Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 8T allaqachon sotuvga chiqdi – narx va jihatlari bilan tanishing!

Redmi Note 8T akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C orqali 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfonga Android 9 Pie bazasidagi MIUI 10 proshivkasi o‘rnatilgan.

Xiaomi Mi Mix 4 metroda «qo‘lga tushdi», uning namoyish kunigacha aniq bo‘ldi!

Mazkur qurilma inqilobiy Mi Mix Alpha modelining «xalqona» versiyasi bo‘ladi – undagi bir qator texnologiyalarni, jumladan, 108 megapiksellik kamerani ham o‘zlashtiradi.

Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Oppo kompaniyasi narxi 420 dollardan yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini 5G-modem bilan ta’minlashini e’lon qilgan. Lekin unga asosiy raqib bo‘lgan hamyurti eng arzon 5G-flagmanni noyabrdayoq taqdim etmoqchi!

Redmi arzon smartfonlarining avval aytilmagan bir siri ochildi

Avvalroq yuz dollardan ham arzon Redmi 8A, keyin esa «Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 smartfonlarini taqdim etgan Xiaomi kishilarning ularga qiziqishini oshirishda davom etmoqda.

Xiaomi keyingi yil yana naq 10 modelda 5G-smartfon chiqaradi!

Xiaomi’ning bu yilgi 5G-smartfonlari uchta modeldan iborat bo‘lsa, keyingi yil ularning soni uch karradan oshiqqa ko‘payadi. Buni korporatsiya rahbari World Internet Conference tadbirida ma’lum qilgan.

«Sharshara ekran»li Xiaomi Mi Mix 4 birinchi «jonli» suratda!

«Sharshara ekran»da kemtik yoki tirqish yo‘q – balki Mi Mix 4 selfi-kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan bo‘lar. Yoki Xiaomi uni ekran ostiga yashira olgandir – buni hali vaqt ko‘rsatadi.

Snapdragon 865 chipli ilk smartfon – Mi Note 10’ni yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Xiaomi Mi Note 10 hali hali rasman namoyish etilmagan Snapdragon 865 protsessori bazasiga qurilishi, mazkur chipsetning model raqami SM8250, kodli nomi esa Kona ekanligi ham ma’lum.

Redmi 8’ning yirik kamchiligi borasida Xiaomi o‘zini oqlashga bahona topdi!

Lekin kompaniya protsessorni maksimal darajada optimizatsiya qilgan, Redmi 8 modelida 2 GB operativkali modifikatsiyani olib tashlagan va tizimga grafikani tezlashtiruvchi Mi Turbo 2.0 rejimini joriy etgan.

15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

Kompaniya sinovchi-dasturchilar uchun MIUI 9.10.14 test jamlanmasi yo‘riqnomasini e’lon qildi. Unda rasman aytilishicha, naq 15 rusumdagi Xiaomi hamda Redmi qurilmalariga endi tizim yangilanishlari kelmaydi.

Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Galaxy S10+ smartfoni selfi-kamerasi kabi, Redmi K30 displeyidagi old kamera tirqishi ham yuqori o‘ng burchakda ochilgan. Bu bilan arzonchi brend uning Samsung flagmaniga raqobatchi bo‘lishiga ishora qilayotir.

Xiaomi misli ko‘rilmagan selfi kamera dizaynini yaratdi

Patent listingidan ma’lum bo‘lishicha, smartfonning qo‘shaloq old kamerasi panelning har ikki burchagiga joylanadi.

Redmi 8, Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro ham yetib keldi – Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari! (2019 yil 12 oktyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Barqaror MIUI 11 proshivkasi yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga yetib keldi

Proshivka hajmi 700 MB atrofida bo‘lib, u smartfonlarga yangilangan interfeys, ranglar va tovushlar; Mi Work hamda Mi Go ilovalar to‘plamlari, Always On Display funksiyasi kabi yangiliklar olib keladi.

Xiaomi shu oydayoq Galaxy Note 10 «kushanda»sini va yana bir kamerofonini taqdim etadi!

Kompaniya 24 oktyabrda 108 megapiksellik kameraga ega Xiaomi Mi CC9 Pro smartfonini namoyish qilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda kutilmagan fabletni ham ko‘ramiz!

Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

Realme X2 Pro eng yuqori versiyada 12 gigabaytlik, LPDDR4X turiga mnsub tezkor xotiraga hamda 256 gigabaytlik UFS 3.0 turidagi ichki xotiraga ega. Benchmarkda ayni shu ilg‘or flagman tekshirilgan.

Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

AnTuTu benchmarki Android-smartfonlarning samaradorlik testiga ko‘ra kuchli o‘nligini e’lon qildi. Unda joriy yilning sentyabrida mana shu servisda sinab ko‘rilgan modellarning eng qudratlilari aks etgan.

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilmoqda, orasida arzon modellar ham bor!

Kompaniya MIUI 11 grafik qobiq talqiniga asoslangan proshivkalarni turli smartfonlariga tezkorlik bilan tarqatmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan hamyonbop modellar ham borligi quvonarlidir.

«Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 taqdim etildi: videosi, narxi va jihatlari

Redmi 8 diagonaliga 6,22 dyuymlik, HD+ formatli ekraniga Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Displeyning o‘rta qismidagi kemtikda 8 megapiksellik selfi-kamera mavjud.

«Jonli» video va rasmlar: Redmi 8’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

SalimBaba Technical nomli YouTube-kanali esa allaqachon uning qadog‘ini ochib, smartfonni yoqib, ishlatib ham ko‘rsatdi. Lavhadagi Redmi 8 ko‘k korpusli, 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotirali versiyasidir.

Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

Kompaniya Realme X2 Pro’ni samurayga qiyoslagan. Chindan ham, u eng tezkor va kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus bazasiga qurilgan va ko‘p jihatdan Xiaomi smartfonlarining «kushandasi» bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш