Dunyodagi barcha virtual muzeylarga endi bitta saytdan kira olamiz!

Virtual Museums servisiga istagan odam yangi muzeyni qo‘shishi mumkin! Buning uchun saytda Submit Museum tugmachasi joylangan. Bunda muzey nomini hamda uning veb-saytini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Bu virus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.

Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!

Kamida 15 mingta videomuloqot aks etgan videoyozuvlar internetga chiqib ketgan. Bundan tashqari, Zoombombing degan tushuncha paydo bo‘lgan; bu – begona birovning videokonferensiyaga qo‘shilib olishidir.

Bu yil chiqadigan to‘rtta iPhone 12 bilan tanishamiz!

Har to‘rtala iPhone 12 ekran o‘lchamiga hamda bosh kamera datchiklariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ammo ularning displeyidagi kemtik yo‘qolmaydi, faqat sal ixchamroq bo‘ladi.

«Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

5G texnologiyasining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatgan esa-da, uning joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p. Ammo hattoki koronavirus infeksiyasining tarqalishiida ham uni ayblash...

Koronavirusga qarshi kurashda Telegram yordam beradi!

Telegram ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga kirishgan. Uning bu haqdagi rasmiy maqolasida siz o‘zingizni infeksiyadan saqlashingiz hamda bunda boshqalarga ko‘mak berishingiz uchun yo‘riqnomalar mavjud.

Nikon jami 250 dollarlik fotograflik videodarslarini vaqtincha bepul taqdim etyapti

Ekspertlar makros’yomka sirlarini ochishadi, bolalar va jonivorlarni, peyzajlarni suratga olishga o‘rgatishadi va hatto musiqiy kliplar suratga olish bo‘yicha ham maslahatlar berishadi.

Koronavirus hattoki Mortal Kombat’ga ham yetib keldi! (video)

Insoniyat koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan bo‘lsa-da, bu mavzuda hazil qilayotgan, mem va kulgili lavhalar tayyorlayotganlar bor. Rassom-animator Aleksey Yurevich esa bu masalaga yangicha yondashgan.

Putin nega uchrashuvlarni faqat onlayn o‘tkazyapti?

Rossiya prezidenti yaqindagina koronavirus yuqtirgan kasallar davolanayotgan shifoxonaga borib, ular bilan uchrashgan edi. Shundan keyin mazkur kasalxona bosh vrachida ham koronavirus aniqlangan.

Online Open Sessions – karantin vaqtida IT-Parkdan yangi qiziqarli loyiha!

Mazkur loyiha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiya bo‘lib, unga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan.

COVID-19 yuqtirganlarga «josus» ilovali smartfonlar berishadi!

Bemorlarga o‘z smartfonlariga «Ijtimoiy monitoring» nomli maxsus treker ilovani o‘rnatib olish tavsiya etiladi. Buning imkoni bo‘lmasa, ularga ushbu dastur o‘rnatilgan smartfonlar beriladi.

Koronavirus sababli ilk bor messenjer orqali sud o‘tkazildi

Mazkur ish karantin paytida qoidaga xilof ravishda kafeni ishlatib qo‘ygan mahalliy tadbirkorga nisbatan ochilgan edi. Jazo sifatida sud mazkur kafe faoliyatini 45 kunlik muddatga taqiqlab qo‘ydi.

Nihoyat, Apple rasmiy saytiga iPhone 9 chiqdi: kutilganidan ancha qimmat!

Apple hali rasman taqdim qilinmagan mahsulot haqidagi ma’lumotning saytga chiqib ketganini payqab qolib, tezda o‘chirgan. Ammo shungacha undan skrinshot olib, internetga tarqatib ulgurishgandi.

Telegram’da koronavirus haqida yolg‘on tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun surxondaryolik yurtdoshimiz jarimaga tortilgan, qashqadaryolik foydalanuvchiga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan edi.

Koronavirus bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

Endi call-markaziga murojaat qilgan paytida telefon qo‘ng‘irog‘iga javob kutmasdan, bevosita Telegram-bot orqali murojat qilishlari va tezkor yordam olishingiz mumkin.

iPhone 9 bugunoq chiqadi – uning g‘ilofi allaqachon do‘konlarga keldi! (+«jonli» rasm)

Best Buy o‘z xodimlariga ushbu tovarni to 5 aprel – yakshanba kunigacha sotuvga qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlagan. Shunga ko‘ra, iPhone SE 2 bugun rasman namoyish qilinib, yakshanba kuniyoq savdoga chiqariladi.

Dezinfeksiyada kuchli radiatsiyadan foydalanilishi qanchalik to‘g‘ri?

Bugungi kunda aholining to‘g‘ri va xolis axborotga ehtiyoji ortayotgani sir emas. Afsuski, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar ham tarqalmoqda.

Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin!

Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki test savollari Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda virusolog olimlar bilan kelishilgan holda tuzilgan, deyiladi AKT vazirligi xabarida.

Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Bu model, garchi 2018 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, bultur ham dolzarbligini yo‘qotmagan. 2019 yilda ayni shu smartfon eng xaridorgir bo‘lib, 46,3 millionta sotilgan va reyting shohsupasidan joy olgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Shifokorlar hamisha mobil o‘yinlar, kompyuter va pristavkalardagi o‘yinlarga ruju qo‘yishdan qaytarib kelishgan, hatto buni kasallik deb e’lon qilishgan. Ammo endi JSST aksincha mazmundagi chorlov bilan chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш