Redmi K40 uchun allaqachon buyurtma ochildi, lekin protsessori...

Mediatek navbatdagi flagman protsessorini 20 yanvar kuni namoyish etishini aytgach, Xiaomi Group China prezidenti ushbu chipset birinchi bo‘lib Redmi K40 smartfonida qo‘llanishini e’lon qildi.

Galaxy A32 namoyish qilindi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni!

Ushbu 5G-smartfon xaridorlarga 4, 6 va 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan taklif etiladi. Ularning barida doimiy xotira 128 gigabaytlik bo‘lib, smartfonda yana MicroSD-karta sloti ham mavjud.

AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Oppo kompaniyasi ushbu benchmarkdagi rekordchi – Find X3 Pro flagmanini hali rasman namoyish qilganicha yo‘q. Lekin allaqachon samaradorlik bo‘yicha undan ustun yangi smartfon paydo bo‘ldi!

Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti

Xiaomi Group China prezidenti va Redmi brendi direktori Lu Veybing yozishicha, Xiaomi hovliqib Snapdragon 888 protsessorli smartfonga bunchalik arzon narx belgilab yuborgan emish.

Samsung ko‘rinmas kamerali Galaxy Note 21 Ultra’ni videoda ko‘rsatdi!

Eski telefonlarning «ikkinchi hayoti» haqidagi rolikda Samsung hali taqdim etmagan, ekranida old kamera uchun na kemtik, na tirqish ko‘zga tashlanmaydigan g‘ayrioddiy smartfonni ko‘ramiz.

iQOO 7 ham chiqdi: Snapdragon 888 chipli ikkinchi flagman Xiaomi Mi 11’dan zo‘r, lekin undan arzon!

iQOO brendining bu geymerofoni eng kuchli Android-chipsetga ega smartfon bo‘lishdan tashqari, «Xitoycha Apple»ning yangi flagmanidan arzon ham. Shu bilan birga, ayrim jihatlariga ko‘ra raqibidan ustun keladi.

Qualcomm protsessorli eng arzon 5G-smartfon taqdim qilindi!

Vivo Y31s yon qirrasiga daktiloskop o‘rnatilgan, 5000 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanadi. Gadjet eng so‘nggi – Android 11 talqini bazasidagi Funtouch OS 10.5 boshqaruvi ostida ishlaydi.

Snapdragon 888 chipli bu «Imperator» flagman atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlanadi!

Geymerofon ekrani 144 gerslik yoki hatto undan ham yuqori bo‘lishi aytilmoqda. Uning bosh kamerasi bir necha moduldan iborat bo‘lib, korpusidan o‘yin uchun maxsus tugmachalar ham joy olishini kutish mumkin.

Galaxy S21 smartfoni va qadog‘i aks etgan «jonli» video tarqaldi (+narxlari)

Keng jamoatchilikka rasman ko‘rsatilishiga uch kun qolganida insayderlar Galaxy S21 smartfonining «jonli» videosini e’lon qilishdi. Unda qurilmaning o‘zi hamda sotuvga chiqariladigan qutisini ko‘rish mumkin.

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfonini har tomonlama tomosha qilamiz

Samsung keyingi haftada o‘zining Galaxy S21 turkumidagi flagmanlarini namoyish etgach, Galaxy A32 5G taqdimotiga navbat keladi.

Redmi Note 9T bilan birga yana bir «avtonomlik monstri» – Redmi 9T ham chiqdi! (+«jonli» video)

Xiaomi 8 yanvar kuni Ispaniyada o‘zining Redmi Note 9T rusumli yangi smartfonini namoyish etishi ma’lum edi. Kutilmaganda korporatsiya u bilan birga yanada arzon Redmi 9T modelini ham jamoatchilikka ko‘rsatdi.

Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

Hakamlar hay’ati – industriyaning 89 nafar ekspertlari biror flagmanni emas, balki Samsung kompaniyasining o‘rta narxli modelini narx va sifat mutanosibligiga ko‘ra eng zo‘r smartfon, deya e’lon qilishdi.

Redmi Note 9T namoyishidan avval Redmi 10T sotuvga chiqdi. Xiaomi hayratda!

Xiaomi India boshqaruvchi direktori hamda global vitse-prezident Manu Kumar Jayn o‘zining Twitter-akkauntida yozishicha, bunday smartfonning mavjudligi Xiaomi hamda Redmi’ning o‘zi uchun ham yangilik ekan.

O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

Smartfonning har ikkala – 4G va 5G versiyasi ham nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlari bazasida tayyorlanmoqda. Lekin Samsung muxlislarining hafsalasini pir qiladigan yana bir ma’lumot ham tarqaldi.

«5G-smartfonlar juda arzon bo‘lishi kerak!» – Qualcomm yangi protsessor chiqardi

Snapdragon 480 modeli Qualcomm’ning eng arzon 5G-protsessori bo‘lib, u oldin faqat birmuncha qimmat smartfonlarga xos bo‘lgan ayrim imkoniyatlarni endi arzon telefonlarga ham tatbiq etish imkonini beradi.

Xiaomi Mi 10 turkumida 300 dollardan arzon 5G-smartfon chiqdi!

Smartfonda Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.1, GPS, NFC, USB-C va infraqizil portlari, 3,5 mm.lik audiotirqish, yon qirrasida daktiloskop bor; stereodinamiklari esa Hi-Res Audio tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

AnTuTu’da taxt talashayotgan Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarini bitta zarbada ag‘dargan yangi rekordchini qarshi oling!

Xiaomi Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarining rekordlarini ham «sindiruvchi» yangi superflagmanni xitoyliklar tayyorlab ulgurishibdi. Ice Universe uning AnTuTu’dagi testi natijasini ulashdi.

Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Dasturchilar MIUI 12 kodlarida Snapdragon SM7350 chipli smartfonga ishoralar borligini aniqlashdi. Demak, bu – Redmi K40 modeli bo‘lib, faqat uning Pro-versiyasidagina Snapdragon 888 qo‘llanadi.

«Taxtni bo‘shat, Xiaomi Mi 11» – AnTuTu rekordchisi yanvarda chiqyapti

Xiaomi kompaniyasining Mi 11 flagmani bu servisda 745 ming ballga yaqin ko‘rsatkich qayd etgan bo‘lsa, bu geymerofonning ko‘rsatgan natijasi 752 935 ballga yetgan!

Vivo X60 hamda X60 Pro namoyish qilindi: Exynos 1080 protsessorli ilk smartfonlar!

O‘tgan oyda Samsung smartfonni «uchiruvchi» Exynos 1080 rusumli 5G-protsessor taqdim qilgan edi. Xitoylik kompaniya esa uning bazasidagi birinchi qurilmalar – Vivo X60 va X60 Pro kamerofonlarini chiqardi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш