Taqdim etilmagan Samsung Galaxy Note 8 foto va videoda ko‘rsatildi

WEIBO saytida Samsung Galaxy Note 8 fabletining tashqi ko‘rinishi aks etgan surat joylandi, avvalroq uning maketi Samsung Galaxy S7 bilan o‘zaro taqqoslangan videolavha ham e’lon qilingan edi.

WannaCry hujumidan so‘ng ma’lumotlarni shifrdan chiqarish vositasi – Wanakiwi!

WannaCry virusi bloklab qo‘ygan kompyuterlarning shifrini yechish uchun WannaKey hamda Wanakiwi dasturlari yaratilgan, bulardan ikkinchisini ko‘chirib olish havolasi shu maqolamizda berilgan.

Hali taqdim etilmagan uchta yangi iPhone taqqoslab ko‘rsatildi

Apple bu yil chiqaradigan uchta smartfon modeli: iPhone 7s, iPhone 7s Plus hamda iPhone 8 o‘zaro qiyoslab ko‘rsatilgan.

Qo‘lda harakatlanuvchi aqlli soat yaratildi (+video)

Faol aqlli soat prototipi Cito korpusi shunday yasalganki, o‘ziga o‘rnatilgan elektromotorlar yordamida soat o‘z ekranini harakatlantira oladi.

iPhone’da to‘g‘ri suratga olishni o‘rganamiz (videoqo‘llanmalar)

Apple o‘zining YouTube-kanalida hamda saytida iPhone kamerasida to‘g‘ri rasmga tushirish sirlari ko‘rsatilgan maxsus roliklar joyladi.

iPhone SE Hindistonda ishlab chiqarila boshladi

Apple kompaniyasi iPhone SE smartfonlarini Hindiston hududida Bangalor shahrida joylashgan zavodda ishlab chiqara boshladi.

5 daqiqada quvvatga to‘luvchi smartfon chiqishiga oz qoldi

StoreDot tomonidan tayyorlanayotgan FastBattery deb nomlanuvchi akkumulyatorlar besh daqiqada quvvatga to‘ladi.

Rossiyada yangi Nokia 3310 telefonlari bir kundayoq sotib tugatildi!

Rossiyadagi onlayn-do‘konlarda Nokia 3310 telefonlari kelgan kuniyoq sotilib ketgan.

Instagram’da niqoblar, videoni teskari tartibda joylash va «lastik» paydo bo‘ldi

Instagram suratlar ijtimoiy tarmog‘iga yangi funksiyalar joriy etildi. Bular: yuz uchun virtual niqoblar, videoni teskari tartibda e’lon qilish uchun «Peremotka», «Tarix»lar – «Istorii» (Stories) uchun stiker-heshteglar hamda suratlar uchun lastik funksiyalaridar.

«Kasperskiy laboratoriyasi» WannaCry virusini Shimoliy Koreya yaratgan, deya gumon qilyapti

«Kasperskiy laboratoriyasi» WannaCry virusini Shimoliy Koreyadagi Lazarus xakerlar guruhi yaratgan, deya gumon qilyapti.

Xushxabar: Telegram desktop versiyasida endi ovozli qo‘ng‘iroq qilish mumkin!

Telegram desktop messenjerining Windows, macOS yoki Linux tizimli kompyuter va noutbuklarga moslangan variantlarini uning rasmiy saytidan ko‘chirib olib, ovozli qo‘ng‘iroq imkoniyatlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin!

Rossiyada muhtasham Lamborghini smartfoni taqdim etildi

Lyuks toifali Alpha One smartfoni Tonino Lamborgini kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Nomidan ma’lumki, bu kompaniya Lamborgini asoschisi Ferruchcho Lamborginining o‘g‘li Tonino Lamborginiga tegishli.

Toyota 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarini uchar taksi bilan ta’minlamoqchi

SkyDrive deb ataluvchi mazkur qurilmani Toyota keyingi yil sinovdan o‘tkazishni hamda 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining boshlanish paytiga loyihaning tijoriy maqsadda taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Hali taqdim etilmagan Huawei Nova 2 hamda Nova 2 Plus haqida yangi ma’lumotlar chiqdi

Huawei Nova 2 hamda Nova 2 Plus qurilmalarining ayrim texnik tafsilotlari hamda chiqish vaqti ham ma’lum bo‘ldi.

Google Allo’da endi o‘z suratlaringizdan stikerlar yasashingiz mumkin

Agarda Google Allo’da kompyuter algoritmlarining natijasida yaratilgan tayyor stiker sizni qoniqtirmasa, u holda boshqaruvni o‘z qo‘lingizga olishingiz, ya’ni stikerni o‘zingiz yasashingiz ham mumkin.

Sun’iy ong 27 yil avval o‘g‘irlangan bolani topib berdi

Baobeihuijia sayti bir-birini yo‘qotgan qarindoshlarni o‘zaro topishtirish maqsadida tashkil etilgan. 2017 yilning mart oyidan esa Baidu bu saytga o‘zining yuzni tanish texnologiyasini joriy etishni taklif qildi. Mana, buning natijalari ko‘zga tashlana boshladi.

Robotlar uchun teri yaratildi – endi ular seza olishadi! (+video)

Maykl Makalpayn so‘zlariga qaraganda, «bionik teri» deb ataluvchi bu material elektron sensorlarga ega bo‘lib, u inson terisiga ham elektronikani joriy etish imkonini beradi.

Rossiyada Samsung Galaxy S8 va S8+ o‘rtacha 15% ga arzonlashdi

Samsung Galaxy S8 hamda S8+ flagmanlari Rossiya Federatsiyasida arzonlasha boshladi. Bu ikki modelning narxi o‘rtacha o‘n besh foizga, ba’zi joylarda esa hatto undan ham ko‘proqqa pastlagan.

Windows 10’ning yirik yangilanmasi namoyish etildi

Microsoft Build 2017 – ishlab chiquvchilar konferensiyasi doirasida taqdim etilgan Windows 10’ning navbatdagi yirik yangilanmasi – Fall Creators Update sentyabr oyida to‘liq iste’molga chiqadi va iOS hamda Android tizimli qurilmalar foydalanuvchilariga ham

Sensatsiya: har qanday yuzani sensorga aylantirish texnologiyasi yaratildi!

Electrick texnologiyasi maxsus o‘tkazuvchan bo‘yoq yordamida istalgan narsaning sirtini sensor yuzaga aylantirishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш