Bill Geyts: «Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi»

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi JSSTning ikkinchi eng yirik donori hisoblanadi. U 2018-2019 yillarda tashkilot byudjetining 9,76 foizini ta’minladi.

Word, Excel va boshqa Office dasturlarining yangi dizayni taqdim etildi (+video)

Ofis ilovalarining yangi dizaynidagi asosiy jihat – minimalizm hamda foydalanuvchining diqqati hujjatning kontentiga qaratilishidir. Microsoft ularni Fluent Design dizayni standartlariga moslashtirgan.

«Oxirzamon bo‘lib qolsa...» – GitHub dasturiy kodlarni Arktikada yashirib qo‘ydi

Bu – kodlar uchun o‘ziga xos «Nuh kemasi»dir: hatto yadro yoki elektromagnit quroli qo‘llanilib, yoki yirik tabiiy ofat tufayli Yer yuzida sivilizatsiya barbod bo‘lsa ham, ma’lumotlar u yerda saqlanib turaveradi.

TOP-50: Eng innovatsion kompaniyalar reytingi bilan tanishamiz

Ro‘yxatning cho‘qqisida aytarli o‘zgarish yo‘q, lekin o‘tgan galgi reytingda 48-o‘rinni egallab turgan bir texnologik kompaniya naq 42 pog‘ona yuqorilab, bu gal TOP-o‘ntalikka kirgan!

Android-smartfonlar uchun Microsoft antivirusi taqdim etildi

Microsoft Defender smartfonda ziyonkor dasturlar bor-yo‘qligini tekshiradi va fishing hujumlarining oldini oladi. U yana xavfsiz bo‘lmagan ulanishlarni bloklovchi SmartScreen funksiyasiga ham ega.

TOP-10: Koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar

Financial Times nashri 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv o‘sishi bo‘yicha eng yaxshi 100 ta kompaniya ro‘yxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi o‘ntasining bahosi 1,45 trln. dollarga o‘sgan.

Allaqachon «janozasi o‘qilgan» Windows 7 tizimini Microsoft ikkinchi marta bepul yangilayapti!

Ma’lum bo‘lishicha, korporatsiya Windows 7 foydalanuvchilariga ham Windows 10 tizimida mavjud imkoniyatni taqdim etishga qaror qilgan.

Apple va Microsoft – narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar!

Boshqa texnogigantlarning ham bozor bahosi ortib bormoqda. Hozirda Amazon kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga, Google’ga egalik qiladigan Alphabet shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Windows 10 foydalanuvchilariga Microsoft bu mahsulotini majburlab tiqishtiryapti!

Tizim yangilanganida ushbu dasturning so‘nggi talqini ham o‘z-o‘zidan o‘rnatilyapti. Buning oldini olish uchun esa Windows yangilanishlarini butkul bloklab qo‘yish kerak bo‘lar ekan.

Microsoft 32 bitli Windows'ni «qabrga qo‘ydi»

Yangilangan talablarga muvofiq, barcha yangi shaxsiy kompyuterlar faqat tizimning 64 bitli versiyasi bilan ishlaydi.

Pandemiya davrida Bezos, Sukerberg, Geyts va boshqalar yanada boyib ketishdi

Boyiganlarning bari asosan texnologik kompaniyalar egalari hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab harakatlanishga cheklovlar o‘rnatilgani bois ko‘p ishlar onlaynga o‘tkazilgani uchun bu sektor yaxshi daromad keltirdi.

Microsoft rahbari masofadan ishlashning salbiy oqibatlarini aytdi

Shu bilan birga, Satya Nadella majlisga borayotib yo‘l-yo‘lakay kishilar bilan suhbat qurishlarni, hamkasblariga bir necha daqiqa bo‘lsa ham jonli murojaat etish imkoniyatini sog‘inganini aytgan.

Milliarderlarni qo‘yaturing, ilk trillioner kim bo‘lishini ham allaqachon aytishdi!

Pandemiya sharoitida u 24 milliard dollar ishlab olgan; TOP-3 da turuvchi boshqa biznesmenlar kambag‘allashgan: Bill Geyts 8,4 milliard, Bernar Arno esa 28 milliard dollar yo‘qotgan.

Microsoft barcha Android-smartfonlar uchun zo‘r ilova chiqardi

Bing Wallpapers’ning asosiy o‘ziga xosligi evaziga qurilmangiz ekrani sizga har kuni yangi hayratlar baxsh etadi va hech qachon joningizga tegmaydi.

Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

5 iyungacha ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga bonus sifatida poyga simulyatori ichida 2017 Ford GT avtomobili beriladi. Samsung smartfon va planshetlari egalariga berilgan imtiyozlar esa havasga loyiq!

Umuman kutilmagan Windows 20 tizimini videoda ko‘ramiz!

Microsoft ushbu konsept muallifini dizayner sifatida ishga olsa bo‘ladi. Kamer Kan Avdan taklif etgan yangiliklarni korporatsiya navbatdagi tizim yangilanishida joriy etsa bormi...

Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

«Bir necha yil avval Bill ikkalamiz shu masalalarni muhokama qilgandik... Keyin biz har ehtimolga qarshi yerto‘lamizda oziq-ovqat mahsulotlari g‘amlab qo‘yishga kirishdik», degan milliarderning rafiqasi.

Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts kelajakka oid bashoratlari bilan ham tanilgan. Jumladan, 2017 yilda u dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan edi. Undan ham oldin esa...

Bill Geyts Microsoft rahbarligidan ketdi

Texnogigant asoschisi 2008-yilda Microsoft'ning kunlik boshqaruvidagi faoliyatini to‘xtatgan edi.

Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

Tvitter foydalanuvchilari bu borada Ilon Mask fikri bilan ham qiziqishgan. Izoh yozganlardan biri, kuzatuvchilarning aksariyati Geyts fikriga quloq solishini, chunki u «aqlli yigit» ekanini ta’kidlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш