150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

TENAA sayti 5G-versiyali Redmi Note 9 modellarining asosiy texnik xususiyatlarini oshkor etgan edi. Mobile China nashri esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi orqali ularning narxlarini ham e’lon qildi.

Orqa panelida naq sakkizta kamerali ilk smartfon, old kamerasi ham maxfiy!

Patentda tavsiflangan smartfon to‘liq romsiz ekranga ega, uning pastki qismida esa tugmacha mavjud. Selfi-kamera ko‘rinmaydi, aftidan, uni displey ortiga yashirishgan.

Ushbu smartfonlar 2021 yildan saytlarga kira olmay qoladi!

Mazkur muammoning ikkita yechimi bor va ulardan eng soddasi – smartfonni yangisiga, zamonaviyrog‘iga almashtirishdir. Buni cho‘ntagi ko‘tarmaydiganlar uchun ikkinchi chora ham mavjud...

iPhone 12 mini rekordini faqat hali chiqmagan Galaxy S21 sindirishi mumkin!

Ice Universe niki bilan mashhur bo‘lgan insayder tarixdagi eng yirik ayfon hamda dunyodagi eng ixcham 5G-smartfonning muhandislik chizmalarini ulashdi.

Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

Galaxy M turkumida yangi smartfon: 6000 mAh akkumulyator va Exynos 9611 chipli! (+video)

Bu qurilma selfi ishqibozlariga yoqsa kerak: old kamera datchigi 32 megapiksellik bo‘lib, diafragmasi F/2,0 birlikka teng. Bosh kamerasi esa uchta (64, 8 va 2 MPlik) modulni o‘z ichiga olgan.

Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Mazkur flagmanning Geekbench’dagi natijalari aks etgan sahifa kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar Snapdragon 875 chipsetning ayrim xususiyatlarini ham aniqlab olishgan.

LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

LG’da hozirgi kunda displeyni truba shaklida o‘rash imkonini beradigan texnologiya mavjud. Faqat undan smartfonlarda emas, balki televizorlarda foydalanilmoqda.

Redmi ommabop v arzon smartfonini 5G-versiyada chiqaryapti – «jonli» surat va xususiyatlari!

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station uning xususiyatlarini aniqlab e’lon qildi. Internetda allaqachon ushbu smartfon ekranining «jonli» rasmi ham tarqaldi.

iPhone 12’ning «nozik joyi»ga Samsung zarba berishi mumkin

Galaxy S20 turkumining muvaffaqiyatsizligini yangi modelning savdolari bilan qoplash kerak bo‘lyapti, shuning uchun...

Android-smartfonlar uchun Apple dizayneri yaratgan grafik qobiq chiqyapti!

Origin OS grafik qobig‘i asosidagi yangicha proshivka ushbu kompaniyaning nafaqat yangi, balki allaqachon bozorga chiqqan smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Samsung yana bitta premial buklamafon chiqardi – narx va jihatlari

Buklamafonni Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi AKG stereodinamiklari bilan ta’minlashgan. Avtonomligi uchun 4500 mA/soatlik akkumulyator mas’ul – u 11 vattlik simsiz quvvatlana oladi.

O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Beshta reyting orasidan naq to‘rttasida bittagina smartfonsozning turli modellari yetakchi. Xo‘sh, bu qaysi kompaniya ekanini toping-chi?

«Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

Eng kuchli Samsung flagmani eng zo‘r Android-protsessor – Snapdragon 865 Plus va naq 12 GBlik tezkor xotiraga ega. iPhone 12 Pro esa Apple A14 Bionic chipseti hamda 6 GBlik «operativka» bilan ishlaydi.

Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Kompaniya rahbari so‘zlariga ko‘ra, yubiley superflagmani juda oz qolgan va tugaganidan keyin boshqa partiya chiqarilmaydi. Yana bitta zo‘r flagman esa allaqachon savdoda uchramayapti.

Samsung 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega navbatdagi smartfoni ustida ishlamoqda

Bundan oldin Galaxy M51 ham xuddi shuncha sig‘imli akkumulyator bilan taqdim qilingandi.

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Ro‘yxatdagi naq oltita o‘rinni bittagina kompaniya vakillari band etgan bo‘lsa-da, reytingda yetakchi boshqa.

8 soniyada 15 mln dollar – Huawei Mate 40 yutug‘i dronlar yordamida tarixga muhrlandi

JD maydonchasi orqali bu smartfonlar 11 soniya ichidayoq sotib tugatilgan. Ammo sakkizinchi soniyadayoq «buxgalter rekordi» o‘rnatilgan – bu vaqt ichida Mate 40 flagmani 15 million dollarlik sotilgan.

Kutilmaganda: MIUI 13 anonsi shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi mumkin!

Xiaomi dasturchilariga ko‘ra, MIUI 13 talqinida animatsiyani yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Unda super-oboylar takomillashtiriladi va foydalanuvchilarning o‘zlari super-oboylar yaratishlariga imkon beriladi.

Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Grafikda ommabop smartfonsozlar – Realme, Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple hamda Huawei kompaniyalari o‘zlarining ilk 50 millionta telefonini necha chorakda sotib ulgurgani aks ettirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш