Redmi ilk o‘yin smartfonining asosiy «fishka»sini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Unga eng zo‘r – 144 gerslik Samsung E4 yassi displeyini o‘rnatishmoqda. Maxsus pereklyuchatelni bosganda smartfon o‘yin rejimiga o‘tadi va oddiy rejimda yashirinib turgan triggerlar ham tashqariga chiqadi.

Dunyodagi eng arzon – atigi 153 dollarlik 5G-smartfon namoyish etildi!

Garchi ayni damda jahondagi eng arzon 5G-telefon bo‘lsa-da, Oppo Realme Q3i 5G texnik jihatlari judayam past emas.

Apple o‘zining M1 protsessori bazasida iPad Pro va turfa rangli iMac’lar taqdim etdi

iMac’larda ilk bor Touch ID paydo bo‘lgan, masalan, to‘lovlar avtorizatsiyasini barmoq izi yordamida qilish mumkin. U klaviaturaga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ham yangi kompyuter rangiga mosini olish mumkin.

HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Ancha kengaytirilgan bu ro‘yxat Huawei’ning nafaqat zamonaviy smartfonlari, balki planshet va aqlli televizorlarini ham o‘z ichiga olgan.

iPhone 13 mini ilk «jonli» suratda: uni iPhone 12 mini bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi!

iPhone 13 mini kamera blogining o‘zi ham kattaroq bo‘lib, korpus yuzasidan ko‘proq bo‘rtib chiqqan; bu esa yangi mini-ayfonda optik sensorlar va ob’yektivlar yanada takomillashtirilganidan darak berishi mumkin.

MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

Rasmiy grafikka ko‘ra, bu proshivkalarning birinchi to‘lqini 30 aprelda uzatila boshlashi kerak edi. Lekin Xiaomi beshta emas, balki yetti xil smartfonlariga ularni muddatidan bir hafta oldin tarqatyapti!

Poco M2 Reloaded chiqdi: brendning eng arzon smartfoni yanada arzon versiyada!

Bultur sentyabrda Poco M2 modelini taqdim etgan Xiaomi bugun uning yangi talqini – Poco M2 Reloaded modelini namoyish qildi. Xo‘sh, bu smartfonning oddiy Poco M2 telefonidan farqi nimada?

Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Agarda yaxshi smartfon ishlatishni va yangisi chiqqanida yana almashtirib olishni xush ko‘rsangiz, oldingisini yaxshi narxda sota olishingiz uchun mana shu flagmanlarga e’tibor qaratganingiz ma’qul.

Aloqa operatoridan zo‘r tanlov: raqsga tushib TikTok’ka yuklang va smartfon, planshet, smart-soat yutib oling!

Yutuqqa jami 15 dona Huawei P40 hamda 30 dona Huawei P40 Lite smartfonlari, shuningdek 15 tadan Huawei MediaPad T10 plansheti va Huawei GT2 smart-soati qo‘yilgan!

Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

Ilk kvartalda jahon bozorida 340 millionta smartfon sotilgan, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshiqdir. Shu tariqa, 2015 yildan beri birinchi rekord qayd etilgan.

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A22’ni har tomonidan ko‘rsatishdi!

Galaxy A22 modelida 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat kvadrokamera qo‘llanadi. Selfi-kameraning aniqligi esa 13 megapiksellik bo‘lib, u displeyning tomchisimon kemtigiga o‘rnatilmoqda.

Supermarket o‘z xaridoriga olma o‘rniga... iPhone eltib berdi!

Supermarketlar tarmog‘i yo‘lga qo‘ygan ushbu marketing kampaniyasi «Super almashtirish» deb nomlanadi. Unda onlayn buyurtmalar orasidan tasodifiy bir tovar o‘rniga kutilmagan sovg‘ani solib jo‘natishadi.

2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Kuchli o‘nlikka oltita kompaniyaning flagmanlari kirgan, lekin shulardan bittasining vakillari naq uchta o‘rinni zabt etgan!

Xiaomi’ning yangi flagmani hatto bulturgi Mi 10 Pro va Mi 10 Ultra’larga ham yeta olmadi!

Yangi flagman 108 MPlik bosh kameraga ega, ammo u bor-yo‘g‘i 12 va 16 MPlik qo‘shaloq kamerali Google Pixel 5 smartfoni bilan bir xil ball to‘plagan va reytingda 22-o‘rinnigina olgan!

«2021 yilning eng kuchli kamerasiga ega» Axon 30 Ultra hamda Axon 30 Pro smartfonlari chiqdi

ZTE Axon 30 Ultra’ga naq uchta 64 megapikselli datchik o‘rnatilgan bo‘lib, ularning asosiysi F/1,6 diafragma va optik barqarorlashtirgichga ega Sony IMX686 hisoblanadi.

Android-smartfon ishlab chiqaruvchining RASMIY do‘konida iPhone 12’lar YaRIM NARXIDA sotilyapti!

«Shaxsiy ma’lumotlar himoyasining ishonchlilik darajasiga ko‘ra, ayfonlar bizniing flagmanlarga bir vaqtning o‘zida ham raqobatchi, ham do‘st hisoblanadi», deydi xitoylik bu smartfonsoz.

Galaxy M42 5G surati va taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi

Arzon smartfonlar seriyasidagi ilk 5G-gadjetning texnik xususiyatlarini kompaniya aytmayapti, lekin bu boradagi ma’lumotlar avvalroq sizib chiqqan.

«Уруш худоси» номли бу янги смартфонни Redmi раҳбари қўлидан қўя олмаяпти!

У шу ойда тақдим этиладиган ўйинбоп смартфондан Weibo ижтимоий тармоғида биринчи хабарни ёзган ва: «Мен уни қўлимдан қўя олмаяпман», дея қўшимча қилган.

Xiaomi smartfonlariga oid muhim yangilik feyk bo‘lib chiqdi!

Xabarda asos qilib olingan – vidjetlar va Windows Mobile tizimidagi kabi «plitka»lar aks etgan surat Slashleaks saytidan olib tashlangan.

To‘rt yillik Samsung smartfonlariga ham endi Android 11 o‘rnatish mumkin!

Proshivkalarga Android 11’ning barcha asosiy o‘ziga xosliklari kiritilgan, ularda foydalanuvchi interfeysi sodda, yana turli qo‘shimcha sozlamalar ham joriy etilgan. Lekin...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш