Geekbench’da keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini tekshirib ko‘rishdi!

Snapdragon 8150 chipi yangi avlod Kryo yadrolariga asoslanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qualcomm bunda odatdagi 4 + 4 o‘rniga 2 + 2 + 4 ko‘rinishidagi yadrolar sxemasini tanlagan.

Galaxy S10 ekrani teshikli ekan! Uni Galaxy S9 va iPhone XS Max bilan solishtiramiz (+«jonli» surat)

Agarda Samsung chindan ham navbatdagi flagmanini shu ko‘rinishda chiqarsa, uning ekrani nafaqat teshigi bilan, balki korpusning old yuzasini qoplash darajasiga ko‘ra ham tengsiz bo‘ladi.

Huawei’ning Xiaomi Mi Mix 3’ga javobi – 6 kamerali Honor Magic 2 slayderi chiqdi!

Daktiloskopli romsiz ekranga ega slayderli Honor Magic 2 flagmanining har ikkala kamerasi uchtadan ob’yektivga ega. U ilg‘or Kirin 980 protsessori va 6 yoki 8 GBlik tezkor xotira bilan ishlaydi.

Eng qudratli yangi protsessor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Apple’ning ta’kidlashicha, A12X Bionic sharofati bilan yangi avlod planshetlari avvalgi iPad Pro’ga nisbatan yakka yadroli ish rejimida 35, ko‘p yadroli rejimda esa 90 foizga tezkor ishlaydi.

«Xavfsiz shahar»ning pilot loyihasi Samarqandda amalga oshiriladi

«Xavfsiz shahar» loyihasining pilot loyihasi esa Samarqand shahrida amalga oshrilishi ko‘zda tutilmoqda.

Nihoyat, Honor Watch Magic smart-soati rasman namoyish etildi

NFC, GPS, Beidou va GLONASS molullari, barometr va kompasga ega Honor Watch Magic to‘la quvvat bilan bir haftagacha ishlay oladi, 50 metrgacha suv tubiga tushganida ham unga shikast yetmaydi.

Xiaomi’ning «masxaraviy» reklamasi: u OnePlus 6T xaridorlariga kalkulyator tarqatyapti!

Mazkur aksiya «Do the Math» shiori ostida o‘tkazilgan bo‘lib, OnePlus 6T olmoqchi bo‘lganlar «ikkiga ikkini qo‘shish» va o‘zlari xulosa qilishlari mumkinligiga ishora qiladi.

WhatsApp va Messenger’ning asosiy raqibini Sukerberg tan oldi

Facebook kompaniyasining 2018 yil uchinchi choragi uchun hisoboti e’lon qilinganidan so‘ng Mark Sukerberg tahlilchilar va jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Ushbu inqilobiy 5G-smartfon yana bir jihatdan birinchi bo‘ldi – u Qualcomm hatto rasman e’lon qilib ulgurmagan Snapdragon 8150 protsessori bazasida ishlaydi!

Sirli jonivor surati internet ahlini hayratga soldi – uni hatto Google ham tanimadi!

Nafaqat odamlar, balki hatto «sun’iy ong» ham bu rasmdagi jonivorni taniy olmagan. Google Images servisi uni Amerika qarg‘asi, deya tavsiflagan.

Nihoyat, «ikki tomonlama 4G-flagman» – Nubia X taqdim etildi!

Nubia X korpusining har ikkala yon qirrasida bittadan daktiloskopik skaneri bor. Shuningdek, bu datchiklarni «Orqaga» va «Uyga» tugmachalari o‘rnida ham qo‘llash mumkin.

iPhone va Apple Watch’larni «o‘ldirgan» gaz Android-smartfonlarga ta’sir etmadi!

Mazkur gaz iPhone yoki Apple Watch qurilmalarini ishdan chiqarish uchun o‘n daqiqalik teginish yetarli bo‘ladi. Gadjetlarni keyin yana o‘z holiga qaytarish mumkin, ammo bunga bir haftadan ko‘proq vaqt ketadi.

Xiaomi yana ikkita smartfoni kamerasini Mi Mix 3 darajasigacha kuchaytiryapti!

Professional DxO Mark servisida Mi Mix 3 kamerasi Samsung Galaxy Note 9 hamda HTC U12+ bilan bir qatorda 109 ochko olgan. Xiaomi yana ikkita smartfonining kamerasini shu darajaga oshirmoqda.

Samsung Galaxy S10 kameralari rasman namoyish etildi – ular 48 va 32 megapikselli!

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, piksellarning kichik o‘lchamiga qaramasdan, Isocell Plus texnologiyasi tufayli kameralar sifati yaxshi bo‘lishi ta’minlangan.

Apple yangilangan MacBook Air, Mac mini, iPad Pro va iOS 12.1’ni taqdim etdi (+videolar)

30 oktyabrdagi Apple taqdimotida MacBook Air noutbuki, Mac mini stol kompyuteri, ikkita modeldagi iPad Pro planshetlari hamda iOS 12.1 operatsion tizim talqinini rasman namoyish etildi.

O‘zbekistonda noyabrdan yangi onlayn to‘lov tizimi ishga tushmoqda

Octo onlayn to‘lov tizimi Visa, Master Card, Union Pay, JCB, «MIR», «Yandeks.Dengi» va Qiwi kabi xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashadi. Yana bir oydan keyin unga Uzcard ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Honor WaterPlay 8 – suvdan qo‘rqmas, qo‘sh kamerali, ammo arzon planshet ham tayyor!

Suvdan qo‘rqmaydigan WaterPlay 8 plansheti sakkiz yadroli Kirin 710 chipiga, qo‘shaloq kameraga, 8 dyuymlik sensor displeyga ega bo‘lib, narxi 300 dollarga ham bormaydi.

Samsung inqilobiy Galaxy X buklama smartfoni uchun Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Galaxy X smartfoni yoyilganida to‘laqonli planshet vazifasini bajara oladi. Mazkur yangicha gadjet Samsung Electronics o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Telegram’dagi stikerlarni WhatsApp’ga ham qo‘shamiz

Ushbu to‘plamlarni o‘rnatib olsangiz, ular avtomatik tarzda WhatsApp messenjeringizda paydo bo‘ladi. Shuningdek, dasturchilar Telegram uchun stiker yasovchilarni ham o‘z to‘plamlarini unga o‘tkazishga chorlashgan.

Hali taqdim etilmagan Honor Watch’ni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Lite OS operatsion tizimli Honor Watch yurak urishini o‘lchovchi TrueSeen 3.0 skaneriga, GPS va NFC modullariga va kuchli akkumulyatorga ega bo‘lib, barcha funksiyalari yoqiq holida ham quvvati 7 kunga yetadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш