Antutu: eng zo‘r iPhone va iPad’lar reytingida iPhone 12’lar umidni chippakka chiqardi!

Apple yangi ayfonlarda chipsetni ataylab sekinlashtirgani pand berd: hattoki ayni o‘sha A14 Bionic bazasidagi yangi iPad Air 4 samaradorligi yuqoriroq! Reytingdagi ilk to‘rtta pog‘onada esa eski modellar...

Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Grafikda ommabop smartfonsozlar – Realme, Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple hamda Huawei kompaniyalari o‘zlarining ilk 50 millionta telefonini necha chorakda sotib ulgurgani aks ettirilgan.

O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta mobil telefon to‘g‘ri keladi?

Ma’lumot uchun, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani, 2015 yilda 234 tani tashkil etgan.

Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

Nafaqat bular, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

O‘yin uchun iPhone 12 olmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga ham buni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul. Lekin har uchala testda ham reyting yetakchisi aynan bitta, tag‘in arzon flagman bo‘lib chiqqaniga nima deysiz?

iPhone 12 kechikkani tufayli Apple naq 100 milliard dollar yo‘qotdi!

Bu yil yangi iPhone’larning taqdimoti ham, sotuvga chiqishi ham bir oyga surildi. Buning oqibatida hatto Xiaomi tarixda ilk bor Apple’ni quvib o‘tib, 3-raqamli smartfonsozga aylandi!

Xiaomi ilk bor Apple’ni quvib o‘tib, 3-raqamli smartfonsozga aylandi!

Uchinchi chorakda dunyo bo‘yicha smartfonlar yetkazib berish 1,3 foizga kamaygan. Lekin undagi asosiy yangilik – Xiaomi kompaniyasining smartfon sotish bo‘yicha Apple korporatsiyasidan oldinga o‘tib olganidir!

iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

Buni qarangki, o‘n ikkinchi avlod ayfonlardan biri bulturgi eng yirik flagman – iPhone 11 Pro Max modelidan naq uch yarim baravarga ko‘p radiatsiya taratar ekan!

iPhone 12 mini ilk «jonli» videoda: uni iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max uchun oldindan buyurtma 6 noyabrdan ochiladi. Hozirgacha ularning rasmlari ham yo‘q edi, bugun esa kichkintoy ayfonning to‘liq videotavsifi chiqdi.

Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Android Insider to‘rtinchi avlod uyali aloqa standarti – LTE tarmog‘ida internet ishlatganda quvvati qancha vaqtga yetishi bo‘yicha o‘tkazilgan test asosida smartfonlarning avtonomlik reytingini taqdim etdi.

Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Reyting yetakchisi qulab borayotgan esa-da, ikkinchi pog‘onadagi kompaniyadan deyarli ikki baravar ko‘p smartfon sota olgan!

Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Apple ustidan kulib, Samsung o‘z smartfonlari oldingidek quvvatlagich bilan birga yetkazib berilayotganiga ishora qilgan edi. Lekin endi uning o‘zi ham qadoqdan zaryadchik va quloqchinni olib tashlamoqchi.

Jonli test videosi: iPhone 12 va iPhone 11 suv ostida sinab ko‘rildi!

Har ikkala ayfon ham IP68 reytingiga ega bo‘lsa-da, Apple ularga turlicha ta’rif beradi. Smartfonlarning bu kabi sinovlarga dosh berishi ularni har kuni bunday sharoitlarda sinash lozimligini bildirmaydi.

Smartfon nega qizib ketadi? Mutaxassis telefonni saqlab qolish chorasini aytdi

«Roskachestvo» raqamli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha katta mutaxassisi Sergey Kuzmenkoga ko‘ra, protsessor, batareya yoki displeydagi muammolar — telefon qizib ketishining bosh sababchilaridir.

Yandeks.Market o‘n yildagi eng ommabop smartfonlarni e’lon qildi

O‘n yilda atigi to‘rttagina brendning smartfonlari yetakchi bo‘lgan, lekin shulardan bittasi 2016 yildan hozirgacha liderlikni qo‘ldan bermay kelmoqda!

Jonli test videosi: iPhone’lardan qay birining quvvati uzoq vaqtga yetadi?

Mrwhosetheboss kanali iPhone 12 hamda uning Pro-versiyasi avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatdi – kutilmagan natija!

iPhone 12 hamda 12 Pro ichini ochib ko‘rishdi – deyarli farqi yo‘q ekan! (video)

Standart smartfonda va uning Pro-versiyasida bir xil butlovchi qismlarning qo‘llanishida bir yoqimli holat bor: ulardan birining ehtiyot qismlarini ikkinchisi uchun ham qo‘llash mumkin.

iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi iPhone 11 va iPhone 11 Pro’larga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Lekin samaradorlik bobida ular zo‘r ekan!

iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Test g‘olibi esa Samsung yoki Google flagmani emas, balki xitoylik smartfonsozning yangi modeli bo‘lib chiqdi!

Apple’ni kalaka qilgan Xiaomi’ning o‘zi endi smartfon qadog‘ini ixchamlashtiryapti!

Buni qarangki, kupertinoliklarning ustidan birinchi bo‘lib kulgan Xiaomi endi o‘zi ham smartfonlarining qutisida ayrim qisqartirishlarni amalga oshirmoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш