Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

«Ishonavering, 2019 yilning ikkinchi yarmida chiqadigan eng kreativ Samsung smartfoni Fold ham, Note 10 ham emas. Sabr qilishingizga to‘g‘ri keladi, bu haqda boshqa mendan so‘ramang».

Samarqandda naq 13 ta bepul Wi-Fi hududi bor, ularni bilasizmi?

Ushbu ob’yektlarda Wi-Fi’ga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli Wi-Fi tarmog‘iga ulanish taklif etiladi.

Google kompaniyasi Android tizimli ilk smart-ko‘zoynak taqdim etdi (+video)

Kompaniya o‘z smart-ko‘zoynagini Android tizimiga o‘tkazgan, endi uning uchun ilovalar yaratish osonroq. Qolaversa, Glass Enterprise Edition 2 apparat ta’minoti asosini Snapdragon XR1 chipi tashkil etadi.

Yana bitta loyiha «Google qabristoni»ga ketyapti

26 iyunda kompaniya Jump orqali suratga olingan materiallarni qayta ishlash uchun qabul qilishni to‘xtatadi. 28 iyundan esa mazkur loyiha ma’lumotlarini va profillarni yo‘q qila boshlaydi.

LED-chiroqlar ko‘z uchun zararlimi?

ANSES e’lon qilgan hisobotda ta’kidlanishicha, LED-chiroqlar ko‘zning to‘r pardasi hujayralari buzilishiga va ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Gologramma, QR-kodli «Infoland» va ilk bor tashkil etilgan Bosh vazir qabulxonasi

Andijon DXMda gologramma yordamida markaz faoliyati haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. QR-kodli «Infoland» esa ko‘rsatiladigan xizmat turi, uning talablari, pulli yoki bepul ekanligini ko‘rsatadi.

Eng yirik xalqaro forumda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» milliy strategiyasi e’tirof etildi

LBMA direktorining o‘rinbosari forum ishtirokchilarini O‘zbekistonning AKT sohasidagi yutuqlari, AT-sektor uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bilan tanishtirdi.

Huawei Mate 20 X 5G taqdim etildi: akkumulyator «kichraygan», ammo «tezlashgan»

Mate 20 X 5G versiyasidagi Kirin 980 chipseti jamlanmasiga Huawei’ning o‘z ishlanmasi – Balong 5000 rusumli 5G-modem ham kirgan. Lekin batareyasidagi o‘zgarish...

Suv ob’yektlarimizga «Smart Water» tizimi joriy qilinadi

Suv xo‘jaligi vazirligi bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasidagi bitimga muvofiq, respublikamizning asosiy suv ob’yektlariga zamonaviy «Smart Water» («Aqlli suv») tizimi joriy qilinmoqda.

Toshkentda «Aqlli shahar – ochiq axborot tizimi» mavzusida seminar o‘tkaziladi

Tadbirda Finlyandiya va Belarus olimlari hamda yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etib, bu o‘z navbatida jahondagi eng yangi raqamli texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi.

560 yevrodan boshlanuvchi OnePlus 7 va OnePlus 7 Pro namoyish qilindi (+video)

OnePlus kompaniyasi kecha Londonda maxsus taqdimot marosimini o‘tkazdi. Ishlab chiqaruvchi unda o‘z tarixida ilk bor ikkita yangi – OnePlus 7 va OnePlus 7 Pro smartfonlarini namoyish etdi.

Bitiruvchilarning shahodatnoma va attestatlari endi QR-kod va maxsus himoyaga ega bo‘lyapti!

Maxsus muhofazalangan qog‘ozda chop etilgan shahodatnoma va attestatning orqa qismida QR-kod joylashtiriladi va uni skaner qilish orqali bitiruvchi haqida umumiy bazadan ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Buxoroda havodan suv oluvchi qurilma ishga tushdi

Havo namligidan foydalangan holda toza ichimlik suvini hosil qiluvchi mazkur havo-suv generatori qurilmasi bir sutkada o‘rtacha miqdorda 900 litrgacha toza suv ishlab chiqaradi.

Lenovo qayishqoq ekranli ilk noutbuki – ThinkPad X1 modelini namoyish etdi!

ThinkPad X1 modeli Windows operatsion tizimida bemalol ishlay oladi. To‘laqonli moddiy klaviaturasi yo‘qligi bois u bir qaraganda katta buklama planshetga ham o‘xshab ketadi.

Ideal smartfon: Galaxy M40 yana bir flagmancha xususiyatga ega, ammo narxi...

Iyunning boshida Hindistonda taqdim etiladigan Galaxy M40 uch modulli bosh kamera, katta akkumulyator va kuchli protsessordan tashqari Infinity-O displey bilan ham jihozlanadi.

SpaceX butun dunyoni bepul internet bilan ta’minlovchi yo‘ldoshlarning ilk partiyasini uchirmoqda

SpaceX bosh direktori Ilon Mask dunyoga bepul internet hadya etish uchun Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining ilk yirik partiyasini 15 mayda uchirishini aytib, parvoz maydonchasidan olingan suratni e’lon qildi.

Huawei “kemtik” bilan kurashishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi

Yaqindagina Xiaomi g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi “anti-kemtik”li smartfonni patentlagan edi. Huawei kompaniyasi esa ushbu “muammo”ning yanada qiziqarliroq yechimini o‘ylab topdi. Xitoylik texnogigant dizaynerlari kamerani korpus ichidan chiquvchi mexanizmga

Samsung ham «g‘isht» smartfon tayyorlayapti, tag‘in buklama ekranli!

Mazkur devays bukilgan (aniqrog‘i – o‘ralgan) holida uning to‘rtta tomonidagi ekranlarida turli ma’lumotlar aks etib turishi mumkin. Aftidan, Samsung uni stolga qo‘yib qo‘yishga mo‘ljallagan.

Boy xonimlar uchun: Louis Vuitton qayishqoq AMOLED-displeyli sumkalar namoyish qildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan LV Cruise 2020 ko‘rgazmasida Louis Vuitton ikkita innovatsion sumkani namoyish etgan: ulardan biri bitta, ikkinchisi esa ikkita ekranga ega.

Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Mi 9 flagmani AnTuTu testida 380 000 ball olayotgan bo‘lsa, kuzatuvchilarning taxminicha, Redmi K20 Pro bemalol 400 000 ballik ko‘rsatkichdan oshgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш