Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

Kompaniya chiqargan tizerga ko‘ra, tez kunlarda Mi turkumida ham yangi modellar paydo bo‘ladi! Bular – Redmi K20’larning global versiyalari, ammo dizayni boshqacha, nomlanishi borasida ham uch xil taxmin bor.

Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

MediaTek Helio M70 5G yetakchi chipsoz – Qualcomm’ning ayni damdagi barcha protsessorlaridan ham kuchlidir! Uning tarkibiga kirgan 5G-modem 6 GGs.dan past diapazonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung eng kuchli quvvatlagichini ishlab chiqarmoqda!

Kompaniya ikki yangi  Samsung SE8A  va Samsung MM101 USB Type-C quvvat nazoratlagichlarini ishlab chiqarishini e’lon qildi. Smartfonlar uchun mo‘ljallangan standart aksessuarlardan farqi shundaki, ushbu qurilma 100 vattlik yuqori ko‘rsatkichda quvvatlay olishi mumkin.

Endi farzandingizning baholarini onlayn kuzatib bora olasiz!

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining aytishicha, 1 sentyabrgacha Toshkent shahridagi barcha maktablarda elektron jurnal va kundaliklar joriy etiladi.

Samsung bo‘lajak xit – Galaxy M40’ning taqdimot kuni va yana bir flagmancha xususiyatini rasman e’lon qildi!

Samsung kompaniyasining o‘zi Galaxy M40 namoyish sanasini e’lon qildi. Bugina emas – mazkur «nomigagina arzon» smartfonning flagmanlarga xos xususiyatini ham aytib maqtandi...

Yuqori texnologiyalar sohasida nega oqsayapmiz?

O‘zbekiston ham yuksak texnologiyalar borasida yaxshi ko‘rsatkichlarga erishmog‘i uchun nimalar yetishmayapti (yoki ortiqchalik qilyapti)? Bu sohani rivojlantirish uchun nimalar qilishimiz kerak? Mutaxassis fikri!

Интернет нархи мунтазам пасайиб боради

«Ўзбектелеком» АК биринчи чоракда оператор ва провайдерлар учун интернет-каналлар тарифини 1 Мбит/с. учун 70 128 сўмгача пасайтирди. Бу ҳақда компания тижорат директори вазифасини вақтинча бажарувчи Алишер Зуфаров бугун, 28 май куни бўлиб ўтган брифингда

AliExpress’ning sir tutilgan «aqlli» qurilmasi ilk «jonli» suratda!

Garchi Alibaba Group hozircha o‘z mahsulotini sir tutayotgan bo‘lsa-da, kompaniyaning Rossiyadagi PR-bo‘limi xodimi hali rasman namoyish etilmagan antiqa devays suratini tarqatib yubordi.

iPhone’lar ham tez orada Samsung Galaxy S10’dagi muhim funksiyaga ega bo‘ladi

Keyingi haftada – WWDC 2019 anjumanida iOS 13 operatsion tizimi taqdim etiladi va unda yangi funksiya nisbatan eski modellardagi iPhone’larga ham joriy etilishini e’lon qilishsa kerak.

Durov Telegram'ning bloklanishiga sabab bo‘lgan loyiha qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov investorlarga Telegram Open Network (TON) blokcheyn-platformasi sinov testlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini ma’lum qildi. Loyiha shu yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Lenovo tarixdagi eng qudratli protsessorga ega ilk 5G-noutbukni tayyorladi!

Narxi 1000 dollardan oshadigan ushbu premial noutbukini Lenovo bir necha kundan keyin ochiladigan Computex 2019 ko‘rgazmasida rasman namoyish etadi.

Ilon Mask: Sayyoramizga bepul internet tarqatuvchi yo‘ldoshlar allaqachon «onlayn» holda! (+video)

Falcon 9 raketasi Starlink dasturining oltmishta sun’iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqdi. Ayni damda ularning bari ish holatida, yaqin orada esa quyosh batareyalarini yoyish ishlari boshlanadi.

Twitter’ni «portlatgan» video: «Eng odamsimon» robotni siz ham ko‘ring!

23 may kuni RedState nashri jurnalisti Brendon Mors e’lon qilgan qisqa video Twitter tarmog‘ida juda ommalashmoqda. Unda kulgili xatti-harakatlari odamga judayam o‘xshash bo‘lgan robot aks ettirilgan.

AKT yo‘nalishidagi iste’dodlarimizga Huawei noyob imkoniyat taqdim etmoqda

«Seeds for the Future» loyihasi tomonidan bo‘lajak AKT va IT mutaxassislarni yanada kengroq qamrab olish maqsadida Huawei kelgusi yilda bir nechta universitetlarda amaliyot dasturini yo‘lga qo‘yish niyatida.

Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Bosh kamerasi naq 64 megapiksellik modulga ega birinchi smartfonda joriy oyda taqdim etilgan Samsung ISOCELL Bright GW1 tasvir datchigi qo‘llanadi.

Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

Xiaomi Mi 9T modeli standart Mi 9 flagmanidan 40 vattlik tezkor quvvatlana olishi, 12 gigabaytlik tezkor xotirasi hamda bosh kameraning 48 megapiksellik asosiy moduli bilan ustun keladi.

Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Bultur Google’ga murojaat etib, shuni Android’ning o‘ziga joriy etishni so‘rashganida, kompaniya buning «imkonsiz» ekanini aytgan edi.

Samsung smartfonlar uchun mittigina, ammo naq 5 karra optik zumli kamera yaratdi!

Atigi 5 millimetrlik bu kamera smartfonga o‘rnatilganida, umumiy korpusdan bo‘rtib chiqib turmaydi. Tag‘in u tasvirning sifatini buzmasdan, naq besh karra yaqinlashtirib suratga olishga qodir.

Endi notariusning o‘zi sizga «SMS xabar» yuboradi!

Bu notarial idoralarda korrupsion holatlar bartaraf etilishiga yordam beradi, notariuslar tomonidan ortiqcha pul undirish imkoniyatini keskin cheklaydi (mijoz qonuniy qancha pul to‘langanini bilib oladi).

Haqiqatan «katta iblis»: Redmi K20’ning yana bir flagmancha xususiyati e’lon qilindi

Redmi K20 smartfonlarida AMOLED-ekran qo‘llanadi va unga yettinchi avlod barmoq izi skaneri integratsiya qilinadi. Uning avvalgilaridan farqlari oshkor etilmagan, ammo yanada tez va aniq ishlashi tayin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш