Android borasida Samsung’ning eng ulkan xatosini bilasizmi?

Android asoschisi nutqini tugatgach, oraga jimlik cho‘kadi – Samsung vakillari ma’noli nigohlar bilan bir-biriga qarab olishadi. Ularning bari bir xil fikrga kelgandi: «Bu yigitcha bizni ahmoq qilmoqchimi!?»

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Ushbu ro‘yxatga yana iPhone 11 Pro va 11 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A kabi smartfonlar ham kirgan.

Rasmiy video kutilayotgan «beli baquvvat» va hamyonbop Galaxy A21s’ning ayrim jihatlarini ko‘rsatdi

Insayderlar taqdim etgan Galaxy A21s videosini 91mobiles nashri e’lon qildi va uni rasmiy reklama roligi, deyishmoqda. Bu esa mazkur smartfonning taqdimoti yaqin ekanligidan dalolatdir.

2014 yildan beri chiqqan barcha Samsung smartfonlari xavf ostida ekan! (+«jonli» video)

Mazkur himoya tuynugini topgan xavfsizlik mutaxassisi xakerlar undan qanday foydalanishlari mumkinligini ham ko‘rsatib bergan! Shundan so‘ng Samsung’ning paytavasiga qurt tushgan...

Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Ushbu reytingida u o‘zidan ancha qimmat bo‘lgan Honor V30 Pro, iPhone XS Max, Galaxy S9+ hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition kabi nomdor flagmanlardan yuqorida turibdi.

Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Yilning 1-choragida dunyo bo‘ylab 300 milliontadan kam smartfon sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13 foizga pastdir. Xitoyda esa ahvol yanada chatoq – pasayish 27 foizga yetgan!

Samsung arzon narxda yupqa va metall korpusli planshet chiqardi

Exynos 9610 protsessorli Galaxy Tab S6 Lite diagonaliga 10,4 dyuymlik, tasvir aniqligi 2000x1200 piksellik IPS-displeyga ega. 7040 mA/soatlik akkumulyatori tufayli bitta quvvatda 13 soatgacha ishlay oladi.

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

5 iyungacha ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga bonus sifatida poyga simulyatori ichida 2017 Ford GT avtomobili beriladi. Samsung smartfon va planshetlari egalariga berilgan imtiyozlar esa havasga loyiq!

1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Ushbu modelida Qualcomm emas, balki MediaTek protsessori qo‘llangani uchun Xiaomi tanqidlarga uchragan edi. Ammo baribir uning «elektron yuragi» Samsung o‘z flagmanida qo‘llagan chipsetdan ham zo‘r ekan!

Galaxy Buds+ ning yangicha ko‘rinishdagi rasmlari paydo bo‘ldi

Galaxy Buds+ AKG 2-polosali (quyi chastotali dinamik + tviter) karnaylarga ega. Quloqchinning har bir qismiga 85 mA/soatli, quvvati 11 soat musiqa tinglashga yetadigan akkumulyatorga ega.

Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Kompaniya yaqindagina Galaxy Note 20 modelining suratini rasmiy onlayn do‘koni – Galaxy Store saytiga chiqarib qo‘ygandi. Endi esa uni Samsung’ning rasmiy reklama roligida aniq-ravshan ko‘rishingiz mumkin.

Samsung’ning eng arzon smartfoni – Galaxy M01 xususiyatlari sizga ham yoqadi!

Android 10 tizimli Galaxy M01 modeli Snapdragon 439 chipi va 3 GBlik tezkor xotiraga ega. Uning kemtikli displeyi 6,4 dyuymlik, tasvir aniqligi esa HD+ ekanligi ham oydinlashdi.

Samsung bulturgi va bu yilgi eng zo‘r smartfonlarini yangi versiyalarda taqdim etyapti (+«jonli» video)

Galaxy S20 Ultra 5G smartfonining yangi versiyasi Xitoyda ertaga – 1 may kuniyoq sotila boshlaydi. Ice Universe ta’kidlashicha, tez orada uni Yevropa va boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqarishadi.

iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

Rossiyada ushbu ayfon 39 990 rubl (537 dollar) turadi. Biroq rossiyaliklar endi uning bevosita raqibi bo‘lgan boshqa smartfonni yarim narxidan ham arzonga olishlari mumkin.

Samsung o‘ta arzon Galaxy J2 Core (2020) smartfonini taqdim etdi!

Ikkita SIM-kartali bu telefon 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Galaxy J2 Core (2020) korpusida MicroUSB porti hamda quloqchin uchun standart audiotirqish mavjud.

Android 10’gacha allaqachon yangilangan smartfonlar hamda undagi o‘zgarishlar ro‘yxati – Galaxy A50 misolida

2019 yilning eng mashhur smartfonlaridan bo‘lgan Galaxy A50 ham 9 apreldan aynan O‘zbekistonga mo‘ljallangan One UI 2 bilan Android 10’ni qabul qila boshladi. Undagi ba’zi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz.

Hamyonbop Galaxy A21s – ulkan akkumulyatorli va «ko‘zi o‘tkir» smartfon

Galaxy A21 kvadrokamerasi 16 MPlik bo‘lsa, S-versiyasida kamera 48 MPlik. Uning IPS-displeyi 6,55 dyuymlik va HD+ formatida; yana Galaxy A21s’ning «beli baquvvat» – naq 5000 mA/soatlik batareyaga ega.

Samsung smartfonlari egalariga rasmiy xushxabar bor

Ularga ham AR-emodzilar, tezkor fayl almashish – Quick share, Music Share, video suratga olishda «professional» rejim, old kamera orqali soniyasiga 60 kadr tezligida 4K-videos’yomka va boshqalar qo‘shiladi!

Samsung smartfonlari va planshetlarida bepul TV Plus servisi paydo bo‘ladi

Kompaniya o‘zining «aqlli» televizorlarida Samsung TV Plus servisini ishga tushirgan. Turli yo‘nalishlardagi yuzdan oshiq telekanallarni o‘z ichiga olgan bu bepul xizmat endi mobil qurilmalarga ham chiqadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш