Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

Jahonning eng boylari reytingida kuchli uchlikni Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts yakunlab bermoqda – uning mol-davlati 137 milliard dollarga baholangan.

Bill Geyts yana bir global loyihaga 2 milliard dollar ajratdi

Geytsning fikriga ko‘ra, ekologik tadqiqotlar uchun sarflanadigan mablag‘ yetakchi davlatlar tomonidan besh yil davomida ko‘paytirib borilishi lozim.

Naq 400 dollarga arzonlashgan buklamafon AQShdan tashqari bozorga ham chiqyapti

Microsoft kompaniyasi 2019 yili qo‘sh ekranli Surface Duo smartfonini rasman namoyish etgan. Keyin esa u sotuvga chiqiboq 200 dollarga arzonlashgan edi. Endi bo‘lsa...

Samsung Windows 10 uchun QuickSharing dasturini taqdim qildi

Samsung'ning Microsoft bilan hamkorligi kuchayib bormoqda.

Bill Geyts: «Pandemiyadan so‘ng insoniyat yana ikkita xavfga duch keladi!»

«Zarar keltirishni istagan biror kishi virusni yarata oladi, demak, kelajakda bunga duch kelishimiz ehtimoli hozirgiga o‘xshash tabiiy epidemiyalarga qaraganda yuqoriroq», – dedi Geyts.

TOP-10: dunyodagi eng hurmatli kompaniyalar (Fortune reytingi)

Mazkur nashr 2021 yilgi reytingni shakllantirish uchun tahlilchilar hamda turli firmalar rahbarlari orasida so‘rov o‘tkazgan. Umumiy hisobda 3800 nafar ekspertning fikrlari olingan.

Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

«Poliomiyelitga qarshi kurash vaqtida Pokiston yoki Nigeriya kabi davlatlarda vaksina xavfsiz emasligi va ayollarda bepushtlikka olib kelishi haqida gaplar yurgandi», deb qo‘shimcha qilgan Geyts.

Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

Yetakchilarning barchasi axborot texnologiyalari va internet sohalariga oid. Eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida Tesla e’tirof etilgan – uning qiymati naq 158 foizga oshib, 32 milliard dollarga yetgan!

2021 yil davomida Xbox pristavkalari uchun chiqadigan 31 ta eksklyuziv o‘yin

Xbox matbuot xizmati joriy yilda faqat ushbu platforma uchun taqdim etiladigan o‘yinlarni e’lon qildi. Qarang-chi, ular orasida sizga sevimlilari ham bormikan?

Arzon noutbuk va planshetlarga mo‘ljallangan yangi operatsion tizimni ilk yirik videoda ko‘ramiz!

Hali rasmiy relizi bo‘lib o‘tmagan esa-da, uning deyarli tayyor bo‘lgan jamlanmasi allaqachon internetga chiqqan. Windows Central nashri uning qanday ishlashini ko‘rsatuvchi birinchi yirik videoni taqdim qildi.

Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Biroq sud hokimiyati ustidan nazorat uchun javob beruvchi davlat muassasasi ushbu qarorni chiqargan sudyalarning o‘zlariga qarshi tekshiruv boshladi.

Bill Geyts: «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi»

Uning fikricha, kompyuter modellari 2021 yilning dastlabki oylarida global muammolarning yomonlashuvini prognoz qilmoqda.

Intel’ning ishi chatoq: Apple izidan Microsoft ham uning chiplaridan voz kechishi mumkin

Yangilik kompaniyalar aksiyalariga ham ta’sir qildi. Intel aksiyalari darhol 6,3% ga arzonlashib, 47,46 dollarga tushib ketdi. AMD aksiyalari esa 1% arzonlashdi.

Microsoft patentlashtirgan «marhumlarni tiriltirish» texnologiyasi nimasi bilan xavfli?

Patentda tavsiflangan texnologiya real insonlar va ularning biologik ma’lumotlari haqidagi axborotlar asosida ishlaydi va kishining «raqamli nusxasi»ni yaratishni ko‘zda tutadi. Lekin...

iOS va Windows foydalanuvchilariga yaxshi yangilik bor

Bu katta yangilik, sababi xCloud deb ataluvchi ushbu servis bilan eng so‘nggi o‘yinlarni o‘ynash uchun sizdan kuchli o‘yin kompyuteri sotib olish talab qilinmaydi.

Barcha Android-smartfonlar sohiblariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Microsoft hozir Windows 10 tizimli kompyuterlarda Android-ilovalarni ishga tushirish ustida ishlamoqda. Bu imkoniyat ayrim Samsung smartfonlarida allaqachon bor, biz ularning ro‘yxatini ham berganmiz.

Eng kerakli dasturda ham to‘q rangli mavzu paydo bo‘ladi!

Microsoft korporatsiyasi Windows 10 tizimiga to‘q rangli mavzuni qo‘shdi va buni boshqa bir nechta mahsulotlarda ham joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Ilon Mask jahonning eng boylari reytingida Bill Geytsdan ham o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqdi!

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari o‘tgan hafta dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida kuchli uchlikka kirgan edi. Ilon Mask sarmoyasi o‘sishda davom etmoqda – u allaqachon ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi!

Windows tizimi 35 yoshda: uning barcha versiyalarini yodga olamiz

Windows 1.0 tizimida ilk bor sichqoncha qo‘llab-quvvatlashi paydo bo‘lgan; dastlab ko‘pchilik foydalanuvchilar, klaviaturada buyruqlarni terish o‘rniga bu tizimda sichqoncha ishlatilishidan shikoyat qilishgan.

Microsoft: «Shu ikki mamlakat xakerlari koronavirus vaksinasi tayyorlayotgan kompaniyalarga hujum qildi!»

Bertning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar nishoni Kanada, Fransiya, Hindiston, Janubiy Koreya va AQShdagi yettita yirik kompaniya bo‘lgan. Ularning aksariyati koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini o‘tkazmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш