Redmi bestsellerini Antarktidaga nega jo‘natishyapti?

Mazkur arzon smartfon hatto qahratonda ham o‘zini ko‘rsata olishini kompaniya sayyoramizning eng janubiy materigida isbotlab ko‘rsatmoqchi.

Xiaomi sir tutayotgan yana bir arzon flagmanni Geekbench fosh etdi!

Poco X2 yakka yadroli testda 547 ball, protsessorning barcha yadrolari ishtirokidagi sinovda esa 1767 ball olgan. Xiaomi uni qadog‘idanoq Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlab chiqaradi.

iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max modellari Apple tarixidagi eng katta hajmli tezkor xotiraga ega smartfonlardir. Ammo Xiaomi hamda Samsung allaqachon tayyorlagan flagmanlar oldida bunisi holva...

Xiaomi Mi 10’ni ilk «jonli» suratlarda batafsil ko‘ramiz!

Ekranida aks etgan ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi 10 eng yangi – Android 10 operatsion tizimi bazasida ishlab chiqilgan MIUI 11.0.2 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘yinbop smartfonlar endi arzonroq bo‘ladi!

MediaTek’ning yangi protsessorlari bazasidagi hamyonbop o‘yin smartfonlari shu yilning o‘zidayoq taqdim etiladi. Xabarlarga qaraganda, Helio G70 yoki Helio G70T ilk bor Redmi 9 modelida qo‘llanishi mumkin.

Yanada arzon Redmi K30 5G sotuvga chiqdi – Realme «damini olsin»!

Ushbu model yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon smartfon bo‘lib oldi. Uning asosiy raqibi – Realme X50 flagmani esa 360 dollardan boshlanuvchi narxlarda baholangan.

256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

Smartfonda chorak milliard piksellik kameraga ehtiyoj bor-yo‘qligi – alohida masala, ammo shunaqa model (yoki hali prototip) allaqachon yaratilganini unda olingan skrinshot isbotlab turibdi.

Xiaomi top-menejeri bilmasdan Mi 10 narxi va taqdimot vaqtini «sotib qo‘ydi»! (+«jonli» surat)

Bosh menejer ehtiyotsizlik qilib, flagman narxi va namoyish kuni haqida Weibo tarmog‘ida post qoldirgan. Keyin uni tezda o‘chirgan, ammo foydalanuvchilar allaqachon skrinshot olib ulgurishgandi.

Rekord hajmli – 16 GB «operativka»li ilk smartfon tayyor, xususiyatlari bilan tanishing!

Mazkur flagman allaqachon MIIT regulyatori ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan. Avvalroq kompaniya vakili, ushbu geymerofonlarning 5G tarmog‘ini qo‘llovchi navbatdagi vakili allaqachon tayyor ekanini aytgandi.

Xiaomi hali taqdim etmagan Mi 10 5G sotuvga chiqdi: narxi va jihatlari bilan tanishing!

«Xitoycha Apple» direktori avvalroq Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarining muhim jihatlarini ochiqlagandi. Shuningdek, standart flagmanning AnTuTu benchmarkidagi rekord natijasi ham e’lon qilingan.

Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Oppo aynan Xiaomi korporatsiyasining Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Uning faolligidan ko‘rish mumkinki, «Xitoycha Apple» cho‘chisa arziydi...

Ikkita hamyonbop Redmi bestselleri yangi versiyalarda sotila boshladi

Bulardan biri «g‘ishtga aylanib» qolayotgan bo‘lsa-da, yaxshi sotilayotgan Redmi Note 8 Pro smartfoni; ikkinchisi esa yanada arzon Redmi 8 modellaridir.

Xiaomi yana 5 xil smartfonini Android 10 bazasidagi MIUI 11’gacha yangilayapti

Hozirgacha jami 27 modeldagi smartfonlariga MIUI 11 grafik qobig‘i asosidagi barqaror proshivka tarqatgan. Lekin ushbu apdeytlarning hammasi ham so‘nggi – Android 10 opersion tizimiga asoslangan emas.

5G vasvasasi: Redmi K30 5G ikki soatdayoq talash bo‘ldi!

Haliyam uning eng qimmat – 375 dollarlik variantini taklif etishmoqda va shuyam talash bo‘lyapti. Yanada arzon – 285 va 330 dollarlik variantlari esa hali 14 yanvardagina sotuvga chiqadi.

Yurtimizda xaridorgir ikkita Xiaomi smartfoniga Android 10 bazasidagi barqaror MIUI 11 kela boshladi

MIUI V11.0.1.0.QFJEUXM versiya raqamli apdeyt hajmi taxminan 2,2 gigabaytga teng bo‘lib, Android operatsion tizimining dekabrdagi xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan.

Xiaomi smartfonlari MIUI yangilanishi bilan muhim funksiyalaridan mahrum etilyapti!

MIUI grafik qobig‘i o‘zining qulayligi, qo‘shimcha funksiyalarga boyligi bilan ajralib turadi. Lekin Xiaomi smartfonlar proshivkalari bilan bog‘liq bog‘liq noxush o‘zgarish qilayotganini ma’lum qildi.

Xiaomi kuchlilarni yig‘ishda davom etmoqda

Janob Cheng yaqinda kompaniyadan iste’fo berdi va qizig‘i, endi Xiaomi'ga qo‘shildi.

Xiaomi’ning yangi xiti sotuvga chiqib, uning ikkita raqibi arzonlashdi

Uning to‘la quvvati kutish rejimida naq uch haftaga yetadi, odatiy foydalanishda esa 14 kungacha uni quvvatlash talab etilmaydi.

Xiaomi direktori Mi 10 hamda Mi 10 Pro’ning asosiy jihatlarini ochiqladi

Yangi mahsulotlar bo‘yicha direktor Van Teng Tomas kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bitta savol berdi. U kompaniya muxlislaridan qanday smartfonni tanlashlarini so‘ragan...

Xiaomi yana Ginnessning rekordlar kitobida: bu gal u qanday «karomat» ko‘rsatdi?

«Mi-stery Box» deb nomlangan ushbu tadbir Nyu-York markazida bo‘lib o‘tgan. Xiaomi shu yo‘l bilan Ginness rekordlar kitobiga kirishdan tashqari, AQSh bozorida o‘ziga e’tibor jalb etishni ham ko‘zlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш