TikTok ilk bor foydalanuvchilar statistikasini e’lon qildi: tengi yo‘q o‘sish!

Unda aynan AQShdagi yuzerlar alohida ajratib ham ko‘rsatilgan: 2018 yilning yanvaridagi holatga qiyoslaganda, amerikalik yuzerlarning oylik faol auditoriyasi naq 800 foizga o‘sgan!

TikTok servisi Trampni sudga berdi

TikTok vakillarining ta’kidlashlaricha, amerikalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari AQSh hamda Singapurdagi serverlarda saqlanadi va ularga Xitoy hukumatining «qo‘li yetmaydi».

Facebook’da ekstremistik oqimga targ‘ib qilgan shaxslarni DXX qo‘lga oldi

Mazkur fuqaro o‘g‘li, jiyani, sinfdoshi va tanishlarini – jami 6 kishini o‘z virtual guruhiga qo‘shgan. Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog‘lab, Rossiyadagi tanishlari orqali ularga pul jo‘natgan.

235 million nafar Instagram, YouTube va TikTok yuzerlarining shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketdi

Tarqalib ketgan 192 milliondan ortiq ma’lumotlar Instagram foydalanuvchilariga tegishli, 42 millioni – TikTok foydalanuvchilariga, 4 millioni esa YouTube'chilarga tegishli.

Eng yirik nashrlar Apple komissiyasiga qarshi kurashga qo‘shildi

Telegram asoschisi avvalroq Apple va Google gegemonligini tanqid qilib, bundan qutulish yo‘llarini ham ko‘rsatgan edi. Shu masala bilan bog‘liq mojarolar Apple’ga qarshi boshqalarning birlashuviga olib keldi.

Tayyorgarlik ko‘ravering – sentyabrdanoq eski Facebook butkul yo‘q bo‘ladi!

Sentyabrda birdan noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun, siz ham hozirdanoq Facebook’ning yangicha interfeysiga o‘tib olganingiz va uning o‘ziga xosliklarini o‘zlashtirib borganingiz ma’qul.

Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

Garchi AQSh prezidenti TikTok’ni aynan u sotib olishini istayotgan bo‘lsa-da, ByteDance internet-kompaniyasi hali mazkur biznesini kimga sotish borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

«Yashil robotchali» tizimning yangi talqini ayrim jihatlari bilan foydalanuvchilarning hafsalasini pir qilyapti. Android 11 tizimidagi suratga olish ilovasiga aloqador bir noxush yangilikni Google tasdiqlagan.

Endi Telegram orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» mumkin!

Uyali aloqa operatorining maxsus Telegram-bot yordamchisini ulab, endi uydan chiqmagan holda kompaniya mutaxassisiga o‘z savollaringizni berishingiz, kerakli tavsiyalar olishingiz imkoni bor.

AliExpress ham bloklanish xavfi ostida!

Alibaba – Xitoydagi eng yirik internet-kompaniya va 1999 yildan beri elektron tijoratda sohasida faoliyat olib bormoqda. U bir nechta mashhur Internet saytlariga, xususan AliExpress.com’ga egalik qiladi.

TikTok’ning keragiyam yo‘q – hindlar uning analogini chiqarishdi!

«HiPi ishga tushirilishining Hindistonda TikTok bloklanishiga umuman aloqasi yo‘q. Biz HiPi ustida bir yildan beri ishlab kelmoqdamiz», – deydi Zee5 rahbari Tarun Katial.

Brauzerdagi inkognito rejimi nimasi bilan xavfli?

Bunday rejimda ochilgan brauzer oynasida internetga kirilgan saytlar tarixi, parollar, qidiruv so‘rovlari hamda cookies-fayllar saqlanmaydi – uning asosiy vazifasi shu.

Tramp talablarni oshirib, TikTok’ka yana 45 kun muhlat berdi

Yangi qarorda avvalgilarida tilga olinmagan yangi talablar ham bor. Jumladan, amerikalik yuzerlardan olingan har qanday ma’lumotni TikTok’dan o‘chirib tashlash va buni bajarganligi haqida xabar berish.

Telegram’ning Android, iOS va desktop versiyasi yangilandi: videoqo‘ng‘iroq va boshqa imkoniyatlar!

Muloqot mobaynida ovozli suhbatni videosuhbatga va aksincha aylantirish mumkin. Shuningdek, videoqo‘ng‘iroq davomida uning oynasini kichraytirib burchakka taqab qo‘yib, boshqa chatlarda yozishish imkoni ham bor.

TikTok uchun «jang»ga Hindistonning eng qimmat kompaniyasi ham qo‘shildi

Mazkur mamlakat Xitoydan tashqaridagi eng katta TikTok bozori bo‘lib, unda 200 million foydalanuvchisi va 2000 ga yaqin ByteDance xodimlari bor.

Nihoyat, Telegram videoqo‘ng‘iroqlari Android va macOS’da ham ishlay boshladi!

Videoqo‘ng‘iroq qila olishingiz uchun, suhbatdoshingizda ham Telegram’ning shu talqini o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, bu xabarni yaqinlaringizga ham ulashing va birgalikda yangi imkoniyatdan bahra oling!

TikTok taslim bo‘lmaydi: u Tramp ma’muriyatini sudga bermoqchi!

Mazkur da’vo arizasida, prezident Tramp tomonidan imzolangan qaror mamlakat konstitutsiyasiga zid ekanligi, chunki u TikTok’ning biror munosabat bildirishi uchun ham imkon qoldirmayotgani aytilgan.

Komil Allamjonov blogerlarning Telegram-akkauntlarini buzib kirishga urinishlarni qoraladi (+video)

«Buni kim, nima maqsadda qilgani hozircha aniq emas, lekin buni bevosita OAV va blogerlarga, so‘z erkinligiga tahdid sifatida baholash mumkin, deydi u.

Mark Sukerbergning boyligi ilk bor 100 milliard dollardan oshdi

Undan tashqari, hozirgi kunda klubda atigi ikki nafar yuz milliardlik milliarder bor: Amazon bosh direktori Jeff Bezos (190 mlrd dollar) va Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts (120 mlrd dollar).

Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang!

«Akkauntim yo‘qolib qoldi, endi unga kirib bo‘lmayapti, «telefon raqami bloklangan» degan xabar chiqib qolyapti. Uni blokdan chiqarish usullari va imkoniyati haqida ma’lumot ham yo‘q», deydi sinab ko‘rgan kishi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш