HarmonyOS 2.0 hamda iOS 15 ishlash ravonligini «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Huawei hozir ushbu operatsion tizimning global reliziga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda. U shu yilning oxirigacha 300 milliondan oshiq, 2022 yilda esa jami milliarddan ziyod gadjetlarga HarmonyOS 2.0 tarqatmoqchi!

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligida yap-yangi lider! (Antutu, 2021 yil may)

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Qualcomm kompaniyasining eng yangi – Snapdragon 780G protsessori ayni mana shu yetakchi modelda debyut qilgan.

HarmonyOS 2.0’ga o‘tuvchi 35 xil Honor smartfon va planshetlari

Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, HarmonyOS tizimiga o‘tishi haqida yozgan edik. Honor kompaniyasi allaqachon mazkur proshivkani qabul qiluvchi smartfon va planshetlarini e’lon qildi.

HarmonyOS, uchtalik kamera, 29 ta antenna, 8 ta dinamik va sig‘imdor akkumulyatorga ega MatePad Pro plansheti taqdim etildi

Planshetga o‘rnatilgan akkumulyatorning sig‘imi 10 050 mA/soatni tashkil etadi — bu tinimsiz video ko‘rilsa 14 soatga, veb-brauzerdan foydalanilsa 9 soatga va kutish rejimida 17 kunga yetadi.

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

Eng kuchli flagmanlar reytingini Snapdragon 888 chipli modellar band etgan bo‘lsa, eng zo‘r hamyonbop smartfonlar ro‘yxatida jami uchta chipsoz mahsuloti bo‘lmish yettita protsessor bazasidagi qurilmalar bor.

Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Xitoylik texnogigant 2 iyundagi taqdimotida HarmonyOS 2.0 tizimini yakuniy talqinida namoyish etdi. U o‘zining yuzga yaqin modeldagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeyt to‘rtta bosqichda tarqatadi.

HarmonyOS tizimida ishlayotgan Huawei Watch 3 ilk «jonli» videoda!

Huawei Watch 3 ikki xil versiyada chiqishi ma’lum bo‘lgan, standart talqini Bluetooth interfeysiga ega. Yanada ilg‘or Watch 3 Pro esa eSIM texnologiyasiga hamda to‘laqonli avtonom ishlash imkoniyatiga ega.

HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

31 may kuni namoyish qilinadigan gadjetning tizerida «Hello, HongMeng» yozuvi ham aks ettirilgan. «HongMeng» – bu Harmony OS tizimining xitoycha nomidir.

TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, mazkur muddatda jahon bo‘yicha sotilgan aqlli soatlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshgan.

HarmonyOS tizimli gadjetlar namoyishini Huawei videotizerda e’lon qildi

Huawei korporatsiyasi ularning taqdimot kunini Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida hamda rasmiy YouTube-kanalidagi videoda tasdiqladi.

Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, 2 iyunda chiqayotgan HarmonyOS tizimiga o‘tadi!

Yaqindagina biz HarmonyOS operatsion tizimi ustiga qurilgan MIUI grafik qobig‘i bilan ishlayotgan Xiaomi smartfonining videosini ulashgan edik. Aftidan, ularning safi kengayib bormoqda.

Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)

DxOMark buning uchun yangi benchmark ishlab chiqdi va unda batareyalarning barcha jihatlari – quvvatlanish tezligi, avtonomlik muddati, turli ssenariylar bo‘yicha samaradorlik kabi parametrlar tekshiriladi.

O‘zbekistonda yana bir operator 5G texnologiyalarini tatbiq etdi!

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 2019 yilda 5G baza stansiyalarining birinchi sinovlari paytida 1,9 Gbit/s.gacha bo‘lgan ma’lumotlar uzatishning eng yuqori tezligi qayd etilgan edi.

Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Xiaomi uchinchi raqamli smartfonsoz bo‘lib, dunyo bo‘ylab yiliga ikki yuz milliondan oshiq telefon sotyapti. Agarda u Android’dan voz kechib, HarmonyOS’ga o‘tadigan bo‘lsa, Google katta bozorni qo‘ldan chiqaradi.

Huawei eski smartfonlari egalarini ham HarmonyOS testiga chaqiryapti! (ro‘yxat)

Ushbu mobil qurilmalar egalari beta-sinovlarda ishtirok etish uchun 17 mayga qadar ariza berishlari mumkin.

HarmonyOS foydalanuvchilar uchun muhim ikkita jihatda Android’dan ustun ekan!

Kuni kechagina biz HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan taqqoslab ko‘rsatilgan «jonli» videoni e’lon qilgan edik. Endi esa...

HarmonyOS 2.0 qanday ishlashini Android bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘ramiz!

Android hamda HarmonyOS tizimli smartfonlarni bevosita yonma-yon qo‘yib, bir xil vazifalarni qanchalik tezkorlikda bajarishi ko‘rsatilgan video tarqaldi.

HarmonyOS kutilmaganda Android’dan tezkor va tejamkor chiqib qoldi! (+«jonli» video)

Huawei kompaniyasining o‘zi HarmonyOS tizimini Android o‘rnini bosuvchi platforma, deb hisoblamaydi. Uning ta’rificha, bu – butun internet davri operatsion tizimidir.

Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

Xiaomi’ga raqib arzonchi brend Yevropa bozorida atigi 2 foizlik hissasi bilan yettinchi o‘rinda bo‘lsa-da, smartfon savdolarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng ko‘p – naq 183 foizga o‘stira olgan!

Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

Huawei rasmiy saytida Mate 40 Pro hamda Mate X2 smartfonlarining 4G-versiyalari paydo bo‘ldi. Ularning texnik xususiyatlari standart modellardan farq qilmaydi – o‘sha Kirin 9000 chipi, faqat 5G-modulsiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш