Xiaomi to‘rtta smartfoniga barqaror MIUI 11 tarqatmoqda, shundan ikkitasi global proshivkalar!

«Xitoycha Apple» nisbatan eski modellarni tashlab qo‘ymasdan, ular uchun ham yangi grafik qobiq bazasida proshivkalar ishlab chiqishni to‘xtatmayapti.

To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

AnTuTu endi masalaga o‘zgacha yondashib, o‘z narxi va kuchliligi o‘zaro eng mutanosib bo‘lgan smartfonlar reytinglarini to‘rtta narx toifasiga ko‘ra tuzib chiqardi.

«Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

MediaTek MT6885 protsessorli birinchi flagman Redmi K30 bo‘lishi ma’lum. Shundan kelib chiqsak, 26 noyabr kuni Xiaomi hamda MediaTek kompaniyalari qo‘shma anons o‘tkazishlari ehtimoli yuqori.

Eng arzon yangi Redmi’larga barqaror global MIUI 11 muddatidan avval kelyapti!

Rejaga ko‘ra, ushbu hamyonbop qurilmalar 13 noyabrdan MIUI 11 grafik qobig‘i asosidagi global barqaror proshivkaga yangilana boshlashi kerak edi.

Eng zo‘r iPhone ham DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

DxOMark negadir yangi ayfonlarning kamerasi testi natijalarini uzoq vaqtgacha ma’lum qilmay keldi. Nihoyat, oradan bir yarim oy o‘tgach, uning saytida iPhone 11 Pro Max kamerasi haqida maqola paydo bo‘ldi.

Yana naq 15 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 11 tarqatila boshladi

Xiaomi keyingi bir oyda bir qator mobil qurilmalari uchun MIUI 11 asosidagi proshivkalarni tarqatilib kelayotir. Ikkinchi to‘lqinda esa naq 15 rusumdagi smartfon ushbu proshivkagacha yangilana boshladi.

Xiaomi arzon va cho‘zinchoq Qin 2 Pro smartfonini taqdim etdi

«Pultsimon» smartfon 4-avlodgacha standartlardagi uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi. Korpusining o‘ng yon qirrasida maxsus qizil tugmacha ham bor – uning yordamida XiaoAI virtual yordamchisi chaqiriladi.

Xiaomi Mi Note 10 va uning Pro talqini namoyish qilindi!

Kutilganidek,  bugun Xiaomi kompaniyasi Xiaomi CC9 Pro`ning xalqaro bozorga mo‘ljallangan talqinini namoyish etdi. Kecha Xiaomi CC9 Pro smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tgandi. Bugun esa uning global talqini – Mi Note 10 namoyish qilindi. Shuningdek, kompaniya

Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

Bu model Redmi Note 8’ning yangilangan varianti bo‘lib, NFC chipi qo‘shilgan, akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega. Tashqi ko‘rinishidagi farqlarini esa videoda ko‘rsatganmiz.

Xiaomi’ning yana uchta smartfoni barqaror MIUI 11’gacha yangilanmoqda

«Xitoycha Apple» keyingi ikki kun ichida yana uchta flagmani uchun MIUI 11 grafik qobig‘ini taqdim etdi. Bulardan birida proshivka Android 10, ikkitasida esa Android 9 operatsion tizim talqinigacha yangilangan.

Xiaomi endi Shvetsiyada ham faoliyat ko‘rsatadi

ht-noyabrdan boshlab kompaniya Shvetsiyada ham faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Xiaomi beshinchi avlod – Mi TV 5 televizorlarini namoyish etdi

Xiaomi Mi TV 5 va Mi TV 5 Pro’ning har biri ekran diagonaliga ko‘ra uch xil o‘lchamda taklif etiladi. Ya’ni, diagonali 55, 65 yoki 75 dyuymlik beshinchi avlod aqlli televizorini sotib olish mumkin.

Xiaomi yana ikkita smartfoniga barqaror global MIUI 11 proshivkasini tarqatmoqda

Ushbu ikkala holatda ham MIUI 11 grafik qobig‘i Android 9 Pie operatsion tizim talqini bazasiga qurilgan. Hajmi 1.9 gigabayt keluvchi mazkur apdeyt oktyabr xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan.

Apple endi kelib-kelib Xiaomi’dan nusxa ola boshladi!

Apple’ning yangi patentiga qaraganda, u qayishqoq displeyli smartfon ustida ishlamoqda. Ya’ni, korporatsiya tayyorlayotgan iPhone korpusining atrofini ekrani o‘rab turadi.

Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Hattoki hamyonbop smartfonlardan ham arzon televizorning texnik xususiyatlari borasida ham mo‘’jiza kutmaslik kerak. Uning ekranida Full HD matritsa qo‘llangan, audiotizimining quvvati ham 16 vattlik.

Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

NFC moduli qo‘shilganini aytmasa, bu smartfon original Redmi Note 8 modelining aynan o‘zi bo‘lishini aytishayotgan edi. Lekin videolavha ularning boshqa farqlarini ham namoyon etdi.

Xiaomi mutlaq rekord o‘rnatdi – misli ko‘rilmagan raqamlar!

Joriy yilning 28 sentyabridan to 29 oktyabrigacha faqat Hindistonning o‘zidagina 12 milliondan ortiq Xiaomi mahsulotlari sotilgan. Ular orasida smartfonlarning ulushi esa 8,5 million donani tashkil etadi.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga ko‘paydi.

«Bilakdagi smartfon» – Mi Watch chiqyapti: «jonli» surat va xususiyatlari

Xiaomi Mi Watch shunchaki smart-soat emas, balki «bilakdagi smartfon» bo‘ladi. Ushbu gadjet Wi-Fi orqali ulana oladi, GPS xizmatlari bilan ishlaydi, NFC moduli bilan kontaktsiz to‘lovlarga yaraydi va hokazo.

Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

«Terminator: Qora qismat» uslubidagi smartfon 29 oktyabrdan savdoga chiqadi, oldindan buyurtma olish esa allaqachon boshlangan. Ilk kuni xaridorlar sovg‘a tariqasida Terminator: Dark Fate g‘ilofini oladilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш