720 piksellidir.

5G-internet smartfonlar uchun xavfli ekan!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlar uzatish tezligi o‘ta yuqori – soniyasiga 20 gigabaytgacha boradi. Ammo bunchalik katta tezlik jiddiy muammolarni ham boshlab kelishi mumkin.

Tez uxlab qolib, tiniqib uyg‘onishga yordam beruvchi «aqlli» bilaguzuk (+video)

Miya signallariga o‘xshash to‘lqinlardan foydalanishi bilan DreamOn brasleti uyqu dorilaridan hamda tovushli yoki nurli signallar orqali uxlatuvchi gadjetlardan farq qiladi.

Germaniyada haydovchisiz tramvay ilk sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi (+video)

Avtonom transport vositasining sinovlari oktyabrning boshida yakuniga yetadi. Agarda testlardan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, haydovchisiz tramvay 2019 yildan Potsdamdagi yo‘nalishlarda qatnay boshlaydi.

iOS 12.1 «sotib qo‘ydi»: Face ID funksiyali iPad Pro shu kuzda chiqadi!

2018 yilgi Apple iPad Pro ekran o‘lchamiga ko‘ra ikki xil – 11 va 12,9 dyuymlik bo‘ladi. Ular xuddi iPhone X singari romsiz hamda Touch ID – barmoq izi skanerisiz, ammo Face ID bilan ta’minlanadi.

Xiaomi Mi 8 Pro (Screen Fingerprint Edition) flagmani ham namoyish qilindi – uning barmoq izi skaneri ekranida!

Ikkita SIM-karta bilan ishlay oluvchi Xiaomi Mi 8 Pro modeli 4G VoLTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga Wi-Fi (802.11ac), NFC hamda Bluetooth 5.0 modullari, shuningdek USB Type-C porti o‘rnatilgan.

Galaxy S9’dagi ajoyib funksiyalar endi Samsung’ning boshqa smartfonlariga ham joriy etildi!

Mazkur smartfonlarga 2018 yilning 18 sentyabridan tarqatila boshlagan yangilangan proshivka ushbu yangi imkoniyatlarni, shuningdek, Android xavfsizlik tizimi uchun yangi patchlarni ham o‘z ichiga oladi.

Xiaomi «aqlli» budilnik namoyish etdi

«Sun’iy idrok»li bu gadjet ovoz bilan boshqariladi. Katta ekranga, 30 turdagi dinamik signalga ham ega bo‘lishidan tashqari, unga ikki mingta stansiyani qo‘llab-quvvatlovchi internet-radio ham joriy etilgan.

RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

Kompaniya e’lon qilgan animatsiyali suratda yangi mahsulotlarga ishora qiluvchi beshta bir xil belgicha takrorlanadi.

«Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

Sirin Finney kriptosmartfonining taqdimoti 28 noyabr kuni Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimni mashhur futbolchi Lionel Messi olib boradi.

OnePlus endi umuman boshqa gadjet ham tayyorlaydi

Personal yordamchili OnePlus TV old kameraga, shuningdek foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari «sizib» chiqib ketmasligini ta’minlovchi xavfsizlik tizimiga ham ega bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш