Tayyor turing – Nokia yangi smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

HMD Global bu tadbirda Nokia 7.1 Plus smartfonini taqdim etsa kerak. Mazkur model keng formatli, yuqori qismi «kemtik»li displeyga hamda Zeiss optikali qo‘shaloq kameraga ega.

Xiaomi smartfonlaridan to‘qqiztasiga barqaror global MIUI 10 chiqdi

Xabarlarga ko‘ra, apdeyt tarqatilishining keyingi to‘lqinida Mi 6X, Mi 8 SE, Redmi 5, Redmi 5 Plus, Redmi 6, Redmi 6A, va Mi MIX 2S modellari uchun ham barqaror global MIUI 10 proshivkasi taqdim etiladi.

Samsung’ning «uch ko‘zli» ilk smartfoni – Galaxy A7 (2018) taqdim etildi!

Galaxy A7 (2018) modeli «uchko‘z» bosh kamera va fotochaqnoqli old kamera, shuningdek LTE Cat.6 modemi, qo‘sh diapazonli Wi-Fi adapteri, Bluetooth 5.0 va NFC modullari hamda yettita datchik bilan ta’minlangan.

Bollivud afsonasi allaqachon OnePlus 6T flagmanini «jonli» ko‘rsatyapti! (rasmiy video)

Hindistonda Bollivud qiroli orqali reklama qilinayotganidan tashqari, Amazon do‘konining ushbu mamlakatdagi bo‘limi ham OnePlus 6T’ni sotishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xiaomi Mi 8 Pro (Screen Fingerprint Edition) flagmani ham namoyish qilindi – uning barmoq izi skaneri ekranida!

Ikkita SIM-karta bilan ishlay oluvchi Xiaomi Mi 8 Pro modeli 4G VoLTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga Wi-Fi (802.11ac), NFC hamda Bluetooth 5.0 modullari, shuningdek USB Type-C porti o‘rnatilgan.

Xiaomi Mi 8 Lite taqdim etildi: 204 dollarga flagman dizaynli o‘rtacha smartfon!

Ko‘pdan beri insayderlik xabarlarida Mi 8 Youth Edition deb kelinayotgan smartfonni Xiaomi kompaniyasi 19 sentyabrda taqdim etdi. Faqat bu model bozorga Mi 8 Lite nomi bilan chiqarilmoqda.

Galaxy S9’dagi ajoyib funksiyalar endi Samsung’ning boshqa smartfonlariga ham joriy etildi!

Mazkur smartfonlarga 2018 yilning 18 sentyabridan tarqatila boshlagan yangilangan proshivka ushbu yangi imkoniyatlarni, shuningdek, Android xavfsizlik tizimi uchun yangi patchlarni ham o‘z ichiga oladi.

Xiaomi rahbari «jonli» ko‘rsatdi: Mi 8 Youth emas, Mi 8 Lite ekan, u allaqachon sotuvga qo‘yilgan!

Hali taqdim etilmasidan avval Xiaomi Mi 8 Lite uchun oldindan buyurtma olish ham boshlangan. Uning 4/32 gigabayt xotirali versiyasi uchun 299 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan.

RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

Kompaniya e’lon qilgan animatsiyali suratda yangi mahsulotlarga ishora qiluvchi beshta bir xil belgicha takrorlanadi.

«Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

Sirin Finney kriptosmartfonining taqdimoti 28 noyabr kuni Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimni mashhur futbolchi Lionel Messi olib boradi.

Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

Samsung buning o‘rniga Galaxy A seriyasidagi smartfon modellar qatorini kengaytirmoqchi. Shuningdek, Galaxy On turkumi o‘rniga yangi – Galaxy M seriyasida ham smartfonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

EKSKLYuZIV: Xiaomi hali ko‘rsatmagan Redmi Note 6 Pro bilan ilk «jonli» videotavsifda batafsil tanishamiz!

Uning ayrim texnik xususiyatlari boshqacharoq ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. Jumladan, Redmi Note 6 Pro’ning «elektron yuragi» Qualcomm Snapdragon 660 emas, balki yakka kristalli Snapdragon 636 chipi ekan.

To‘rtta ob’yektivli bosh kameraga ega Galaxy A9 Star Pro smartfoni ilk suratlarda!

Eng «serkamera» ushbu smartfon Galaxy A9 Star Pro deb nomlanadi. Uning bosh kamerasidagi to‘rtta modul tikka joylashadi, ulardan o‘ngroqda – orqa panelning o‘rtasida esa daktiloskopik datchik o‘rnatilgan.

Hamyonbop, lekin naq to‘rtta kamerali Redmi Note 6 Pro’ni «jonli» rasmlarda ko‘ring!

Redmi Note 6 Pro modeli sakkiz yadroli Snapdragon 660 protsessoriga, 4 GB.lik tezkor va 64 GB.lik doimiy xotiraga ega. Akkumulyatori ham zo‘r – tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng.

Boshlandi: ayolning sumkachasida yap-yangi Galaxy Note 9 yonib ketdi

Dayan Chang janubiy koreyalik korporatsiya ustidan sudga ariza berdi. Uning ta’kidlashicha, joriy yilning 3 sentyabrida uning sumkasida yotgan Galaxy Note 9 smartfoni o‘z-o‘zidan yonib ketgan.

Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

Ekran yuzasiga yotqizilgan himoya shishasining tepa qismida so‘zlashuv dinamigi uchun «kemtik» qoldirilganligi ham seziladi. Demak, bu yerdagi «o‘yiq»da yuzni tanish tizimi va boshqa datchiklar o‘rin oladi.

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

Slashleaks e’lon qilgan rasmga ko‘ra, flagmanning old kamerasi bevosita ekranning o‘ziga joylangan. Ammo keraksiz paytda u displeydagi kontentga xalaqit bermaslik uchun «g‘oyib bo‘lish» xususiyatiga ega!

Xiaomi yana oltita smartfoniga global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

«Xitoycha Apple» O‘zbekistonda ham ommalashgan oltita rusumdagi smartfonlari uchun interfeysi Android 9 Pie versiyasidagiga juda yaqinlashtirilgan barqaror global MIUI 10 proshivkasini tarqata boshladi.

«Xitoycha Apple» ham haqiqiy iPhone’lar narxlaridagi o‘z XR, XS va XS Max’larini savdoga chiqardi!

Xiaomi aynan yangi ayfon modellariga mos nomlardagi – XR suite, XS suite hamda XS Max set to‘plamlarini sotuvga qo‘ydi. Ularning nafaqat nomlari, balki narxlari ham iPhone XR, XS va XS Max bilan bir xil!

Hamyonbop, ammo yuz skanerli Galaxy J4+ smartfoni ham tayyor!

Galaxy J4+ yuzni tanish orqali tizim qulfini ochish funksiyasiga ega. Ikkita SIM-karta bilan ishlay oluvchi bu smartfonning barcha boshqaruv tugmachalari ekran ostida bo‘lishi ham eslab o‘tilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш