TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Ro‘yxatda birorta ham iPhone yo‘q, kuchli o‘ntalikdan esa faqat xitoylik kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan! Yarim soatga ham yetmasdan quvvatlanib ulguruvchi bittagina smartfon bor ekan.

Samsung tayyorlagan eng arzon 5G-smartfon sirlarini Geekbench fosh etdi

Bu yangi telefon kuni kecha FCC sertifikatini olgan, o‘shanda uning ayrim xususiyatlari oshkor bo‘lgan edi. Samsung endi uning samaradorligini ommabop Geekbench servisida sinab ham ko‘rdi.

Huawei Mate 40 Pro kuchliroqmi, yoki Galaxy Note 20 Ultra? («jonli» test videosi)

SpeedTest G nomli YouTube-kanal muallifi Huawei Mate 40 Pro flagmanini yetakchi smartfonsozning eng kuchli modeli – Galaxy Note 20 Ultra bilan real sharoitlarda taqqoslab ko‘rsatdi.

Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Apple’ning eng qimmat smartfoni uning bulturgi modelidan ham, Samsung kompaniyasining bu yilgi va hatto o‘tgan yilgi flagmanlaridan ham pastda!

Galaxy A72 5G'ning renderlari chiqdi, yana ikkita Galaxy smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

A72 5G renderlari, Samsungʻning eng arzon 5G smartfoni texnik jihatlari va yana bir hamyonbop smartfon xususiyatlari bilan tanishamiz.

Galaxy Note'lar haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi

Samsung smartfon biznesi prezidenti Te Mun Ro «Galaxy Note amaliyoti ko‘proq mahsulotlarga joriy qilinishi mumkin»ligini oshkor qildi.

Samsung Galaxy A52 4G Geekbench'da paydo bo‘ldi

Qurilmaning 4G versiyasi ham yakka yadroli, ham bir necha yadroli testda 5G talqindan ko‘ra ko‘proq ball to‘plagan.

Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Yangi chipset taqdimoti arafasida unda ishlovchi Galaxy S21+ hamda S21 Ultra modellarini Geekbench servisida tekshirib, test natijalarini va ayrim texnik jihatlarini bitta jadvalda taqqoslab ko‘rsatishgan.

Galaxy A72 ilk suratlarda: u kutilganidek emas ekan!

Lekin eng asosiysi – kompaniya Galaxy A72 smartfonini beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi protsessor bazasida tayyorlamoqda. Shunga yarasha, uning narxi ham birmuncha yuqori bo‘lishi tabiiy.

Yana bir Samsung smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Kvadrokamerali model oldinroq sertifikatsiyadan o‘tgani haqida xabar bergan edik, endi esa Geekbench sinovida ko‘rinish berdi.

Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Galaxy M51 smartfoni Snapdragon 730G chipseti bilan jihozlangan. 90Hz yangilanish chastotasiga ega SuperAMOLED ekran esa 6.7 dyuym diagonalli. Asosiy kamera 64MP rezolyutsiyaga ega.

Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

Bu ko‘rsatkichlar tegishli hududlarda sotilgan smartfonlar soniga ko‘ra chiqarilgan. Lekin shu savdodan tushgan foydasiga qarasak, bozordagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib olgan!

2021 yilning potensial bestselleri – Galaxy A52 5G ilk suratlarda

Galaxy A50 hamda Galaxy A51 modellari o‘z dvrida dunyodagi eng ommabop smartfonlardan bo‘lgan. Ularning davomchisi – Galaxy A52 qurilmasini ham shunday taqdir kutmoqda, desak adashmaymiz.

Samsung flagmanlarini ijaraga oling

Hozircha faqat Galaxy S20 modellarini ijaraga olish mumkin, lekin keyinchalik boshqa smartfonlar ham ijaraga berilishi ehtimoli bor.

Tugmachali telefonlar bozori: Nokia ikkinchi o‘rinda, unda yetakchi kim?

2020 yilning uchinchi choragida smartfonlar bozorida liderlik qilayotgan Samsung kompaniyasi tugmachali telefonlar bo‘yicha uchinchi o‘rinda ketmoqda.

Samsung hali keyingi yil taqdim etiladigan Galaxy S21 flagmanlari uchun hozirdanoq buyurtma olyapti!

Kompaniyaning dunyodagi eng yirik do‘koni – Hindistonda joylashgan Opera House bo‘ladi. Ayni shu yerda yangi flagmanlardan istalgan biri uchun hozirdanoq buyurtma berib qo‘yish mumkin.

Galaxy S21 turkumining uchta flagmanini ilk rasmiy videolarda ko‘ramiz!

Kuni kecha biz Galaxy S21, S21 Plus hamda S21 Ultra modellarining o‘lchamlarini taqqoslab ko‘rsatuvchi birinchi «jonli» fotorasmni e’lon qilgan edik. Endi esa ularning birinchi rasmiy videolari ham chiqdi!

Galaxy S21, S21 Plus va Galaxy S21 Ultra o‘lchamlarini taqqoslab ko‘rsatuvchi birinchi «jonli» foto!

Ko‘rinib turganidek, Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ ekrani yassi, Galaxy S21 Ultra displeyining esa ikki chekkasi sal qayrilgan. Shuningdek, suratda ulardan har birining o‘lchami ham yozilgan.

Kvadrokamerali va 7000 mAs batareyali hamyonbop Galaxy M12 sertifikatsiyadan o‘tdi

Bu smartfon diagonaliga 6,55 dyuymlik Infinity-V displey bilan jihozlangan. Uning bosh kamerasi to‘rttalik; eng kuchli jihatlaridan biri esa naq 7000 mA/soatlik akkumulyatoridir.

Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Antutu servisidan farqli tarzda, Master Lu aynan noyabrda namoyish etilgan smartfonlarning ikkita parametr bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Qizig‘i – har ikkala ro‘yxatda uchinchi o‘rinni hamyonbop model olgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш