Orziqib kutilgan Redmi K30 namoyish qilindi: 5G-versiyasi atigi 285 dollardan!

Redmi K30 smartfoni Qualcomm kompaniyasining 7 nanometrlik Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Uning ekrani diagonaliga 6,67 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatda.

RedmiBook 13 taqdim etildi – 600 dollarlik romsiz noutbuk!

Noutbuk vazni taxminan 1,23 kg keladi, akkumulyatorining to‘la quvvati bilan u 11 soatgacha avtonom ishlay oladi. Batareyasi tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega va taxminan 35 daqiqada yarmigacha to‘ladi.

Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

Kompaniyaning yaqinda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, «Displeyning va elektron qurilmaning tuzilishi» deb nomlangan patentida ekranosti selfi-kamera tavsiflangan.

Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Mi Note 10 fabletlari chiqqanida, Samsung naq 108 megapiksellik ISOCELL Bright HMX datchigini qo‘llash bo‘yicha birinchilikni nega Xiaomi’ga berib yuborganiga ko‘pchilik hayron qolgan. Gap buyoqda ekan...

Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

Ommabop AnTuTu servisida Redmi K30 samaradorligi tekshirib ko‘rilgan va juda kam ball olgan. Flagmanlar 500 ming balldan oshiq ko‘rsatkichlar namoyon etayotgan bugungi kunda bu – juda past natija...

MacBook Air’ning arzon «kushanda»sini bor bo‘yi bilan ko‘rsatishdi

Yangi noutbukning dizayni 16 dyuymlik MacBook Pro bilan o‘xshashligi namoyish etilgan, ammo o‘lchamlariga ko‘ra u MacBook Air bilan raqobatlashadi.

Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

Redmi K30 4G tezkor xotirasi 6/8/12 GBlik, ichki xotirasi esa 128/256 GBlik bo‘lib, 4500 mA/soatlik batareyasi 30 vattlik texnologiyada tezkor quvvatlanadi. Daktiloskop korpusning o‘ng yoniga ko‘chirilgan.

Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Bu reyting faqat noyabrda savdoga chiqarilgan kuchli smartfonlarning natijalarini aks ettirgan. Shu boisdan ham unga Huawei Mate 30 Pro yoki Samsung Galaxy Note 10 kabi zo‘r flagmanlar kirmagan.

Redmi K30 – hali eng zo‘ri emas: uning Pro-versiyasi Snapdragon 865 bilan chiqadi!

Redmi K30 modeli ushbu brendning eng kuchli smartfoni bo‘lib, kamida ikkita jihatdan dunyoda birinchi bo‘lyapti. Ammo, taniqli insayder Sudhanshu Ambhore yozishicha, kompaniya hali undan ham zo‘rini tayyorlamoqda.

Yana bir ommabop Redmi smartfoniga barqaror global MIUI 11 kela boshladi

Xiaomi dasturchilari yangi proshivka bilan bu smartfonga oktyabrdagi xavfsizlik patchlarini hamda MIUI 11 grafik qobig‘ining asosiy o‘ziga xosliklarini qo‘shishgan.

Redmi K30 – ikkita jihatdan dunyoda birinchi smartfon! (+«jonli» surat)

10 dekabrdagi marosimda mazkur 5G-flagmandan tashqari, Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

SD865 protsessorli Xiaomi Mi 10 flagmani ertagayoq taqdim etilishi mumkin!

Qualcomm kompaniyasi Gavay orollarida rasmiy taqdimot tadbirini o‘tkazadi. Marosim mahalliy vaqt bilan 3 dekabrda – bugun boshlanadi, bizda esa bu paytda allaqachon 4 dekabr bo‘ladi.

Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta Xiaomi gadjeti arzonlashdi

«Xitoycha Apple» o‘zining arzonchi brendiga mansub yangi 5G-flagmani – Redmi K30 modelini tayyorlayotganini bilamiz. Ushbu namoyish oldidan oldingi avlod smartfonlarining narxlarini pasaytirmoqda.

Yana kuygan hid kelyaptimi? Endi Redmi Note 7 Pro yonib ketdi

Hodisaning esa kafolatda ko‘rsatilgani tan olinmagan va yonib ketgan Redmi Note 7 Pro'ni almashtirib berishdan bosh tortilgan.

Xiaomi III chorakdagi daromadlarini e’lon qildi. Smartfonlar savdosi kamaydi

Kompaniyaning 2019 yilning to‘qqiz oyidagi sof foydasi 1,3 milliard dollarga yetdi.

Redmi K30 haqidagi yangi xabar hafsalani pir qildi!

Redmi K30 taaqdimot tadbirida yana brendning ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

10 dekabrda Redmi hech kimning xayoliga ham kelmagan mahsulotlarini taqdim etyapti!

Xiaomi o‘sha tadbirda yana Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarini ham taqdim etishi kutilmoqda. Ular bilan birga namoyish qilinadigan yangi tur Redmi o‘z raqiblaridan ancha arzon bo‘lishiga shubha yo‘q.

2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Ekspertlar a’lo sifatli rasm va videolar oluvchi ikkita xitoycha smartfonni mobil fotograflar uchun eng yaxshi tanlov, deyishdi. Apple va Samsung flagmanlari esa uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.

«Undan nimam kam!?» – Xiaomi ham 140 dollarlik 5G-smartfonlar va’da qilyapti

Kuni kecha Honor rahbari mazkur brend ostida 280, 210 va hatto 140 dollarlik 5G-smartfonlar tayyorlanishini aytgan edi. Hamyonbop smartfonlari bilan mashhur bo‘lgan Xiaomi ham bunga jim qarab tura olmadi.

Xiaomi eng ommabop flagmanini endi ishlab chiqarmaydi

Rasmiy katalogda Mi 9 smartfonini izlashganida, xaridorlarga uning o‘rniga Mi 9 Pro 5G yoki Mi CC9 Pro taklif etilmoqda. Bulardan ikkinchisi global bozorga Mi Note 10 modeli tarzida taqdim etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш