iPhone 12 va boshqa barcha Apple gadjetlarining taqdimot sanalari fosh bo‘ldi!

iHacktu Pro nikli insayder kupertinolik korporatsiyaning bu yil kuzga mo‘ljallagan ikkita taqdimotining sanasini e’lon qildi.

Apple endi «oq xakerlar» uchun maxsus iPhone taqdim etadi

Oddiy ayfonlarda foydalanuvchi kira olmaydigan parametr va funksiyalarga ularda kirish mumkin bo‘ladi. Masalan, mutaxssislar ularda buyruq kodi yordamida tizim fayllariga root-huquq ola biladilar.

Apple ham atigi 200 dollarlik, tag‘in A13 protsessorli iPhone tayyorlayapti!

Kupertinoliklar bu smartfonda ham Apple A13 chipsetini qo‘llashmoqchi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, ushbu arzon ayfon boshqa kompaniyalarning ayrim flagmanlaridan ham tezkor bo‘ladi!

Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

iPhone 12’ning yangilangan va ancha ixcham qutisida smartfonning o‘zidan tashqari Lightning kabeli hamda kerakli qog‘ozlar (hujjatlar, yo‘riqnoma, kafolat kabi) mavjud – jamlanmaning bor-yo‘q bisoti shu!

Butun dunyodagi iPhone va iPad’larda ilovalar ishlamay qoldi

Taxminlarga ko‘ra, muammo dasturni Facebook bilan birlashtiradigan Facebook SDK tufayli yuzaga kelgan. Masalan, foydalanuvchi ilovaga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali kirishlari mumkin.

iPhone’lar qutisidan zaryadnikni olib tashlayotganini Apple’ning o‘zi ham tasdiqladi

Turli insayderlar va tahlilchilar bu prognozni aytganlarida, ishonish qiyin bo‘lgandi. Lekin kuni kecha korporatsiyaning o‘zi shunday rejasi borligini boshqacha yo‘l bilan tasdiqladi.

iPhone 12’lar bilan birga iPhone SE Plus, keyin esa – iPhone SE 3 ham chiqadi!

2020 yilgi iPhone SE modeli diagonaliga 4,7 dyuymlik ekranli va iPhone 8 smartfoniga o‘xshash bo‘lsa, uning «plyusli» avlodi biroz kattaytirilgan – 5,5 dyuymlik displeyga ega.

iPhone 12 hatto iPhone SE 2’dan ham ixcham, iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi! (+video)

Apple yangi smartfon modellarining har birini ikki xil – 5G tarmog‘ini qo‘llovchi va undan benasib versiyalarda taqdim etadi. 5G-modemsiz versiyalari narigilariga nisbatan 100 dollarga arzon sotiladi.

Apple nazdida iPhone, iPad, Mac hamda AppleTV uchun eng zo‘r o‘yin va ilovalar

Kupertinolik kompaniya Apple Design Awards 2020 tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Mazkur tanlov doirasida korporatsiya o‘zining turli platformalari uchun eng mos keluvchi dasturlarni aniqlab kelmoqda.

VIDEO: iOS 14’ning eng zo‘r funksiyasi va uni qo‘llovchi iPhone’lar ro‘yxati

Yaqinda taqdim etilgan yangi – iOS 14 operatsion tizim talqinigacha yangilanadigan ayfonlar ro‘yxatini allaqachon e’lon qilganmiz. Lekin undagi ajoyib imkoniyatlar barcha ayfonlarda ham ishlayvermas ekan.

«Jonli» test videosi: iPhone avtonomligi va tezkorligiga iOS 14 qanchalik ta’sir ko‘rsatgan?

Blogerlar iOS 14 operatsion tizimining ayfon avtonomligiga qanchalik ta’sir etganini tekshirib ko‘rishdi. Buning uchun iPhone SE 2020 hamda iPhone 11 rusumli ikkita smartfon ustida tajriba o‘tkazib ko‘rishdi.

Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!

Kupertinolik korporatsiya kuzda iPhone’lar qadog‘idan oddiy – simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Lekin Apple’ning ziqnaligi hali bu bilan ham tugamas ekan...

iPone va iPad’larga hoziroq iOS 14 hamda iPadOS 14 o‘rnatamiz: tayyor havola va yo‘riqnoma

Apple yangi operatsion tizim talqinlarini keng ommaga hali iyulning o‘rtalarida taqdim qiladi. Lekin dasturchilarga moslangan proshivkalarni siz ham hoziroq o‘rnatib olishingiz mumkin.

RASMAN: iOS 14’gacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi!

Ushbu ro‘yxatga kirgan qurilmalar egalari keyingi oydanoq ochiq beta-testlarda uni o‘rnatib olib, ishlatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

iOS 14 operatsion tizimi taqdim etildi

O‘n to‘rtinchi operatsion tizim talqinida iPhone asosiy ekrani tubdan o‘zgardi – endi vidjetlarni, ya’ni boshqa ilovalarning tuynukchalarini joylashtirish va o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin.

iPhone egalari, iOS 14’dan umidni uzavering!

Apple joriy yilning 22 iyunida – WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqinini taqdim etishi kutilayotgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday nomdagi operatsion tizim umuman chiqmaydi.

Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning boshlang‘ich versiyasi olti xil – sariq, oq, qizil, moviy, ko‘k va och yashil ranglardagi, polikarbonatdan ishlangan korpuslarda taklif etiladi.

Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Apple «raskladushka» ayfon chiqarmoqchi ekani, ammo Samsung’dan cho‘chiyotgani ancha avval ma’lum bo‘lgan. Bultur esa u buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar sotib ola boshlagan.

Android 11 uchun Google nimalarni iOS’dan olgan?

Android 11 operatsion tizimining birinchi beta-talqinini kuzatib, undagi ayrim funksiyalar asosiy raqobatchi – iOS tizimidan o‘zlashtirilganini payqash mumkin. Quyida shulardan asosiylarini keltirib o‘tamiz...

Apple to‘qqizta yangi iPhone va bitta iMac’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Ulardan bittasi shu oyning so‘ngidagi WWDC 2020 tadbirida rasman taqdim etiladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш