Allaqachon iPhone 13 hamda iPhone SE 3 xususiyatlari ham ma’lum bo‘ldi!

Bazaviy modellardagi iPhone 13’larning bosh kameralari qo‘sh modulli, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellarida esa uchtalik bo‘ladi.

Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari, namoyish va sotuv sanalari bilan tanishing!

Bulardan tashqari, Xitoyda mashhur Tmall onlayn do‘koni allaqachon ikki xil rangdagi iPhone 12 Pro Max smartfonlarining sifatli suratlarini e’lon qildi.

IMEI-kodni ro‘yxatga olish joriy etilgani kimlarga yaxshi bo‘ldi? (+video)

Telefon sotib olayotganda uning IMEI-kodi bir oydan so‘ng ro‘yxatga olinishini aytishadi. Shunda «Nega bir oydan so‘ng?» deya savol berishingiz kerak. Tabiiyki, bu noqonuniy olib kirilgan telefon bo‘lib chiqadi.

Smartfon bozorida lider o‘zgardi, Xiaomi esa Apple’ga deyarli yetib oldi!

Mi 10T turkumi smartfonlarini namoyish etgach, Xiaomi hatto kupertinoliklardan o‘zib ketishi ham mumkin. Lekin bu ko‘pga cho‘zilmaydi – iPhone 12 turkumi taqdimotidan so‘ng Apple savdolari ortishi aniq.

Google «Xaritalar»dan haydovchilar uchun xushxabar bor!

Google ayni damda «Xaritalar» ilovasining avtomobil rejimini ayrim yuzerlargagina taqdim etgan. Keng foydalauvchilar ommasiga uni Google Maps’ning navbatdagi yangilanishi bilan tarqatishadi.

Kupertinoliklardan oldin rossiyaliklar iPhone 12 Pro Apple 1 Edition smartfonini taqdim etishdi! (+video)

Unda tabiiy yog‘ochdan tashqari, original Apple 1 kompyuterlarining ona platasi parchalarini ham ishlatishgan. Shunisi alohida e’tiborga loyiq, zero, Apple bu kompyuterdan atigi 200 dona ishlab chiqargan edi.

Huawei birinchi bo‘lib HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi gadjetini e’lon qildi

HDC 2020 tadbirida namoyish qilingan HarmonyOS 2.0 operatsion tizim talqini yana planshet, smart-soat va boshqa qurilmalarda ham qo‘llanadi. Mazkur ro‘yxatga Huawei smartfonlari shu yilning so‘ngida qo‘shiladi.

«Jonli» surat barcha yangi iPhone’larning rasmiy nomlariga aniqlik kiritdi!

Ulardan uchta «katta»si 5 nanometrlik tex-jarayon asosida tayyorlangan Apple A14 Bionic chipseti, eng kichkinasi esa samaradorligi undan pastroq bo‘lgan Apple B14 protsessori bazasida ishlaydi.

IMEI-kodlar yuzasidan AKT vazirligi, IIV va Bojxona qo‘mitasi brifingi: jinoyatlar fosh bo‘ldi!

24 sentyabr kuni AKT vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan mobil qurilmalarni IMEI-kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan brifing tashkil etildi.

Apple hamyonbop iPhone SE Plus’ni tayyorlayapti: u haqda nimalar ma’lum?

iPhone SE Plus modeli 5,5 yoki 6,1 dyuymlik ekranga ega, tannarxini pasaytirish uchun unda LCD-matritsa qo‘llanadi. Uning old panelida Touch ID skanerli «Uyga» tugmachasi saqlanib qoladi.

Nihoyat, IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha AKT vazirligi Bayonot berdi

Aholi va jamoatchilik orasida mobil telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini bo‘yicha ko‘pincha aholini chalg‘ituvchi talqinlar ham mavjud va kuzatilmoqda, deyiladi unda.

DIQQAT: Bugun telefonlar IMEI-kodlarini MUTLAQO BEPUL ro‘yxatdan o‘tkazishga ulguring!

Bu – vaqtinchalik chora va ertaga bunday usul ishlamaydi. Shuning uchun mazkur xabarni imkon qadar tezroq barcha yaqinlaringizga tarqating – ular ham ulgurib qolishsin!

Nihoyat, smartfonlar IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibida o‘zgarish bo‘ldi!

Fuqarolarning bu boradagi oylar davomida bildirgan arz-dodlariga sentyarbr oyining boshidagina e’tibor berila boshladi. Birdan barcha mas’ul tashkilotlar «uyg‘onib», holat bo‘yicha surishtiruv boshladi.

iPhone 12 mini ham tayyor: bu qanaqa model bo‘ldi?

Biz uchun yangilik bo‘lgan iPhone 12 mini modeli, nomidan ham anglashilib turganidek, eng ixcham ayfon bo‘ladi. Qolgan barcha parametrlariga ko‘ra u standart iPhone 12 bilan bir xil, deyishmoqda.

iOS 14 hamda iPadOS 14 yakuniy versiyada chiqdi: ularga yangilanuvchi iPhone va iPad‘lar ro‘yxatlari

Agar yangilanish mavjudligi haqida bildirishnoma kelmasa, o‘zingiz tekshirib tursangiz ham bo‘ladi. Buning uchun uning asosiy sozlamalaridagi dasturiy ta’minot yangilanishi bo‘limiga kirasiz.

Dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon («Roskachestvo» reytingi, 2020 yil sentyabr)

Reyting shohsupasini va naq yettita qatorini bitta kompaniya vakillari zabt etganiga qoyil qolmay iloj yo‘q!

Qoyilmisiz: iPhone tutganlarni ishdan bo‘shatishyapti!

Talab qat’iy: Apple smartfonlaridan tutayotgan xodimlar 30 kun ichida uni mahalliy ishlab chiqaruvchilarning telefoniga almashtirishlari lozim. Aks holda bunday xodimlar o‘z vazifasidan ozod qilinadilar.

Mobil protsessorlar bozori: MediaTek allaqachon Qualcomm’ga yetay deb qoldi

Smartfonsozlar son-sanoqsiz, mobil chipsetlarni ishlab chiqarish bilan esa dunyo bo‘yicha bir nechtagina kompaniya shug‘ullanadi.

iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Benchmarkka ko‘ra, hali e’lon qilinmagan iOS 14.1 operatsion tizimli ushbu ayfon A14 Bionic chipi va 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega. Lekin uning samaradorligi bilan Apple maqtana olmaydi!

O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

Xitoyning Huishoubao nashri ommabop smartfonlarning yangi reytingini taqdim etdi. Unda qurilmalarning taqdim etilganidan bir yil o‘tib arzonlashuvi bo‘yicha ro‘yxat aks ettirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш