10 dekabrda Xiaomi nafaqat Redmi K30, balki Pocophone F2 va Mi Mix 4’ni ham taqdim etishi mumkin!

Redmi K30 ikki xil – 5G-modemli va usiz variantlarda 10 dekabrda taqdim etilishi ma’lum. Xiaomi ushbu matbuot anjumaniga bag‘ishlab tayyorlagan rasmiy reklama posterida esa boshqa gadjetlar nomlari ham bor!

Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Xiaomi shu yilning sentyabrida Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini Xitoyda namoyish etgandi. Ular dunyo bo‘yicha trenddagi telefonlar reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallab kelishayotir.

Xiaomi naq 170 mamlakat tillarini biladigan cho‘ntak tarjimonini taqdim etdi

Ushbu devays 1 GB tezkor va 8 GB ichki xotira, USB-C porti hamda 3000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlangan. Uning bitta to‘liq quvvati kutish rejimida 19 kunga, tarjima rejimida esa 5 soatga yetadi.

Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

Ayrim kuzatuvchilar mazkur texnologiyaga ega ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 5 modeli bo‘lishini aytishmoqda. Yana kim biladi, ekranosti kamera texnologiyasini undan avvalgi – Mi Mix 4 flagmanidayoq ko‘rarmiz.

Ishlayotgan holdagi Redmi K30 flagmanini «jonli» ko‘ramiz!

Weibo ijtimoiy tarmog‘i kengliklarida Xiaomi Redmi K30 smartfonining «jonli» rasmlari tarqaldi. Uning ekranidagi yozuvlar qurilmaning asosiy texnik xususiyatlarini ham aks ettirgan.

Mi Band 3’dan ham arzon yangi Mi Band taqdim etildi!

Xiaomi uni faqat qora rangli korpusda, 18 dollardan taklif etyapti. Eslatib o‘tamiz, Mi Band 3 taqdimot vaqtida 26 dollarga baholangan edi.

O‘z-o‘zidan yonib ketgan ommabop Redmi smartfonini Xiaomi tuzatib yo almashtirib bermadi!

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining rahbari foydalanuvchini tinglab bo‘lgach, kulgili javob berdi: «Kafolat batareyaga tatbiq etilmaydi».

«JONLI» VIDEO: Xiaomi sir tutsa ham, Pocophone F2 arzon flagmanini qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Garchi rasman taqdim etmagan bo‘lsa-da, Xiaomi allaqachon Pocophone F2’ni hatto bozorga chiqarishga tayyor qilib qo‘ygani ma’lum. Internetda uning «jonli» surat va hatto videolari uchramoqda.

Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

Indoneziyada atigi bir oy mobaynida Redmi Note 8 turkumidan 125 000 smartfon sotgan! Xiaomi uchun bu mazkur mamlakatda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi va u smartfon sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

32ta eng ommabop smartfondagi maxsus kodlar foydalanuvchining suhbatlarini tinglashi, qayerlarda ekanini kuzatishi, shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchiga va hatto uning hamkorlariga jo‘natishi mumkin.

Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

MIDC 2019 konferensiyasida ishtirok etayotgan Ley Szun kompaniyaning Redmi K30 smartfoni haqida ham ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, u Xiaomi kamida o‘nta 5G-smartfon chiqarishini ham tasdiqlagan.

MIUI 11 uchinchi to‘lqinda eski modellardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarga tarqatiladi

Xiaomi yangi grafik qobiq bazasidagi proshivkalarning uchinchi to‘lqinini tarqatishga tayyor. Bunda nisbatan eski, 2016–2018 yillar orasida taqdim etilgan 13 rusumdagi smartfonlar yangilanadi.

Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»

Lekin baribir Xiaomi mazkur chipset bazasida telefon tayyorlayotgani aniq. Uning bozorga aynan qanday nom bilan taqdim etilishi hozircha noma’lum, ko‘pchilikning taxminicha, bu Pocophone F2 flagmani bo‘ladi.

Motorola RAZR izidan: yana ikkita xitoylik smartfonsoz «raskladushka» tayyorlamoqda

Ulardan birinchisi «raskladushka» tayyorlashni hatto Motorola’dan ham avval boshlagan ekan. Yetakchi smartfonsoz esa qiziq – yoyilganida tashqi displeyi yashirinadigan buklamafon ustida ishlamoqda!

Xiaomi kutilmaganda antiqa gadjet taqdim qildi

Ushbu foydali isitish va zaryadlash qurilmasi 26 dollarga baholanmoqda.

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!

JD.com onlayn savdo maydonchasida hali rasmiy namoyishi Xiaomi Mi Mix 4 flagmanini sota boshlashdi! MyDrivers tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, mazkur takliflarning barchasi qanaqadir chet do‘konlarga eltadi.

Uchinchi chorak yakunlari: Xiaomi top uchtalikda emas

Boshqa mamlakatlarda, xususan, Hindistonda anchayin ijobiy natija qayd etgan Xiaomi esa savdolarning 9.8% qismi bilan chegaralangan bo‘lsa, savdolarida 5.6% lik o‘sish bo‘lgan “Olma“ 8.1% ulushga ega bo‘ldi.

Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

O‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra smartfonlar onlayn bozorining 40 foizini Xiaomi egallagan, eng ommabop smartfonlar beshtaligida esa uning to‘rtta modeli bor.

Xiaomi va Redmi smartfonlari kuchli radiatsiya tarqatishi qanchalik to‘g‘ri?

Barcha mobil qurilmalar o‘zidan ma’lum miqdorda radiatsiya nurlanishi chiqarishini bilasiz. Xususan, Xitoyning arzon telefonlarida bu ko‘rsatkich xavfli darajada yuqori, degan qarashlar mavjud.

Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfon: narxi va ayrim jihatlari ma’lum!

«Xitoycha Apple» hali Mi Mix 4 modelini rasman namoyish etmay turib, internetda uning keyingi avlodi – Xiaomi Mi Mix 5 haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш