iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi

Hamyonbop ayfon 18 vattlik zaryadlana oladi, ammo shunday adapterni ham, unga tushadigan kabelni ham alohida sotib olish kerak. Lekin iPhone SE 2’ni tezkor quvvatlash borasidagi yagona kamchilik bu emas ekan.

TOP-10: Xitoy flagmanlari barcha Galaxy S20’larni surib chiqardi! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

O‘tgan oy global reytingida dastlabki to‘rtta, jami oltita o‘rinni zabt etgan yangi Samsung flagmanlari bu gal zo‘rg‘a to‘rtinchi va beshinchi, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarnigina egallashgan.

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Ushbu ro‘yxatga yana iPhone 11 Pro va 11 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A kabi smartfonlar ham kirgan.

Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Ushbu reytingida u o‘zidan ancha qimmat bo‘lgan Honor V30 Pro, iPhone XS Max, Galaxy S9+ hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition kabi nomdor flagmanlardan yuqorida turibdi.

Apple yangi formatdagi WWDC 2020’ni e’lon qildi: unda nimalarni ko‘ramiz?

Barcha dasturchilarga eshiklar ochiq – onlayn tartibda, albatta. Odatda ular uchun Worldwide Developers Conference pulli bo‘lardi, bu yil esa koronavirus pandemiyasi tufayli ilk bora bepul o‘tkazilyapti.

Antiqa aksiya: RAZR «raskladushka»sidan bitta olsangiz, ikkinchisi – sovg‘a!

Kompaniya uni bo‘lib to‘lash usuli bilan ham sotyapti: boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirib, Motorola RAZR’ni olib ketaverish mumkin, qolgan pulini esa oyiga atigi 42 dollardan uch yilda to‘lab tugatiladi.

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

Tim Kuk da’vosicha, iPhone SE 2 modeliga birorta ham Android-smartfon bas kela olmaydi. Xo‘sh, boshqa ayfonlarga solishtirganda, ikkinchi avlod iPhone SE qanaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi?

Huawei birinchi marta Qualcomm’ni ortda qoldirdi, lekin...

HiSilicon mazkur chorakda ushbu bozorning 43,9 foizini egallagan; bir yil avval bu ko‘rsatkich 24,3 foizga teng edi. Qualcomm hissasi esa bir yilda 32,8 foizgacha tushib ketgan.

Yetti oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan smartfon!

Kuni kecha kupertinoliklar rahbari iPhone SE 2020 modelining istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini aytib maqtangan. Ammo uning bozordagi real muvaffaqiyatlarini hali keyingi oylarda ko‘ramiz.

Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Korporatsiya rahbariga ko‘ra, iPhone SE 2020 aholining o‘rtacha daromadi pastroq bo‘lgan mamlakatlarda yaxshi sotilishi kerak. Bu model ko‘plab Android-smartfonlar egalarining ayfonga o‘tishlarini ta’minlaydi.

Quvvati 2 kunga yetuvchi Xiaomi Mi Note 10 Lite chiqdi: ilg‘or xususiyatlar va arzon narx!

Bu fablet ham Snapdragon 730G protsessori vaa 5260 mA/soatlik akkumulyatorga, NFC chipi va infraqizil portga, 3,5 millimetrlik audiotirqishga, MIUI 11 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 tizimiga ega.

iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»si chiqyapti! (+«jonli» surat)

Yevropda uning savdosi 22 maydan boshlanadi. Smartfon bundan bir yil avval taqdim etilgan «ajdod»i bilan bir xil narxda, ya’ni 400 dollar/yevro atrofida sotiladi.

iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

Rossiyada ushbu ayfon 39 990 rubl (537 dollar) turadi. Biroq rossiyaliklar endi uning bevosita raqibi bo‘lgan boshqa smartfonni yarim narxidan ham arzonga olishlari mumkin.

iPhone SE'ning ichi ochilib, unga iPhone 8 ona platasi qo‘yildi (+video)

Yangi qurilmaning ichini ochish xuddi iPhone 8'ni ochishdek oson, displeyni ushlab turgan yelimni yumshatish uchun hech qanday issiq harorat ham shart emas.

Narxlarni solishtiramiz: iPhone SE 2 qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

iPhone SE 2’ning turli mamlakatlardagi narxlarini taqqoslab ko‘rishdi. Bunda uning 64 gigabaytlik varianti hisoblangan hamda tushunarli bo‘lishi uchun narxlari AQSh dollarida ham berilgan.

iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Eng qimmat – iPhone 11 Pro Max flagmanidagi A13 Bionic protsessori bilan iPhone SE 2020 eng yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi kerak edi. Ammo uning AnTuTu’dagi natijasi hammaning hafsalasini pir qildi.

iPhone SE 2020 – eng arzon ayfonning ilk videotavsiflari!

Apple yaqinda namoyish qilgan iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) savdoga 24 apreldan chiqyapti. Ammo ayrim jurnalistlar va blogerlar allaqachon undan olib, dastlabki tavsiflarni e’lon qilishmoqda.

Jahon smartfon bozorida naq 50 foizgacha pasayish!

Savdoning pasayishi barcha smartfonsozlarda kuzatilyapti, ammo Samsung yangi flagmanlari borasida ahvol chatoq: Galaxy S20 lineykasining sotilishi o‘tgan yilgi Galaxy S10 modellaridan salgina yuqori!

Bu yil Apple chiqaradigan 15 xil yangi devays bilan tanishamiz!

Ular orasida ekraniga Touch ID skaneri o‘rnatilgan iPad Air 4 hamda kompaniyaning o‘z o‘yin kontrolleri ham bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш