Redmi Earphones – o‘ta arzon, lekin Hi-Res Audio sertifikatli quloqchin!

Realme yaqinda hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon narxda Realme Buds Classic quloqchinini chiqargan edi. Xiaomi kompaniyasi ham undan qolishmaslik uchun, Redmi brendi ostida yangi quloqchinini namoyish qildi.

Quvvati 10 kunga yetuvchi, 96 xil sport rejimli Huawei Watch Fit smart-soati chiqdi (+video)

Bu soatning korpusi o‘lchami 46x30x10,7 millimetrni tashkil etadi, u kompaniyaning oldingi smartvochlariga xos bo‘lmagan to‘rtburchak ekranga ega. Always-on Display rejimi uchun unda oltita yangi siferblat bor.

37 kun avtonom ishlovchi, retro-dizaynli Amazfit Neo smart-soati chiqdi

Dizayni retro usulida bo‘lsa-da, Amazfit Neo modelining «ichki dunyosi» ancha zamonaviy. Korpusi esa 5 atmosfera bosimigacha bo‘lgan darajada suvdan himoyalangan.

200 dollarlik Gionee M30 chiqdi: akkumulyatori naq 10 000 mA/soatlik smartfon-poverbank!

Gionee kompaniyasi kuni kecha daktiloskopning joylashuvi bo‘yicha eng original smartfonni taqdim qilgan edi. Endi esa u o‘ta sig‘imdor batareyali Gionee M30 modelini namoyish etdi.

29 avgustgacha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga ulkan chegirmalar bor

Qiziqarli chegirmalar smartfonlardan tashqari, Xiaomi ekotizimining qolgan qurilmalari – televizor, quloqchin, robot-changyutgich va hokazolar uchun ham amal qiladi.

PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

Pristavka uchun eng qimmat aksessuar Pulse 3D simsiz garniturasi bo‘lib, Yevropada uning narxi AQShdagidan ham balandroq. Lekin tikka podstavkani Yevropadagi geymerlar arzonroq olishlari mumkin bo‘ladi.

Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

Counterpoint joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra aqlli soatlar bozori bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, mazkur bozorda pul hisobiga ko‘ra 20 foizlik o‘sish bo‘lgan.

Huawei ikkinchi avlod – Eyewear II smart-ko‘zoynagini taqdim etdi

Eyewear II bandidagi 3D Touch sensor panel yordamida qo‘ng‘iroqlar va musiqani boshqarish, ovozli yordamchini chaqirish mumkin. Gadjet USB Type-C porti orqali, shuningdek simsiz usulda ham quvvatlana oladi.

Realme hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon quloqchin taqdim etdi (+video)

Realme Buds Classic simlari chalkashib ketmasligi uchun tasmacha shaklidagi sariq organayzerga ham ega. Uning pultiga qo‘ng‘iroqlarga javob berish va musiqani boshqarish tugmachasi va HD-mikrofon o‘rnatilgan.

Apple’dan ham avval Samsung xasislikni boshladi: Galaxy Note 20 qadog‘idan muhim aksessuarni olib qolishyapti!

Samsung yangi smartfonlar qadog‘iga zaryadnik qo‘shmasligi haqida xabar bergan edik. Lekin janubiy koreyaliklr xasislikni allaqachon – yaqinda namoyish qilingan fabletlaridanoq boshlab yuborishibdi!

iPhone 12 taqdimoti baribir kechikadi – ishonchli insayder aniq sanalarini aytdi

O‘n ikkinchi avlod ayfonlardan tashqari, yangi avlod Apple Watch hamda iPad’larning ham sotuvga chiqish kunlari allaqachon ma’lum bo‘lgan.

Galaxy Watch 3 namoyish qilindi: ikki versiya, ishorali boshqaruv, EKG va pulsoksimetr...

Mazkur aksessuar uyqu sifatini hamda stress darajasini nazorat qilishga qodir. Egasi yiqilib tushsa, soat buni payqaydi va kontaktlarda oldindan belgilab qo‘yilgan yaqinlariga bildirishnoma yuboradi.

Mi Band 5 raqibini Samsung tayyorladi – Galaxy Fit 2 sertifikatsiyadan o‘tdi

Galaxy Fit 2 texnik xususiyatlari hozircha noma’lum, lekin bir narsani taxmin qilish mumkin: garchi funksiyalariga ko‘ra u Mi Band 5 bilan raqobatlashsa-da, narxi bo‘yicha baribir qolishadi.

Huawei ikkita kamerali va NFC chipli smart-soat taqdim etdi (+video)

Bosh kamerasi 4 karralik raqamli zum funksiyasidan tashqari, sun’iy ong bilan ham ta’minlangan; u kadrdagi ob’yektni aniqlabgina qolmasdan, internetdan u haqida ma’lumot izlashga ham qodir!

Xotirjam bo‘lavering: Galaxy Note 20 fabletlari va Galaxy Buds Live kutilganidan arzonroq ekan!

Samsung mazkur smartfonlarni naq 1 249 yevrodan boshlab sotishi aytilayotgan edi. Lekin endi ishonchli insayder bu fabletlar va Galaxy Buds Live simsiz quloqchini narxlari borasida yangi ma’lumot e’lon qildi.

Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

E’lon qilingan videoda ta’kidlanishicha, bu – Samsung Galaxy Unpacked marosimining birinchi treyleridir; demak, keyin boshqalari ham chiqadi.

Galaxy Watch 3’ni ilk bor «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Samsung yangi smart-soatini 8 gigabaytlik doimiy xotira, LTE, NFC va GPS modullari bilan ta’minlmoqda. Unga qon bosimini o‘lchash funksiyasi va EKG datchigi ham qo‘shilgan.

Qoyilmaqom aqlli ko‘zoynak – Apple iGlass ikkita chiroyli videorolikda!

Kanadada yashovchi dizayner Iskandar Utebayev (Iskander Utebayev) o‘zining Instagram-sahifasida Apple aqlli ko‘zoynagining konsept-roliklarini e’lon qildi.

Galaxy Buds Live: «loviya»ning narx, xususiyat va yangi rasmlari!

Quloqchinning o‘zi bitta quvvat bilan 5,5 yoki 7,5 soat ishlashi mumkin (ANC va AOM funksiyalarining faol yoki yo‘qligiga bog‘liq). G‘ilofi esa bu ko‘rsatkichni naq 28 soatga yetkaza oladi.

iPhone 12 va boshqa barcha Apple gadjetlarining taqdimot sanalari fosh bo‘ldi!

iHacktu Pro nikli insayder kupertinolik korporatsiyaning bu yil kuzga mo‘ljallagan ikkita taqdimotining sanasini e’lon qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш