PlayStation 4 savdosi 100 milliondan oshib, hali taqdim etilmagan PlayStation 5 ham sotuvga chiqdi!

Sony kompaniyasi kuni kecha e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida u 3,2 million donadan oshiq PlayStation 4 o‘yin pristavkalarini sotgan.

Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!

Xiaomi vitse-prezidenti kompaniya o‘yinbop MediaTek Helio G90T protsessori bazasida yangi smartfon chiqarayotganini ma’lum qildi. Redmi 7 Pro modeli bo‘lishi kutilayotgan bu qurilma avgustdayoq taqdim etiladi.

O‘yin – faqat zarar emas: 15 yoshli bolakay Fortnite o‘ynab millionerga aylandi!

Sovrindorning onasi Liza Dollman, o‘g‘lining ushbu xobbisi sababli bilan oralarida kelishmovchiliklar ko‘p bo‘lgan. Lekin endi u Jeydenning yutug‘idan quvonchini ichiga sig‘dira olmayapti.

Snapdragon 855 Plus chipli ilk smartfon Geekbench’da raqiblarini yakson qildi! (+«jonli» rasmlari va narxi)

Ikkinchi avlod ROG Phone’ning tezkor xotirasi 12 gigabaytlik, operatsion tizimi esa Android 9 bo‘lishini ham aytishgan. Hatto uning narxi ham ma’lum...

Apple o‘n bir yillik afsonaviy o‘yinni bepul qilib App Store’ga qaytardi

Yangilangan o‘yinda 24 virtual qahramon mavjud, bundan tashqari, Wi-Fi orqali sakkiztagacha o‘yinchi ishtirokida mahalliy multipleyer uyushtirsa bo‘ladi.

Sony PlayStation’larning Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 28 iyun)

O‘yin konsollari tegishli muddatli rasmiy kafolatga ega va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib beriladi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd, terminal va elektron to‘lov) bor.

Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

SuperData tahlil kompaniyasi o‘yinlar bozorining 2019 yil may oyi yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, geymerlar konsollardagi, kompyuterlardagi va mobil o‘yinlarga jami 8,7 milliard dollar sarflashgan!

E3 2019’dagi eng ommabop o‘yinlar o‘ntaligi (GameStop versiyasi)

GameStop kompaniyasining ta’kidlashicha, Electronic Entertainment Expo 2019 tadbirining o‘tkazilish davrida ushbu tarmoq do‘konlarida o‘yinlarga avvaldan buyurtma qilish hajmi naq 63 foizga oshgan!

Энди афсонавий Super Mario'ни браузернинг ўзида ўйнаш мумкин!

 Mario ўйини ашаддий фанатларидан бири афсонавий ўйиннинг браузерда ўйнаш мумкин бўлган версиясини ишлаб чиқди. Ушбу ўйинни бир вақтнинг ўзида 75 тагача онлайн фойдаланувчилар билан ўйнашингиз мумкин ва улар экранингизда акс этиб туради.

FIFA 20 o‘yinining taqdimot kuni va birinchi videotizeri e’lon qilindi!

Electronic Arts korporatsiyasi FIFA 20 videotizerini real hayotdan olingan lavhalar bilan boyitgan. Unda dunyoning turli burchaklaridan kishilar virtual o‘yingohga shoshayotganlari aks ettirilgan.

Xbox o‘yinlarini endi smartfon va planshetda o‘ynay olasiz!

Xbox’dan o‘yinni OneCast yordamida mobil qurilmaga uzatish uchun bu ikki gadjet ham bitta Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim. Dastur Full HD sifatigacha bo‘lgan aniqlikda o‘yinlarni striming qila oladi.

Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Mail.ru kompaniyasi kuni kecha o‘tkazgan yopiq tadbirida ommabop shuterning Android hamda iOS platformalariga mo‘ljallangan talqini – Warface Mobile’ni e’lon qildi.

«Jonli» video: PlayStation 5 ishlash tezligini Sony hozirgi konsoli bilan solishtirib ko‘rsatdi!

O‘rgimchak-odam haqidagi yangi o‘yinning PlayStation 5 pristavkasida yuklanishi bir soniyadan ham kamroq vaqt olgan! PlayStation 4 Pro modelida esa u 8 soniyadan oshiqroq vaqt oladi – naq 10 karralik farq bor!

Smartfonlar uchun pokemonlar haqida yangi o‘yin – Pokemon Rumble Rush chiqdi

Pokemon Rumble Rush’da siz orollar bo‘ylab sayohat qilishingiz, pokemonlarning yashash joylarini topib, ular bilan jang qilishingiz kerak bo‘ladi.

«Kratos: Qayta tug‘ilish» – mashhur God of War o‘yini qanday tayyorlangani haqida film

SIE Santa Monica Studio jamoasi ushbu hujjatli filmda dasturchilarning murakkab ish faoliyati, ular duch kelgan muammolar hamda kadr ortida qolgan holatlar haqida hikoya qiladi.

Yilning eng muvaffaqiyatli Apex Legends o‘yini endi smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

EA eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlari bilan nafaqat konsollar va kompyuterlarda, balki mobil qurilmalarda ham raqobatga kirishmoqchi.

Nintendo kompaniyasi iPhone va Android-smartfonlar uchun ham o‘yinlar tayyorlamoqda

iPhone va Android-smartfonlar foydalanuvchilarining keng ommasiga Nintendo o‘yinlari shu yilning yozida taqdim etiladi.

AnTuTu rekordchisi – Nubia Red Magic 3 geymerofoni endi Geekbench’da hammani lol qoldirdi!

Benchmark uning asosiy texnik xususiyatlarini ham tasdiqlagan: Snapdragon 855 protsessori, 8 gigabaytlik tezkor xotira va Android 9.0 Pie tizimi. Uning samaradorligi esa rekord darajada!

PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!

Sony allaqachon PlayStation 5 modelini va uning uchun o‘yinlarni ham tayyorlayapti. Ammo u haqda The Wall Street Journal nashri jurnalisti bergan xabar ko‘pchilikka yoqmasligi tabiiy...

Google sovriniga da’vogar ilova va o‘yinlar bilan tanishing!

Bu yilgi Google Play Awards mukofotiga da’vogarlar soni 45 ta bo‘lib, ular to‘qqizta toifa bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш