Lenovo tarixdagi eng qudratli protsessorga ega ilk 5G-noutbukni tayyorladi!

Narxi 1000 dollardan oshadigan ushbu premial noutbukini Lenovo bir necha kundan keyin ochiladigan Computex 2019 ko‘rgazmasida rasman namoyish etadi.

Lenovo qayishqoq ekranli ilk noutbuki – ThinkPad X1 modelini namoyish etdi!

ThinkPad X1 modeli Windows operatsion tizimida bemalol ishlay oladi. To‘laqonli moddiy klaviaturasi yo‘qligi bois u bir qaraganda katta buklama planshetga ham o‘xshab ketadi.

Atigi 30 dollarlik Lenovo Ego – himoyalangan va quvvati kamida 20 kunga yetuvchi smart-soat!

Yangi «aqlli» soatning monoxrom displeyi 1.6 dyuymlik o‘lchamga ega bo‘lib, hech qachon o‘chmaydi. Zarbalar va tushib ketishlardan himoyalanishdan tashqari, Lenovo Ego suv tubiga ham 50 metrgacha tusha oladi.

Master Lu eng zo‘r smartfonlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2019 yil aprel)

Reytingning dastlabki to‘rtta pog‘onasidagi smartfonlar Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlaydi. Yana bir qiziq tomoni – ushbu ro‘yxatda Xiaomi’ning birorta ham modeli yo‘q!

«Giperkamerali» Lenovo Z6 Pro taqdim etilyapti: barcha xususiyatlari va «jonli» videosi

Lenovo Z6 Pro’ning naq 100 MPlik aniqlikda surat olishini ta’kidlashmoqda. Kamera fotochaqnog‘i yonida yangi texnologiyaning nomi – «HyperVideo» yozuvi mavjud.

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Samsung flagmanlari atigi 4–5-o‘rinlarni band etgan, qolgan barcha o‘rinlarda – faqat xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari!

ASUS, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 23 mart)

Xaridlar Toshkentda 12 ish soati, viloyatlar markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da mijozlar uchun qulay bo‘lgan to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

AnTuTu’da mutlaq rekord: Lenovo Z5 Pro GT va’da qilinganidan ham oshiq natija ko‘rsatdi!

Lenovo Z5 Pro GT flagmanining ilk baxtli xaridorlari darhol uni AnTuTu benchmarkida tekshirishgan. Buni qarangki, mazkur smartfon hatto ishlab chiqaruvchi va’da qilganidan ham ortiq – 371 273 ball olgan!

Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

Ayni damda Motorola brendiga egalik qilayotgan Lenovo kompaniyasi AQShning Verizon uyali aloqa operatori bilan hamkorlik qilmoqda.

Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

Noutbuk korpusi ikki joyidan buklanishi mumkin. Shu bo‘limlardan birida protsessor, xotira va klaviatura joylashadi. Qolgan ikki qismini esa qayishqoq displey egallaydi.

AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Ushbu flagman Snapdragon 855 protsessoriga va naq 12 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ilk smartfondir. Xitoyda uning savdosi 15 yanvardan boshlanadi.

Snapdragon 855 va 12/512 GBgacha xotirali ilk smartfon – atigi 390 dollardan boshlanuvchi Lenovo Z5 Pro GT taqdim etildi!

Lenovo raqiblari – Xiaomi, Huawei va Samsung’dan yana o‘zib, Snapdragon 855 chipiga, rekord tezkor va doimiy xotiraga ega smartfonni birinchi taqdim etdi va Antutu’da u so‘nggi iPhone’larniyam mot qildi!

«Teshik» romsiz ekranga va uch modulli kameraga ega Lenovo Z5s taqdimoti keyinga surildi – kompaniya «kattalarga yo‘l berdi»

Koreyalik va xitoylik gigantlarning Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4 modellaridan farqli ravishda, Lenovo Z5S displeyidagi «tirqish» burchakda emas, balki qoq o‘rtada joylashadi.

«Teshik» ekranli yana bir smartfon – Lenovo Z5s taqdimot ham sanasi aytildi: xo‘sh, kim birinchi ekan?

Displeyi «tirqish»li smartfonni birinchi taqdim etish uchun Samsung va Huawei ham kurashayotgandi. Ammo Galaxy A8s hamda Nova 4 modellarining namoyish sanasi aytilganidan keyingina Lenovo «tilga kirdi»...

Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4’dan ham avval: «teshik» displeyli Lenovo Z5S’ni «jonli» video va rasmda ko‘ring!

Samsung yangi modelida ekranda «tirqish» ochayotganini e’lon qilgan, ammo allaqachon Huawei’ning xuddi shunday smartfoni «qo‘lga tushgan»di. Lekin bu ikkalasidan ham avval Lenovo «otni qamchilab» qolibdi...

Galaxy A8s’ning yana bir raqibi – «teshik» ekranli Lenovo Z5s «jonli» surati bilan fosh etildi!

Taniqli insayderlardan biri o‘z Twitter-akkaunti orqali Lenovo Z5s smartfonining rasmiy posterini e’lon qildi. Shuningdek, TENAA saytida uning «jonli» surati ham e’lon qilingan.

Terashop.uz’da 2 099 000 so‘mdan boshlanuvchi noutbuklar narxlari (2018 yil 23 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Buyurtma Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlarga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

Eng arzon smartfon-slayder – Lenovo Z5 Pro texnik jihatlariga ko‘ra Xiaomi va Huawei’ning flagmanlari bilan bellasha olmaydi. Ammo imkoniyatlari va narxi mutanosibligiga ko‘ra ulardan o‘zib ketgan.

Bojxonada haqiqiy tilla smartfon ushlab qolindi!

Bojxona tekshiruvidan o‘tayotgan xitoylik erkak qo‘lidagi Lenovo smartfoni ishlamayotganligini aytgan. Maxsus nazorat qurilmasi esa bu telefonning ichida tushunarsiz material borligini ko‘rsatgan.

Romsiz ekrani daktiloskopli slayder – Lenovo Z5 Pro taqdimot kuni ham ma’lum

Lenovo Z5 Pro flagmani old yuzasining 95 foizini qoplagan 6-6.5 dyuymlik Full HD+ displeyda barmoq izi skaneriga, Snapdragon 845 chipiga va 8 GBgacha tezkor xotiraga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш