Ommabop pulli o‘yinlardan biri iOS va Android uchun bepul chiqyapti! (+video)

Yaqin orada uning yopiq beta-sinovi boshlanadi, agarda unda ishtirok etishni xohlasangiz, maqoladagi havolalar orqali rasmiy saytida ariza to‘ldirishingiz yoki Google Play’da ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

PUBG o‘ynayotgan voyaga yetmaganlarni hibsga olish boshlandi!

Bosh vazir PUBG va Fortnite kabi o‘yinlarning o‘ta ommalashuvi ota-onalar uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotganini aytgan edi. U ikkita o‘yinni tilga olgan bo‘lsa-da, hozircha yoshlarga faqat PUBG o‘ynash taqiqlangan.

«Jonli» video: Xiaomi ko‘rsatmayotgan Black Shark 3 smartfonida PUBG o‘yini!

18 martda taqdim etiladigan Black Shark 3 (Skywalker) modelining Liquid Cooling 3.0 suyuqlikli sovitish tizimiga va allaqanday «kibersportiv akkumulyator»ga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Fortnite’da bolalarni o‘ldirishyapti – buni ota-onalarning o‘zlari iltimos qilishmoqda! (+video)

Videoo‘yindan ajrala olmayotgan bolalarning ota-onalari ularni «o‘ldirish» uchun o‘zlari buyurtma bera boshlashdi!

Har qanday qurilma bilan ishlay oladigan Google geympadini tomosha qiling!

Unda Google tugmachalari, mikrofon, shuningdek, «Uyga» va «Menyu» tugmachalari ham bor! Mikrofon tugmachasi nafaqat mikrofonni o‘chirib-yoqish, balki Google Assistant’ni ishga tushirish uchun ham xizmat qiladi.

Microsoft kutilmaganda ommabop o‘yinlardan birini butkul bepul qildi va Xbox One uchun ham taqdim etdi! (+video)

Microsoft korporatsiyasi Crackdown 3 o‘yinini Xbox One va kompyuterlar uchun 15 fevralda taqdim etgandi. Dasturchilar uning oldingi qismi – Crackdown 2 o‘yini endi bepul ekanligini ham xabar qilishgan.

Xiaomi yangi geymerofonining taqdimot kunini aytdi, lekin u allaqachon AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

430 000 ball bu – Android-smartfonlar orasida mutlaq rekord, degani! Aftidan, «xitoycha Apple» Snapdragon 855 protsessorining barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishning o‘ziga xos yo‘lini topgan.

Kompyuterlar uchun beshta bepul «shohona jang» o‘yini

«Shohona jang» yoki «Battle Royale» o‘yin janrida oxirida bitta jangchi qolgunicha hamma geymerlar o‘zaro olishadi. Bugun biz kompyuterda bepul o‘ynaladigan eng yaxshi beshta «shohona jang» o‘yinini tavsiya etamiz.

Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

Ushbu o‘yin kompaniyasi xodimlarining maoshi yiliga o‘rtacha 80 000 AQSh dollarini tashkil etar ekan. Ularda ish kuni 7 soatu 45 daqiqa davom etadi – hatto sakkiz soat ham emas!

«Momo» yana kuchaya boshladi, lekin YouTube unga qarshi kurashning zo‘r yo‘lini topdi!

2019 yilning fevraliga kelib, «Momo» qo‘g‘irchog‘i yana ommalasha boshladi, lekin bu gal endi YouTube’da. Bu qiziqishlar to‘lqiniga ota-onalarning shikoyatlari sabab bo‘ldi...

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

Xiaomi dasturchilari «Game Booster» rejimiga ega MIUI 10 Global Beta 9.2.28 proshivkasining global beta-versiyasini tayyorlashdi va u allaqachon tarqatila boshlagan.

AnTuTu’ning yangi rekordchisi, tag‘in hamyonbop iQOO Monster geymerofoni taqdim etildi!

iQOO Monster asosan mobil geymerlarga mo‘ljallangan, shu bois ham unga bir qator «turbo-texnologiyalar» joriy etilganki, bunaqasi hali birinchi marta uchramoqda.

Xiaomi Black Shark 3 o‘yinbop smartfonini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz!

Uchinchi «Qora Akula» ham original Black Shark hamda Black Shark Helo kabi futuristik dizaynga ega. Lekin unda RGB-chiroqlar ko‘rinmaydi – aftidan, Xiaomi bu gal ularni korpusning yonlariga o‘rnatgan.

Xbox One o‘yinlarini endi Windows 10’da o‘ynash mumkin bo‘ladi

Xbox hamda Xbox One o‘z arxitekturasiga ko‘ra kompyuterlarga juda yaqin. Windows 10 tizimining keyingi jamlanmalarida Microsoft chindan ham geymerlarga shunday imkoniyatni taqdim etadigan ko‘rinadi.

Microsoft’ning eksklyuziv mahsuloti himoyasini xakerlar besh kundayoq buzishdi – endi uni bepul ko‘chirib olish mumkin!

Dasturchilar bu loyihaga besh yildan oshiq vaqt sarflab, mustahkam himoyalashgan edi...

Chordoqda 30 yil chang bosib yotgan Apple kompyuteri topildi. Uni yoqib ko‘rishsa...

Apple Iie – kompaniya tarixidagi uchinchi kompyuter bo‘lib, 1983–1993 yillarda turli modifikatsiyalarda ishlab chiqarilgan va jamlanma tarkibiga qarab 1395–1995 dollarlik narxlarda sotilgan.

Apex Legends shuhrati sababli umuman boshqa studiya boyib ketdi (+2 ta video)

Apex Legends mutlaqo bepul bo‘lib, Origin o‘yinlar do‘koni orqali tarqatiladi. Apex Construct esa 30 dollar turadi va Steam platformasidan xarid qilinadi.

Afsonaviy Super Mario Bros o‘yinining kartriji auksionda rekord narxda sotildi

Bu kartrij original qadog‘i buzilmagan holida saqlangan, hatto ustiga yopishtirilgan narx yorlig‘i ham olib tashlanmagan ekan. Bunaqa holatdagi topilma uchun esa kolleksionerlar katta pul berishga tayyorlar.

D.I.C.E. Awards 2019: Eng zo‘r o‘yinlar mukofotlandi

2019 yil 14 fevralga o‘tar kechasi Las-Vegas shahrida D.I.C.E. Awards 2019 mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 23 ta nominatsiya bo‘yicha g‘olib o‘yinlar mukofotlandi.

Gaming Mode – har qanday smartfonni o‘yinga moslab kuchaytiruvchi bepul ilova

Bu ilova yordamida bitta sozlamalar profilining o‘zini barcha ilovalar uchun qo‘llash yoki har bir o‘yin uchun alohida sozlamalar profili o‘rnatish mumkin. Siz o‘yinni tugatgach, sozlamalar yana asl holiga qaytadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш