Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

2018 yilning aprelidan buyon benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘lan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani ham Terashop.uz’da bor!

Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Ushbu tunnel 8 metrlik chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unga kirish yo‘li piramida oldidagi Oy maydonida joylashgan. Yer osti yo‘lining oxirida esa uzunligi 15 metrlik maxsus xonaga olib boradi...

Nihoyat, OnePlus 6T namoyish etildi: daktiloskopli ekran, yaxshilangan kamera va sig‘imdor akkumulyator!

Snapdragon 845 protsessorli OnePlus 6T tezkor xotirasi 6 yoki 8, doimiy xotirasi esa 128 va 256 GBlik variantlarda taklif etiladi. Unga Android 9.0 Pie talqini bazasidagi OxygenOS proshivkasi o‘rnatilgan.

EKSKLYuZIV VIDEO: mustahkamligini sinash uchun yap-yangi iPhone XR’ni tirnab, yondirib va bukib ko‘rishdi!

Ushbu ayfonning yagona zaif tomoni – asosiy kamerasining shishasi bo‘lib chiqdi. Unga Apple aytganidek sapfir emas, balki korpusning old va orqa panellaridagi singari oddiy himoya shishasi qoplangan ekan.

Xiaomi yana bir Apple gadjetining «kushandasi»ni tayyorlayapti

Xiaomi Mi AirDots nafaqat hamyonbop narxi, balki ovozni yaxshi yangratishi, quvvati uzoqroq vaqtga yetishi kabilar bilan ham havasni uyg‘otadi, demoqda manbalar.

Instagram’ga suratlarni kompyuterdan yuklash yo‘li topildi!

Instagram mobil qurilmalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ijtimoiy tarmoq kompyuterdan (yoki noutbukdan) rasm yuklashga izn bermaydi. Biroq tinib-tinchimagan odamlar buning yo‘lini topishgan...

Green Card–2020: «Orzular lotereyasi» muddati kelasi haftada tugaydi

2020 yili AQShga oila bilan yoki yakka holda qonuniy ravishda ko‘chish imkonini beruvchi bu yilgi Grin anketasi 2018 yil 6 noyabrgacha to‘ldiriladi.

VIDEO: ikkita OLED-ekranli Nubia X flagmani ilk reklama roligida!

Nubia X asosiy ekrani romsizligi evaziga old kameradan mahrum etilgan. Ikkinchi ekrani ustidagi qo‘shaloq bosh kamerasi esa 24 va 16 megapikselli sensorlardan iborat.

Xbox One’ga endi klaviatura va sichqoncha ulab ham o‘ynashingiz mumkin!

Shu kunlarda Alpha Skip Ahead hamda Beta Ring dasturlarining ishtirokchilari bo‘lgan testerlar allaqachon Xbox One’da klaviatura va sichqonchani sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

«Ko‘z ilg‘aydigan kelajakda birorta smartfonsoz kamera sifati bo‘yicha Huawei P20 Pro’dan o‘zib ketadigan qurilma tayyorlay olmaydi. Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

GitHub resursini Microsoft sotib oldi. Endi nima bo‘ladi?

Microsoft uchun bu shartnoma avval aytilganidek 5 milliard ham emas, balki naq 7,5 milliard dollarga tushdi. GitHub yangi bosh direktori Net Fridman avval Microsoft’ning vitse-prezidenti bo‘lgan.

Shilqimlik qilgani uchun 48 nafar Google xodimi ishdan haydaldi

«Sizni ishontiramizki, shilqimlik yoki noloyiq xatti-harakat haqidagi har bir shikoyatni tekshirib chiqamiz, surishitish ishlarini olib boramiz va choralar ko‘ramiz», – deya ta’kidlagan Google rahbari.

Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Boshlang‘ich versiyadagi Xiaomi Mi Mix 3 flagmani 72 dollarga, uning 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega talqini esa naq 145 dollarga qimmatlagan.

VIDEO: «qurilmalarni qiynovchi» JerryRigEverything yilning eng mustahkam smartfonini e’lon qildi

Ekranni yondirgich alangasi orqali o‘n soniyacha kuydirilganida, displeyda katta qora dog‘ yuzaga keldi. Lekin u tezda g‘oyib bo‘ldi, ya’ni bu geymerofon ochiq olovga ham chidamli ekan!

Nihoyat, WhatsApp’ga ham stikerlar qo‘shildi, uni sinab ko‘rishingiz mumkin!

Foydalanuvchilar chatlarda stiker yuborish uchun smaylik tugmachasini bosishlari kerak, shunda ekranning pastki qismida yangi – stikerlar varaqasi ko‘rinadi.

Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Har bir toifadagi g‘olib uchun 10 000 dollardan sovrin ajratilgan. To‘rtta toifaning har biri bo‘yicha ikkinchi o‘rin egalari 2 000 dollardan, uchinchi o‘rin sohiblari esa 500 dollardan mukofot olishadi.

Huawei biryo‘la Samsung va Apple’ni masxaraladi

Huawei ushbu trolling-postida «Born fast, stays fast», ya’ni – «Tezkor bo‘lib tug‘ilgan, tezkorligicha qoladi» sloganini qo‘llagan.

SpaceX ikki marta uchirilgan yagona raketa – Falcon 9’ni yana fazoga yo‘llamoqda

Nafaqat Ilon Maskning ushbu kompaniyasi, balki umuman kosmonavtika sohasidagi olamshumul voqea bo‘lishi kutilayotgan mazkur parvoz joriy yilning 19 noyabrida amalga oshiriladi.

Ishonasizmi, atigi 48 dollarga dualsim 4G-smartfon chiqdi!

Micromax Spark Go ikkita SIM-karta bilan, 4G VoLTE tarmog‘ida ishlay oladi. Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.0 hamda GPS interfeyslari, microUSB porti va 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi mavjud.

Crackdown 3 o‘yini: barchasini vayron qil!

To‘rt kishilik ushbu o‘yinda geymerlar ko‘zlariga ko‘ringan hamma narsani buzib, vayron qilishlari mumkin. Crackdown 3 xaritasida mingta shar yashiringan bo‘lib, o‘yinchilar ularni topishlari kerak bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш