Galaxy S30 smartfonlari haqida ilk ma’lumotlar: ulkan ekran, arzon protsessor...

Insayderlar hatto aniq raqamlargacha keltirishgan: flagmanlarning «eng kichigi» – Galaxy S30 naq 6,911 dyuymlik ekran bilan chiqadi. Taqqoslash uchun: Galaxy S20 Ultra modeli 6,9 dyuymlik displeyga ega.

Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Huishoubao kompaniyasi joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra ikkilamchi bozor haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Samsung 6G qachondan boshlab joriy qilinishini aytdi

6G hozirda nazariyaviy bosqichda turibdi xolos, ammo kompaniyalar ushbu tarmoq ustida ishlashni boshlab yuborgani bizni kelajak aloqasi tomon bir qadam yaqinlashtiradi.

Galaxy Note 20’ni ilk suratlarda, yana Galaxy Note 10 bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi

Shu kungacha Galaxy Note 20 Ultra modelining sifatli va «jonli» suratlarini, hattoki «jonli» videosini ham ulashganmiz. Lekin standart fablet – Galaxy Note 20 modelining rasmlari chiqmagan edi.

Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q.

Galaxy S20 turkumida tayyorlanayotgan eng arzon smartfon hali chiqmagan OnePlus 8T bilan raqobatlashadi

Kompaniya unda avval taxmin qilinganidek Snapdragon 855 yoki Snapdragon 765G emas, balki hozirgi flagman – Snapdragon 865 protsessorini qo‘llamoqchi.

Apple’dan o‘rnak olib, Samsung ham smartfonlar qutisidan zaryadnikni olib tashlaydi!

Samsung’ning bu boradagi argumentlari ham Apple’niki bilan bir xil: atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ortiqcha quvvatlash moslamalaridan xalos bo‘lish.

«Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

Galaxy Note 20 Ultra bu lavhada Galaxy Note 10+ bilan taqqoslab ko‘rsatilgan. S Pen o‘rni o‘zgargan, o‘lchami avvalgidek qolgan. Endi ekrandagi kursorni stilus yordamida masofadan turib siljitish mumkin.

Samsung ikkita hamyonbop va ommabop smartfoniga flagmancha funksiyalar qo‘shdi!

Mazkur imkoniyatlardan shu paytgacha faqatgina Galaxy S10, Galaxy S20 hamda Galaxy Note 10 flagmanlarining egalari foydalana olar edilar.

Galaxy Note 20 va boshqa gadjetlar taqdimot sanasini Samsung rasman e’lon qildi! (+video)

Galaxy Unpacked 2020 rasmiy taklifnomasiga ko‘ra, uning asosiy qahramonlari Galaxy Note 20 fabletlardir. Lekin Samsung bu tadbirda Galaxy Fold 2 buklamafoni va boshqa mahsulotlarini ham namoyish etadi.

Pandemiyaga qaramay, nega Samsung'ning daromadlari oshib bormoqda?

Bugun Samsung Electronics Co. korporatsiyasi joriy yilning ikkinchi choragida o‘z operatsion daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23% ga o‘sgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk «jonli» rasmlarda har tomonlama ko‘rsatishdi!

Shu paytgacha render suratlarda ko‘rsatilib kelgan Galaxy Note 20 Ultra modelining birinchi «jonli» rasmlari bugun – 7 iyulga o‘tar tunda tarqaldi. Orqa paneli bilan birga stilusni ham ko‘rsatishgan.

Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Ularni hatto o‘z qadog‘ida kelgan quvvatlagich bilan zaryadlashda ham ishkal bo‘lyapti. Smartfonni o‘chirib-yoqqach, u odatdagidek quvvat olishda davom etadi, lekin keyinroq yana shu muammo takrorlanaveradi.

Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Galaxy Note 20 modelining narxi Galaxy Note 10 bahosidan ancha yuqori bo‘ladi. Shunisi ham borki, soliqlardagi farqlar bilan bog‘liq holda, ayrim mamlakatlarda u salgina arzonroq sotiladi.

Samsung smartfonni koronavirusdan tozalovchi sanitayzer sota boshladi

Ushbu sanitayzer Qi standartida simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan ham jihozlangan. Smartfonlarni uning ichiga qo‘yib, bir vaqtning o‘zida ham sterillab, ham quvvatlab olish mumkin!

Samsung Galaxy Watch 3: to‘qqizta versiyasi, narxi va taqdimot kuni

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy Watch 3 smart-soatini shu oydayoq, butkul simsiz Galaxy Buds Live quloqchini bilan birga namoyish etadi.

Samsung o‘z saytiga Galaxy Note 20 Ultra’ning sifatli suratlarini chiqardi!

1 iyul sanasida Samsung o‘zining Rossiya va Ukrainadagi saytlariga tasodifan hali rasman taqdim etilmagan smartfon suratini chiqardi. Chet manbalar uni Galaxy Note 20 Ultra modeli, deyishmoqda.

«Jonli» surat eng arzon Samsung smartfonining yangi jihatlarini fosh etdi

Ushbu yangi suratlar Evan Blass taqdim etgan renderning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, ular Galaxy A01 Core modelining boshqa ayrim xususiyatlarini ham namoyon etgan.

Balki ishonmassiz, lekin Huawei ketma-ket ikkinchi oy smartfon bozorida yetakchi bo‘ldi!

Shu yil aprelda Huawei tarixda ilk bor Samsung’dan ham o‘zib, 1-raqamli smartfonsoz bo‘lgan edi. Bu yutuq tasodifiy emas ekan – may oyida ham u janubiy koreyalik va kupertinoliklardan ko‘p telefon sotibdi!

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Ushbu smartfon 128 gigabaytgacha bo‘lgan hajmlardagi ichki xotira bilan, oq, qora va kul rang korpuslarda taklif etiladi. Galaxy A42’ning yanada arzonroq, 5G’ni qo‘llamaydigan varianti bo‘lmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш