Samsung umuman kemtik va tirqishlarsiz, romsiz ekranli ideal smartfon tayyorlayapti!

Ideal romsiz displeyli telefon chiqarish uchun Samsung selfi-kamerani va boshqa kerakli datchiklarni ekranning o‘ziga tatbiq etishiga to‘g‘ri keladi. Aftidan, kompaniya aynan shu yo‘nalishda izlanmoqda.

VIDEO: Suvdan himoyalanmagan OnePlus 7’ni kompaniya suv to‘la chelakka solib ko‘rsatdi!

Videoda kompaniya: «Smartfonning suvdan himoyalanishi sizning pullaringiz evaziga amalga oshiriladi» deb yozgan. Shu bois OnePlus «uncha qimmat bo‘lmagan bir nima xarid qilgani» ta’kidlangan.

Mi 9 arzonlashdi, chunki «to‘rtko‘z» 5G-flagman – Mi 9 Pro chiqyapti!

Hali Mi 9 namoyishidan ham avval kompaniya top-menejerlaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda bitta tizer rasmni e’lon qilgan va unda to‘rttalik kameraga ega smartfon aks etgan edi.

Diqqat, MDC smartfonlarini 27% gacha chegirma bilan oling!

Chegirma «Malika» savdo rastalari va «Toshkent» ulgurji bozori (sobiq «Abu-Saxiy») do‘konlarida amal qiladi. Shoshiling, telefonlar soni cheklangan!

Geekbench fosh etdi: arzon Galaxy M40 kutilganidan kuchliroq ekan!

Galaxy M40 modeli Exynos 7904 chipiga ega bo‘lishi aytilgan edi, ammo Geekbench servisiga ko‘ra, bu smartfonga undan ko‘ra kuchli bo‘lgan Snapdragon 675 protsessori o‘rnatilayotgan ekan.

«Kambag‘albop» Pixel 3a XL smartfonlari taqdimotdan avval do‘konlarga keldi, narxlari bilan tanishing!

Best Buy do‘konlar tarmog‘ida olingan Google Pixel 3a XL suratlari internetga chiqdi. Ya’ni, hali rasman namoyish etilmasidan turib, qidiruv giganti bu smartfonlarini do‘konlarga tarqatmoqda!

Xiaomi o‘z smartfonlariga o‘ta foydali funksiyani qaytaryapti

Yangilangan MIUI Home ilovasining «ichini ochib» o‘rgangan XDA Developers dasturchilari MIUI grafik qobig‘iga kiritilayotgan ikkita yangi funksiyani payqab qolishgan.

Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

Samsung birdaniga uchta modeli: Galaxy A10, A20 hamda A30 smartfonlarining narxlarini rasman pasaytirdi.

Huawei P30 flagmanlari ham Terashop.uz’ga keldi! Shu kompaniya smartfonlarining narxlari bilan tanishing! (2019 yil 2 may)

Xitoylik texnogigantning eng so‘nggi flagmanlari ham bir yillik rasmiy kafolati bilan Terashop.uz’da! Bizda qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) mavjud.

Redmi 855’ga qarshi hamyonbop Realme X, Realme X Lite va Realme X Pro flagmanlari jangga tayyor!

Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi arzon Redmi flagmanini hali taqdim etgani yo‘q, ammo Oppo ayni shu brend bilan bellashish uchun tashkil etilgan Realme turkumida unga raqobatchi flagmanni tayyorlab ulgurdi!

OLED-ekranli barcha Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Mi 9 uchun tegishli yangilanish 2 may sanasidan bosqichma-bosqich tarqatila boshladi. Kompaniyaning qolgan OLED-ekranli modellariga ham yangi funksiya joriy etilgan proshivkalar shu oyda taqdim etiladi.

Meizu smartfonlari Terashop.uz’da yanada arzonlashdi, narxlar bilan tanishing! (2019 yil 1 may)

Buyurtma Toshkentda 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida bepul yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Click, Payme) mavjud!

Samsung smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar tayyorlamoqda

Kelajakda Samsung smartfonlari ekranida ko‘rinmaydigan kameralar joylashadi. Shuningdek, displeyning hamma joyida barmoq izi skaneri ishlaydi va ovoz ham ekranning o‘zidan taraladi.

Meizu 17 – kompaniyaning hali taqdim etilmagan ilk 5G-smartfonini «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Ushbu ilg‘or flagmanning rasmlariga qarab, bu – umuman tugmachasiz va tirqishsiz birinchi smartfon, ya’ni Mezu Zero’ning seriyali ishlab chiqarilayotgan versiyasi ekanini taxmin qilish mumkin.

Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

Xiaomi prezidenti AnTuTu reytingini e’lon qilgan – unda Mi 9 hamda Mi 9 EE flagmanlari eng yuqori ikki o‘rinni band etgan. Veybing bunga javoban: «Biz tayyormiz» degan...

Dunyodagi eng chidamli smartfon hech kimga keraksiz bo‘lib chiqdi!

Energizer PowerMax P18K Pro bir haftagacha quvvatlashsiz ishlay oladi, yana boshqa qurilmalarni zaryadlashga qodir. Biroq shunga yarasha o‘lchami ham katta – iPhone X modelidan deyarli uch baravarga qalin.

TOP-10: dunyo bo‘yicha 2018 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar uchtagina kompaniyaga tegishli!

Kuchli o‘ntalikda ikkita texnogigantdan tashqari, bittagina xitoylik kompaniyaning hamyonbop smartfoni bor – o‘tgan yili undan 20 milliontacha sotishgan.

«Galaktika olov ichida»: Galaxy S10 5G o‘z-o‘zidan portlab ketdi, Samsung esa jim!

Foydalanuvchining aytishicha, Galaxy S10 5G uning qo‘lidan tushib ketib, tezda alanga olgan. Samsung esa mijozga uni almashtirib berish yoki kompensatsiya taklif etmagan.

DisplayMate: Nihoyat, xitoyliklar ham iPhone va Samsung Galaxy’lardek sifatli ekranga ega smartfon tayyorlashdi!

Odatda Apple iPhone va Samsung Galaxy’lar shunday yuksak baho olar, shuningdek, Google Pixel 3 XL flagmani ham ularga yetib olgandi.

Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

«Qasoskorlar: Final» filmining treyleri bilan hamohanglikda ishlangan ushbu lavhada Redmi flagmanining old kamerasi aniq-ravshan ko‘rsatilgan va kuchli samaradorlikka ishora qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш