Sony rasman PlayStation 5 chiqish vaqti, narxi va eksklyuziv o‘yinlarini e’lon qildi!

PlayStation 5 bilan bir qatorda, bir nechta «konsol eksklyuzivlari», ya’ni dastlab faqat yangi qurilmaning xaridorlari uchun mavjud bo‘lgan o‘yinlar chiqariladi.

Epic Games’ning saxiyligi tutdi: 17 sentyabrgacha bir nechta o‘yinni bepul va umrbod olib qo‘ying!

Tegishli davrda olib qo‘yilgan o‘yin geymerning kutubxonasida butkul qoladi va uni istalgan payt bepul o‘ynash mumkin bo‘ladi.

PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopdi

PUBG Mobile ijodkorlari Tencent kompaniyasidan noshirlik huquqini olib qo‘yishgan va uni yana Google Play hamda App Store kataloglariga qaytarish uchun Hindiston hukumatidan rozilik olishga urinib ko‘rishmoqchi.

Arzon o‘yin konsoli – Xbox Series S namoyish etildi (+video)

Bu – Microsoft tarixidagi eng arzon va eng ixcham o‘yin pristavkasi bo‘lib, WalkingCat nikli insayder allaqachon uning Xbox Series X bilan taqqoslab ko‘rsatilgan videosini chiqardi.

OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Har ehtimolga qarshi, siz ham kichik yoshdagi va o‘smir farzandlaringiz, qarindoshlaringiz bu kabi o‘yinlarga mukkasidan ketishining oldini olganingiz ma’qul.

10 sentyabrgacha ushbu strategiya o‘yinini bepul olib ulguring (+video)

Bu – qadam-baqadam strategiya turiga mansub o‘yin bo‘lib, geymer unda ulkan jangovar mashinalar otryadini boshqarishi va ular vositasida Yerni gigant maxluqlardan himoya qilishi kerak bo‘ladi.

The Division o‘yinini 8 sentyabrgacha olib qo‘ying va bir umr bepul o‘ynang!

Bu o‘yin syujeti qiziq: epidemiya oqibatida hamma yoq ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan, ko‘chalarda jinoyatchilar bilganini qilib yuribdi. Siz esa maxsus agent rolida o‘ynab, ularga qarshi jang olib borasiz.

Ikkita jangovar o‘yinni bir umr bepul o‘ynash uchun 3 sentyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

O‘yinlarning tekin tarqatilish vaqti 3 sentyabr kuni, kechki soat 20:00 da tugaydi. Lekin shungacha ularni kompyuteringizga yuklab olishga ulgursangiz, keyin istagan paytingiz o‘ynayverishingiz mumkin.

Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

Hozirgi qiyofasidagi «Temir Arni» obrazi bu o‘yinga may oyidanoq qo‘shilgan edi. Yangi qo‘shilgan Datch esa Shvarseneggerning ayni kuchga to‘lgan yoshlik davridan olingan.

PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

Pristavka uchun eng qimmat aksessuar Pulse 3D simsiz garniturasi bo‘lib, Yevropada uning narxi AQShdagidan ham balandroq. Lekin tikka podstavkani Yevropadagi geymerlar arzonroq olishlari mumkin bo‘ladi.

«Chirigan olma»: Apple’ga qarshi Fortnite turnirida sovrinlar yutib oling! (+video)

Epic Games eng ko‘p «olma yegan» geymerlarga jami 1200 ta o‘yin qurilmalari sovg‘a qiladi. Ular orasida Alienware, Samsung, OnePlus, Sony, Microsoft va Nintendo kabilarning konsol va smartfonlari bor.

Bu ikkita jangovar o‘yinni 27 avgustgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Epic Games Store onlayn do‘koni geymerlar uchun navbatdagi hadyasini taqdim etdi. Endi undan ikkita ommabop o‘yinni tekinga va butunlay olib qo‘yish mumkin.

Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Ro‘yxatda eng ommabop bo‘lgan 22 ta o‘yinning trafik sarflash ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ular orasida eng ochofati esa soatiga 300 megabaytgacha trafikni «g‘ajib tashlar» ekan!

PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

Xbox Series X hamda PlayStation 5 konsollarining xususiyatlarini Microsoft Xbox loyihasi rahbari Fil Spenser (Phil Spencer) e’lon qildi. U raqib pristavkalari nega buncha katta bo‘lganini ham izohlagan.

Android uchun ham Civilization VI strategiya o‘yini chiqdi, tag‘in boshida bepul! (+video)

Steam do‘konida bultur eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida ikkinchi o‘rinni Civilization VI egallagan. Qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi mazkur o‘yin «yashil robotchali» tizimga ham endi yetib keldi.

Kechagina taqdim etilgan Total War Saga: TROY o‘yinini butunlay bepul olib qo‘yishga ulguring! (+video)

O‘yinni bugun – 14 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan kechki soat 18.00 gacha olib qo‘yishga ulgursangiz, keyin istalgan paytda bepul o‘ynayverasiz!

Afsonaviy Quake 2 o‘yinini bepul yuklab olishga ulguring!

Bethesda yaqinda o‘tkaziladigan QuakeCon konferensiyasiga bag‘ishlab xayriya to‘pladi va fanatlar jami 30 ming dollardan oshiq mablag‘ taqdim etishdi. Shuning evaziga u endi Quake 2 o‘yinini bepul ulashyapti.

Ommabop jangovar o‘yinni 19 avgustgacha naq to‘rtta platformadan istalgan birida bepul o‘ynang!

Sarguzashtni Greymoor yangilanishidagi «Skayrimning qora qalbi»dan boshlashni maslahat berishmoqda. Uni naq to‘rtta platformadan birida – PlayStation 4, Xbox One, Steam yoki kompyuterda o‘ynashingiz mumkin.

Epic Games ikkita o‘yinni 13 avgustgacha bepul va butunlay ulashyapti!

Biri boshqotirma, ikkinchisi komediya janridagi bu o‘yinlarni 13 avgustgacha olib qo‘yishga ulgursangiz, keyin istagan paytingiz bepul o‘ynayversiz.

Nubia Red Magic 5S ham chiqdi: Snapdragon 865+ va 144 Gs displeyli, 540 dollarlik geymerofon! (+video)

Red Magic 5S akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, smartfon 55 vattlik quvvatda tezkor zaryadlana oladi, natijada uning batareyasi atigi 39 daqiqada to‘lib ulguradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш