Samsung «raskladushka»sini ilk «jonli» rasmlarda batafsil tomosha qiling!

Samsung xuddi Motorola RAZR singari – tikkasiga buklanuvchi «raskladushka»dan tashqari, har ikki tomonga bukiluvchi smartfon ham tayyorlamoqda.

4200 dollarlik 5G-smartfon savdoga chiqdi, VIP-xizmatlari bilan!

«Osmon osti saltanati»da unga yetarlicha xaridor chiqishi tayin; axir, kompaniyaning avvalgi – 2300 dollarlik smartfonini 5 daqiqadayoq talashib tugatishgandi!

Rossiyada allaqachon 5G tarmog‘ida golografik qo‘ng‘iroq qilib ko‘rsatishdi! (+video)

Moskva hamda Kronshtadt orasida ikki tomonlama videotranslyasiya o‘rnatildi. Qo‘ng‘iroqning har ikki tomondagi ishtirokchilari o‘z suhbatdoshlarini golografik 3D-tasvir tarzida, real vaqt rejimida ko‘rib turdi.

Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

Xiaomi bugun antiqa tizer-posterini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yillik CES 2020 ko‘rgazmasi doirasida kompaniya o‘zining yangi innovatsion smartfonini namoyish qiladi, lekin gadjet nomi yashirilgan.

5G tarmog‘ining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatdi!

Avstraliyaning Radiatsion muhofaza va yadro xavfsizligi agentligi mutaxassislari 5G tarmog‘ining kishilarga ta’sirini tajribada o‘rganishdi. Natijada...

Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

Kompaniyaning yaqinda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, «Displeyning va elektron qurilmaning tuzilishi» deb nomlangan patentida ekranosti selfi-kamera tavsiflangan.

Prezident amaldorlarni algoritmlarga almashtirishni buyurdi!

Prezident davlat xizmatchilarining bir qismini sun’iy ong bilan almashtirish haqida topshiriq berdi. Uning koalitsiyasi parlamentda 74% o‘rinni egallaganini hisobga olsak, bu tashabbusi shubhasiz tasdiqlanadi.

Apple kelasi yil besh xil yangi ayfon, so‘ng esa «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus taqdim etadi!

Min-Chi Kuo kupertinoliklarning ikki yil keyingi rejalari haqida ham so‘z yuritgan. Universal USB Type-C portiga o‘tish o‘rniga, kompaniya ayfonlarni butkul tirqishsiz, sim ulanmaydigan qilib chiqarmoqchi!

Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Escobar Fold 1 diagonaliga 7,8 dyuymlik AMOLED-displeyga ega. Full HD+ sifatida tasvir uzatishga qodir ekran o‘rtasidan bukiladi. Qo‘shimcha ekrani yo‘qligi boisdan smartfondan ko‘ra ko‘proq planshetga o‘xshaydi.

iPhone 13 – futuristik slayderni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Asosiy displeyini chapga surganda, o‘ng tomonda qo‘shimcha ekran va orqasida uch modulli kamera blogi ham ochiladi. Displeyni o‘ngga sursangiz, katta qo‘shimcha ekranda boshqaruv va boshqa imkoniyatlar aks etadi.

Atigi 140 dollarga 5G-smartfon olasizmi?

Honor imkon qadar ko‘proq foydalanuvchilarni 5G tarmog‘iga jalb etmoqchi. Bu maqsadda u 280, 210 va hatto 140 dollarlik 5G-smartfonlar tayyorlaydi. Shulardan birinchisi bozorga kelasi yildayoq chiqariladi.

Xiaomi naq 170 mamlakat tillarini biladigan cho‘ntak tarjimonini taqdim etdi

Ushbu devays 1 GB tezkor va 8 GB ichki xotira, USB-C porti hamda 3000 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlangan. Uning bitta to‘liq quvvati kutish rejimida 19 kunga, tarjima rejimida esa 5 soatga yetadi.

«Kalashnikov» endi elektromototsikl ham yaratdi

U doimiy tok asosida ishlovchi, suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatelga ega. Maksimal quvvati – 50 kVt, eng yuqori tezligi – 100 km/soat. Mototsiklga quvvat litiy-ionli akkumulyatordan keladi.

Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

Ayrim kuzatuvchilar mazkur texnologiyaga ega ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 5 modeli bo‘lishini aytishmoqda. Yana kim biladi, ekranosti kamera texnologiyasini undan avvalgi – Mi Mix 4 flagmanidayoq ko‘rarmiz.

Tesla futuristik va «o‘q o‘tmas» Cybertruck elektrik pikapini namoyish etdi (+video)

Ilon Mask kompaniyaning dizayn bo‘yicha boshlig‘i Frans fon Xolsxauzenni chaqirib, mashinaning kuzoviga katta bolg‘a – kuvalda bilan bir necha marta urishga majbur qildi...

Sun’iy intellekt bahsi: ovozli yordamchilardan qay biri eng aqlli?

Turli kompaniyalar o‘z gadjetlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarining foydalanuvchilari uchun virtual ovozli yordamchilarni taqdim etishgan. Xo‘sh, amalda ulardan qay biri savollarga aniqroq javob beradi?

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

MIDC 2019 konferensiyasida ishtirok etayotgan Ley Szun kompaniyaning Redmi K30 smartfoni haqida ham ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, u Xiaomi kamida o‘nta 5G-smartfon chiqarishini ham tasdiqlagan.

Galaxy One – har tomonlama «sharshara» ekranli ilk smartfon!

Samsung Display bo‘linmasining AQSh Patentlar va savdo belgilari idorasiga topshirgan patent arizasida Galaxy One turkumining ilk vakili chizmalari aks etgan.

Motorola RAZR izidan: yana ikkita xitoylik smartfonsoz «raskladushka» tayyorlamoqda

Ulardan birinchisi «raskladushka» tayyorlashni hatto Motorola’dan ham avval boshlagan ekan. Yetakchi smartfonsoz esa qiziq – yoyilganida tashqi displeyi yashirinadigan buklamafon ustida ishlamoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш