Samsung ikkita arzon smartfonini taqdimotdan avval Geekbench’da sinab ko‘rdi

Ikkala smartfonni ham eng so‘nggi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etishadi. Bulardan ikkinchisi shu oydayoq rasman namoyish qilinib, 300 dollar atrofidagi narxda sotilishi aytilmoqda.

Diqqat: Samsung o‘z smartfonlariga sizga umuman yoqmaydigan yangilik kirityapti!

Yangilanishlar har doim foydalanuvchi foydasiga bo‘lgan, ammo bu gal vaziyat biroz boshqacha.

Galaxy A smartfonlariga endi flagmancha xususiyat qo‘shiladi!

Aytish kerakki, bu texnologiya asosan flagmanlarda qo‘llanadi va boshqa smartfonsozlarning ham o‘rta narxli smartfonlarida kam uchraydi.

Samsung ikki yillik smartfonlari egalari uchun xushxabar e’lon qildi

Samsung Members forumi moderatorlaridan birining so‘zlariga qaraganda, ushbu uchta rusumdagi eski flagmanlar uchun yangi dasturiy ta’minot tayyor va mana shu oyning o‘rtasidanoq tarqatila boshlaydi!

15 iyungacha Samsung smart-televizorlariga chegirma: bittasidan tejalgan pulga yetti yarimta iPhone SE olish mumkin!

Janubiy koreyalik texnogigant Rossiyadagi rasmiy saytida «Qora juma» – Black Friday aksiyasini e’lon qildi. Qizig‘i – u 6 iyunda boshlangan bo‘lib, naq o‘n kun – 15 iyungacha davom etadi!

Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

TOP-o‘ntalikda Samsung’ning 4, Xiaomi’ning 3 flagmani bo‘lsa, Realme, OnePlus hamda ASUS’larning bittadan smartfonlari bor. Huawei’ning esa birorta ham modeli bu gal kuchlilar safiga kirmagan!

Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Reytingning naq yarmini va birinchi o‘rinni bitta kompaniya modellari zabt etgan. Yetakchi smartfonsozlar sanalmish Samsung hamda Huawei’ning esa atigi bittadan qurilmalari bu ro‘yxatga kirgan.

5G-smartfonlar uchun Samsung yangicha OLED-displey taqdim etdi va uni Galaxy Note 20 Ultra’da qo‘llaydi

Yangicha ekranning quvvat sarfi hozirgi Infinity ekranlarnikiga nisbatan 15 foizga kamaygan. Bundan tashqari, yangi OLED-displey ko‘zlar uchun zararli bo‘lgan moviy nurni 6,5% taratadi va arzonroqqa tushadi.

Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Ro‘yxatga 8 ta Google, 22 ta Samsung, 10 ta Nokia, 8 ta OnePlus, 18 ta Xiaomi, Redmi va POCO, 18 ta Huawei va Honor, 26 ta Oppo va Realme, 9 ta Vivo 9, 2 ta Sony, 6 ta LG, 2 ta ASUS smartfoni kirgan.

Galaxy Note 20 Ultra bo‘lmaydi, deyishgandi. Lekin u ilk bor internetga chiqdi!

Gadjet hali taqdim etilmagan Snapdragon 865+ chipiga, naq 16 GBgacha tezkor va 512 GBgacha ichki xotira bilan chiqadi. 6,9 dyuymlik, FullHD+ formatli ekranida kadr yangilanishi 120 gerslik chastotada.

COVID-19 global smartfon savdosiga qanchalik ta’sir qilgani aniqlandi

Global Gartner tomonidan o‘tkazilgan eng so‘nggi sanoat tadqiqoti joriy yilning birinchi choragidagi smartfon savdolariga e’tibor qaratdi.

Galaxy M01 namoyish etilib, sotuvga ham chiqdi – Redmi va Realme arzon smartfonlariga Samsung javobi! (+video)

Bu smartfon uchun Hindistonda belgilangan narx uning Rossiyadagi bahosidan arzonroq. Internetda allaqachon Galaxy M01‘ni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatilgan videolari ham paydo bo‘ldi.

Navbatdagi Galaxy Watch: harbiy himoya, mexanik gardish, EKG va qon bosimi datchigi...

Samsung uni 8 gigabaytlik ichki xotira, 330 mA/soatlik akkumulyator, Wi-Fi, Bluetooth hamda NFC modullari bilan ta’minlagan. AMOLED-ekran ustiga Gorilla Glass DX shishasi yotqizilgan.

Ehtiyot bo‘ling: Android’ni «o‘ldiruvchi» oboylar tarqaldi! (+«jonli» video)

Internet foydalanuvchilarining xabarlariga ko‘ra, ushbu xatolik Google Pixel, Nokia, Samsung, Xiaomi, OnePlus va boshqa ko‘plab kompaniyalarning gadjetlarida kuzatilmoqda.

Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!

Eng so‘nggi va kuchli flagman smartfonlarni real hayotda, jonli tarzda tekshirib ko‘rishdi. Ularning barchasi Snapdragon 865 chipseti bazasiga qurilgan, lekin yakuniy natijalar kutilganidan boshqacharoq!

Eng arzon va «beli baquvvat» Galaxy M01 allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Galaxy M01 diagonaliga 5,7 dyuymlik, HD+ formatidagi TFT-ekranga ega. Smartfon sakkiz yadroli protsessor (Snapdragon 439 bo‘lsa kerak) bazasida ishlaydi, tezkor/ichki xotirasi esa 3/32 gigabaytlik.

OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

Robotlashtirilgan manipulyatorlar yordamida qiyosiy testlar o‘tkazib kelayotgan PhoneBuff kanali yilning eng shov-shuvli flagmanlari tezkorligini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Samsung hatto Galaxy M01’dan ham arzon yana bitta smartfon tayyorladi!

Galaxy M01s nomli bu gadjet allaqachon SM-017F/DS model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tgan. Samsung ushbu arzon smartfonlari bilan Redmi hamda Realme kabi brendlarga qarshi raqobatga kirishmoqchi.

Samsung arzonroq 5G-smartfonlar uchun yangi protsessor taqdim etdi

Exynos 880 modeli ayni damda mavjud bo‘lgan 5G-protsessorlar orasida samaradorligi eng past chipset hisoblanadi. Shunga yarasha uning narxi ham past bo‘ladimi yo yo‘qmi – bunisini Samsung aytmagan.

Yangi reyting: iPhone 11 – shunchaki bestseller emas!

Bu galgi yetakchilar ro‘yxatida arzon smartfonlar yo‘q hisobi. Shuningdek, reytingda uchtagina smartfonsozning turli modellari mavjudligini ham ta’kidlash kerak.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш