Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

Bir necha haftadikrki eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmayotgan bu gadjet DxOMark eng zo‘r kamerofonlar reytingida 72-o‘rinda, ammo 200–399 dollarlik modellar orasida uchinchi pog‘onadan joy egallagan.

«iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

Red Magic 6R smartfoni eng kuchli chipsetlardan biri – Snapdragon 888 bazasida tayyorlangan va LPDDR5 toifali tezkor xotira, UFS 3.1 standartidagi doimiy xotira chiplari bilan jihozlangan.

Geekebench tasdiqladi: Samsung hatto «arzon» flagmaniga ham Snapdragon 888 chipsetini o‘rnatyapti!

Geekbench servisida SM-G990B katalog raqami ostidagi Galaxy S21 FE smartfoni tekshirib ko‘rilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlar uning muhim jihatlarini fosh etdi...

Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Qidiruv giganti Google I/O 2021 tadbirining birinchi kunida Android 12 Beta 1 versiyasini namoyish etdi va uni o‘rnatib sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Eng zo‘r batareyali smartfonlar (DxOMark reytingi, 2021 yil may)

DxOMark buning uchun yangi benchmark ishlab chiqdi va unda batareyalarning barcha jihatlari – quvvatlanish tezligi, avtonomlik muddati, turli ssenariylar bo‘yicha samaradorlik kabi parametrlar tekshiriladi.

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

Smartfonlar Xitoy valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz narxlarni AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Eng zo‘r hamyonbop smartfonlar taxtiga yangi da’vogar! (AnTuTu reytingi, 2021 yil aprel)

Ushbu ro‘yxatni tuzishda 1 apreldan 30 aprelgacha AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning o‘rtacha (eng yuqori emas) ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu V9 reytingi, 2021 yil aprel)

AnTuTu benchmarki bir oycha avval o‘zining test ilovasini yangilab, 9-versiyada chiqargan edi. Aprel reytingi aynan mana shu – AnTuTu V9 talqinida test qilingan smartfonlar natijalariga asoslangan.

Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Zak Nelson joriy yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona geymerofonini e’tirof etdi. Qizig‘i shundaki, u narigi ikki smartfondan arzonroq ham turadi!

2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Kuchli o‘nlikka oltita kompaniyaning flagmanlari kirgan, lekin shulardan bittasining vakillari naq uchta o‘rinni zabt etgan!

Xiaomi’ning yangi flagmani hatto bulturgi Mi 10 Pro va Mi 10 Ultra’larga ham yeta olmadi!

Yangi flagman 108 MPlik bosh kameraga ega, ammo u bor-yo‘g‘i 12 va 16 MPlik qo‘shaloq kamerali Google Pixel 5 smartfoni bilan bir xil ball to‘plagan va reytingda 22-o‘rinnigina olgan!

O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

To‘rtta reytingda bittagina kompaniyaning turli brendlar ostidagi modellari g‘olib chiqqan. Lekin eng qimmatlari ro‘yxatida boshqa smartfonsoz BULTUR YoZDA taqdim etgan flagman lider bo‘lgani qiziq!

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p o‘rinni – ro‘yxatning naq yarmini Xiaomi korporatsiyasi va uning Redmi brendi vakillari egallab olgan, lekin g‘olib baribir boshqa.

Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p – naq uchta o‘rin Samsung’ga tegishli, lekin g‘olib boshqa. Asus va Oppo kompaniyalari ikkitadan o‘rin olgan bo‘lsalar, Huawei, Vivo hamda Xiaomi vakillariga bittadan joy nasib etgan.

AnTuTu’ning yangi reytingi: eng qimmat iPhone 12 Pro Max atigi 6-o‘rinda! (2021 yil mart)

Ro‘yxatning birinchi yarmida birorta ham ayfon yo‘q. Reyting yetakchisi esa, ketma-ket to‘rtinchi oydirki, AnTuTu taxtidan tushmay kelayotir.

Eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Dimensity 820 protsessoriga tayanuvchi ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda va uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordchi bo‘lib ulgurishdi.

AnTuTu reytingini Snapdragon 888 chipli flagmanlar butkul zabt etdi! (2021 yil mart)

Aksariyat telefonlar bir xil – 12/256 GBlik xotirali bo‘lsa-da, ballar turlicha to‘plagan. Lekin eng g‘alatisi: «operativka»si eng kuchli – naq 16 GBlik ROG Phone 5 hatto kuchli uchlikka ham kirmagan!

Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

Bu testda smartfonda fayllarni nusxalash, ish stolidagi yorliqlarning joyini almashtirish, veb-sahifalar va ilovalarning, shuningdek galereya va suratlarning yuklanish tezliklari baholangan.

Android olamida yangi rekordchi: benchmarkda salkam million ball!

Master Lu ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan qaydlarga ko‘ra, yangi rekordchi Snapdragon 888 protsessoriga hamda tegishlicha 16/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega.

Baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G benchmarkda qo‘lga tushdi

Katalog raqami SM-M426B bo‘lgan qurilma 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan va Android 11 operatsion tizim talqiniga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш