Eng muvaffaqiyatli mobil o‘yin shu kungacha yarim milliard dollar daromad keltirgan

Bu o‘yin iOS-qurilmalardan kuniga o‘rtacha bir yarim million dollar pul daromad keltirmoqda. Android’ga esa u 2018 yilning avgustida taqdim etilib, hozirgacha “atigi” 100 ming dollar foyda bergan.

Apex Legends o‘yini bo‘yicha ilk turnir: sovrin jamg‘armasi 200 ming dollar!

Musobaqa ikki bosqichda: 12 va 19 fevralda bo‘lib o‘tadi. Turnirni Twitch Rivals kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin bo‘ladi, shuningdek, ishtirokchilarning Twitch-kanallarida ham uzatiladi.

Apex Legends o‘yini birinchi kuniyoq Fortnite’dan o‘zib ketdi!

Respawn rahbarining ma’lum qilishicha, bu o‘yinni 24 soatdayoq ikki yarim milliondan oshiq geymer o‘ynagan. Fortnite esa o‘z taqdimotidan bir kun o‘tibgina bir millionlik marrani zabt etgan.

PUBG kushandasi – bepul Apex Legends atigi 8 soatda bir millionlik ko‘rsatkichdan oshdi! (+video)

Apex Legends allaqachon PlayStation 4, Xbox One hamda kompyuterlar uchun bepul variantda taqdim etilgan, ammo ichida mikrotranzaksiyalari bor.

18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Nehru Nagar ommabop PUBG Mobile o‘yini uchun 500 dollarlik smartfon olib berishlarini so‘ragan, ota-onasi esa smartfonga 280 dollargacha mablag‘ ajrata olishlarini aytishgan...

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan Black Shark Skywalker modeli 8 GB tezkor xotiraga ega. Ammo Xiaomi uning 10 va hatto 12 GBlik «operativka»ga ega variantlarini ham taqdim etishi kutilmoqda.

iPhone va Android-smartfonlar uchun bepul Dr. Mario World o‘yini chiqyapti

«Doktor Mario» haqidagi o‘yinning originali 1990 yili NES («Dendi») uchun chiqqan edi. U biroz qayta ishlangan «Tetris» o‘yiniga o‘xshab ketadi.

Sony tez orada PlayStation 5 konsolini va uning uchun ikkita o‘yinni taqdim etadi

Ayni damda PlayStation 5 uchun ikkita yangi loyiha tayyorlanmoqda. Bu o‘yinlar yangi avlod pristavkalariga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, PlayStation 4 modelini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Survival Game’ni qarshi oling: Xiaomi ham PUBG va Fortnite kabi o‘yin taqdim etdi!

Boshqalardan farq qiluvchi jihati shundaki, Xiaomi Survival Game ozmi-ko‘pmi mazmunli syujetga, shuningdek, kelajak qurollari va harakatlanish vositalari ko‘rinishidagi ilmiy-fantastik mundarijaga ega.

Xaker to‘laqonli Windows 10 tizimini va Fallout o‘yinini eski rusumdagi smartfonga o‘rnatdi!

Windows 10 nisbatan zamonaviy – Snapdragon 835 chipli qurilmalarga mo‘ljallangan. Shunga qaramay, Wall SoGB buni uddalabgina qolmasdan, yana Windows’ga mo‘ljallangan o‘yinni ham Lumia 950 XL’ga o‘rnatgan.

2018 yildagi eng zo‘r o‘yinlar: PlayStation Blog versiyasi

PlayStation blogi jamoasi 2018 yilning eng yaxshi o‘yin, aktyor, studiya kabilarni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Yuz minglab kishilar ishtirok etgan ushbu so‘rovnoma natijalari bilan tanishing.

Xakerlar eng kutilayotgan o‘yin – Resident Evil 2 demo-versiyasidagi cheklovni olib tashlashdi! (+video)

Bepul treyner bilan o‘yindagi taymerni to‘xtatib qo‘yib, Resident Evil 2 Remake demo-versiyasini istagancha o‘ynashingiz, buyam kamlik qilsa, yana cheksiz patronlarga va supertezlikka ega bo‘lishingiz mumkin.

2018 yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingi bilan tanishing

Sony kompaniyasi 2018 yilning dekabrida PlayStation’lariga eng ko‘p yuklangan o‘yinlarni o‘zining rasmiy blogida e’lon qildi. Unda bir necha toifalar bo‘yicha o‘yinlarning reytingi taqdim etilgan.

AQShdan keyin Angliya ham armiyaga geymerlarni jalb etyapti (+video)

«Armiyangiz sizga muhtoj» deb nomlangan ushbu targ‘ibot kampaniyasining maqsadi raqamli texnologiyalarga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan yosh avlodni harbiy bo‘lishga qiziqtirishdan iborat.

Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

Steam Awards ro‘yxatida o‘yinlar sotilishi bo‘yicha faqatgina «Platina», «Oltin», «Kumush» va «Bronza» toifalariga ajratib e’lon qilingan. Ularning har biri qancha sotilgani va foyda keltirilgani aytilmagan.

PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyoda 40 foizgacha arzonlashdi!

Sotuvga chiqqaniga bir oy ham bo‘lmasidan, PlayStation Classic butun dunyo bo‘ylab rasmiy savdo nuqtalarida arzonlashtirildi. AQSh, Kanada va Avstraliyada ham uning narxi 100 dollardan 60 dollargacha tushgan.

Videoo‘yinlar miyani rivojlantirar ekan – olimlar buni Dota 2 misolida isbotlashdi!

Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, o‘yin malakalari darajasi yuqori bo‘lgan kishilarda miyadagi kul rang modda miqdori, shuningdek, miya faolligining sifati oshib borar ekan.

2018 yilda eng ommalashgan o‘yin va ilovalar: foydalanuvchilar ularga 76 milliard dollar sarflashgan!

2018 yilda o‘rtacha smartfon foydalanuvchisi kuniga uch soat vaqtini mobil ilovalarga bag‘ishlagan. Bu ko‘rsatkich 2017 yildagiga nisbatan 10 foizga, 2016 yilgiga qaraganda esa naq 20 foizga ko‘pdir.

Keyingi haftadayoq taqdim etilayotgan yoshlarbop Xiaomi Play smartfonini rasmiy suratlarda ko‘ramiz!

Xiaomi Play asosan yoshlarga mo‘ljallangan modeldir. Tizerlardagi yozuvga ko‘ra, bu smartfonda «Har yerda va har vaqt o‘yin o‘ynash, hech bir cheklovsiz video ko‘rish» mumkin.

Pokemon Go’da uzoq kutilgan yangilanish: endi unda o‘zaro jang qilish mumkin!

«Jonli» raqiblar bilan kurash geymerlarga o‘yin ichidagi mukofotlarni, jumladan, hozirda ommalashgan Sinnoh Stone’ni olish imkonini beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш