Xitoyda standart iPhone 11’dan ham arzon iPhone 11 5G rasman sotilyapti!

Ushbu maxsus 5G-ayfon hatto oddiy iPhone 11’dan arzonroqqa sotilyapti! Qiziq-a: baribir 5G-modemi yo‘q bo‘lgan smartfon qanaqasiga beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi mumkin!?

Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Mate X 5G’ning ushbu versiyasi Kirin 980 chipsetiga tayanadi, u Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish 5G-modem – Balong 5000 chipi bilan to‘ldirilgan.

NASA sizga ham fazoga virtual parvoz qilish imkonini berdi!

Ilovaning o‘ziga kiritilgan ensiklopediya esa ekipaj, fazogirlarning tarjimai hollari hamda bugungi kundagi kosmik kemalar modellari haqida turli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Motorola RAZR rasman namoyish etildi – xususiyatlari o‘rtacha, lekin qimmat «raskladushka»!

Mazkur qurilma qayishqoq ekranli klassik dizayni bilan ajralib turadi. RAZR apparat ta’minoti asosida Snapdragon 710 protsessori yotadi, u Adreno 616 grafik tezlatgichini ham o‘z ichiga olgan.

Apple anchadan beri tayyorlayotgan bestsellerini yopiq taqdimotda ko‘rsatdi

Korporatsiya shu gadjetini tayyorlayotgani haqida ko‘pdan beri xabarlar tarqalgan. Hatto bu sohadagi yangiliklarni bilish uchun, o‘zi ishtirok etmasa-da, CES 2019’ga o‘z mutaxassislarini «josus tarzida» jo‘natgan.

AQShning maxfiy va g‘ayrioddiy «o‘q-samolyot»i ilk parvozini amalga oshirdi (+video)

«O‘q-samolyot» har qanday ob-havo sharoitida, 19,8 kilometrgacha balandlikda, 820 km/soat tezlikda ucha oladi. U zamonaviy aviatransport standartlaridagidan ko‘ra naq 10 baravarga kam yonilg‘i sarflaydi.

Sharp birinchi o‘rama televizorini «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Yapon kompaniyasi bir nechta variantdagi o‘rama televizorlarini patentlagan. Bulardan uchtasida televizorning displeyi uning asosidan yuqoriga, ikkitasida esa pastga yoyilib chiqadi.

Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfon: narxi va ayrim jihatlari ma’lum!

«Xitoycha Apple» hali Mi Mix 4 modelini rasman namoyish etmay turib, internetda uning keyingi avlodi – Xiaomi Mi Mix 5 haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

Taniqli insayder Evan Bless o‘zining Twitter akkaunti orqali Galaxy S11 smartfonlari haqida navbatdagi ma’lumotni e’lon qildi. Odatda uning prognozlari hamisha to‘g‘ri chiqadi, garchi norasmiy bo‘lsa-da.

IT-Parkka isroillik Nobel mukofoti sovrindori keldi

Olim o‘z faoliyati va ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish yo‘llari to‘g‘risida so‘zlab berdi, IT-Park vakillarini IT-tashkilotlar o‘rtasida netvorkingni kengaytirish uchun milliy IT-musobaqalarga taklif qildi.

Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) e’lon qilgan rasmiy reklama posteri uning Samsung W20 5G modeli ekanini va namoyish kunini ham ko‘rsatdi.

«Yandeks» Samarqandning virtual xaritasini yaratmoqda

«Yandeks.Panoramalar» – bu «Yandeks.Xaritalar» loyihasining kengaytirilgan talqinidir. Ushbu servis ko‘chalar, binolar va shahar panoramalarining uch o‘lchamli turlarini ko‘rish imkonini beradi.

UZIMEI, internet, mobil aloqa, raqamlashtirish bo‘yicha va boshqa savollarga AKT vazirligi javob berdi

Mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605 ta baza stansiyasi o‘rnatilib, tarmoq modernizatsiya qilindi, shundan 132 tasi «Obod qishloq» dasturi hududlariga to‘g‘ri keladi.

Apple endi kelib-kelib Xiaomi’dan nusxa ola boshladi!

Apple’ning yangi patentiga qaraganda, u qayishqoq displeyli smartfon ustida ishlamoqda. Ya’ni, korporatsiya tayyorlayotgan iPhone korpusining atrofini ekrani o‘rab turadi.

Samsung ikkinchi buklamafonini videoda ko‘rsatdi: bu sizga Galaxy Fold emas!

Galaxy Fold 2 modeli xuddi Motorola RAZR singari «raskladushka» tarzida – tikkasiga buklanadi. Yig‘ilgan holatida u juda ixcham, yoyilganida esa boshqa smartfonlarga nisbatan ancha cho‘zinchoq ko‘rinadi.

Samsung yo‘l berdi: Exynos 980 protsessorli ilk 5G-smartfonni xitoyliklar chiqarishyapti! (+video)

Maxfiy tadbirdan olingan «jonli» suratlar ushbu 5G-smartfon xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Ularga ko‘ra, gadjetning bosh kamerasi uch modulli, old kamerasi esa korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

iPhone 11’dagi eksklyuziv funksiya endi Samsung smartfonlariga ham qo‘shiladi!

Ushbu imkoniyat hozircha faqat yangi avlod iPhone’larida mavjud – hatto avvalgi ayfonlarga ham nasib etmagan.

Robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘ring!

Jangovar robotga to‘rt oyoqli robotni o‘ldirish buyuriladi. Lekin robot-askar uning ham o‘zi kabi robot ekanini fahmlab, bu buyruqqa bo‘ysunmasdan, aksincha, to‘rt oyoqli «qardosh»ini ko‘tarib olib, qochib ketadi!

Chetroq tur, 5G! Bu yoqda 6G tayyor bo‘lyapti...

Xitoyning yana bir dadil kompaniyasi – Vivo ham qarab turgani yo‘q: u Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotiga 6G tarmog‘i bilan bog‘liq patent uchun ariza topshirdi.

Tesla elektromobili haydovchini tiriklay yondirib yubordi

Fojia qurbonining oilasi Tesla kompaniyasini sudga bergan; ayblovda yozilishicha, haydovchining o‘limiga avtomobilning konstruktiv nuqsoni sabab bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш