Vivo dunyodagi eng innovatsion smartfonning yangilangan versiyasini tayyorlamoqda

Original Apex modelidagi kabi, uning ham selfi-kamerasi korpusning yuqorisidan surilib chiqadi. Skanerli ekrani esa romsiz dizaynda, u korpus old panelining 90 foizdan oshiqroq qismini egallagan.

Xiaomi kompaniyaning 8 yilligi sharafiga Mi 8 smartfonini chiqarishini rasman e’lon qildi

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi rasmiy akkauntida e’lon qilinishicha, navbatdagi flagman kompaniyaning sakkiz yilligi sharafiga Xiaomi Mi 8 Anniversary Edition deb nomlanmoqda.

RASMAN: Xiaomi kompaniyasi 3D Face skaneriga ega Mi 8 flagmanining taqdimot kunini ma’lum qildi

Shuningdek, korporatsiyaning yuqori martabali xodimi yangi flagman Xiaomi Mi 8 deb nomlanishini aytgan va undagi 3D Face yuz skaneri kameralar tizimining suratini internetga joylagan.

O‘zbekiston bilan Huawei o‘rtasida memorandum imzolandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi, jumladan, Huawei kompaniyasi hamkorligida mamlakatning har bir hududida yuksak texnologik markazlar hamda laboratoriyalar ochishni rejalashtirmoqda.

Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Maxsus funksional g‘ilof nafaqat buklama smartfonni tashqi shikastlardan asraydi, balki taglik vazifasini ham bajaradi, tag‘in simsiz quvvatlash moslamasi sifatida ham xizmat qiladi.

Lenovo «mutlaqo romsiz» flagmanining nomi va suratini e’lon qildi

Ushbu modelda muhandislar to‘rtta muhim texnik yangilik joriy etishgan. Bular suriluvchan kamera, ekran ostiga joylangan dinamik hamda displeyga integratsiyalashtirilgan barmoq izi skaneri bo‘lishi mumkin.

Kutilmagan xabar: Xiaomi’ning yangi flagmani Mi 7 emas, Mi 8 bo‘lar ekan!

Nomlanishda bitta sonning «tashlab ketilishi», ehtimol, smartfondagi yirik o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir, deyishmoqda tahlilchilar.

Bunaqasi bo‘lmagan: Android P ikkita «kemtik»li kelajak smartfonlarini ko‘rsatdi

Google dasturchilari mobil operatsion tizimning Android P talqinida smartfon ekranining ham yuqori, ham pastki «o‘yiq»larini qo‘llab-quvvatlash funksiyasini joriy etishdi.

Uch kamerali iPhone besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi

iPhone datchiklaridan biri 12 megapikselli bo‘lib, ob’yektivda oltita linza qo‘llanadi. Uchinchi modul uch karrali optik zumga, ammo umumiy hisobda esa kamera besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi.

Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

Samsung o‘zining Galaxy S turkumi modellarini har yilgi MWC ko‘rgazmalarida taqdim etib kelmoqda. Ammo navbatdagi – Galaxy S10 flagmani kelgusi yil yanvaridagi CES 2019 tadbirida namoyish qilinadi.

iPhone X kushandasi, naq to‘rtta kamerali “topishmoq” smartfon – HTC U12+ taqdimot sanasi ma’lum!

Agarda HTC U12+ ichidagi sirli detallar – apparat ta’minoti darajasidagi yuzni tanish tizimining maxsus qismlari bo‘lsa, iPhone X’ning biryo‘la ikkita raqibi shu kuni dunyo yuzini ko‘radi.

Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina ixtiro qildi

«Shunday mashinalar ishlab chiqarishsa, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar o‘z transport vositasiga ega bo‘lib, erkin harakatlarishlari mumkin», – deydi loyiha muallifi – 11-sinf o‘quvchisi Qo‘rg‘on Nurjasarov.

«Mangu» pikcyellari: kriptovalyuta emas, balki milliy kristavalyuta!

Yangi loyiha asosida yaratilgan «Mangu» moliyaviy platformasi dunyo kriptovalyuta tizimiga aynan O‘zbekiston sharoitida javob bo‘la oladigan innovsion tizimdir.

Xiaomi Mi 7 ekrani suratlari chiqdi: «o‘yiq»li ekran va to‘laqonli 3D Face yuz skaneri!

Foydalanuvchi yuzini uch o‘lchamli skanerlash bo‘yicha iPhone X’ga haqiqiy raqib mana shu – to‘laqonli 3D Face tizimiga ega Xiaomi Mi 7 modeli bo‘layotir.

ZTE biryo‘la ikkita «kemtik»li ekranga ega smartfon chiqaradi

iPhone X bilan kupertinoliklar boshlab bergan dizaynda ZTE korporatsiyasi yanada ilgarilab ketdi – uning navbatdagi smartfonlaridan biri biryo‘la ikkita «o‘yiq»qa ega displey bilan jihozlanadi!

Xiaomi’ning yana bir ommabop smartfoniga Face Unlock qo‘shilmoqda

Xiaomi kompaniyasining 2016 yili taqdim etilgan va hozirgacha ommabop smartfonlaridan biri – Mi 5 modeliga Face Unlock texnologiyasi bu smartfonga so‘nggi – MIUI 9 (8.4.25) beta talqini bilan keladi.

VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

Galaxy X smartfonining asosiy ekrani 6.4 dyuymlik Super AMOLED-displey bo‘ladi. Qo‘shimchasiga unda yana ikkita «ichki» ekran bo‘lib, ularning o‘lchami diagonaliga 6.5 dyuymga teng.

Uch ob’yektivli kameraga ega iPhone’larni tomosha qilamiz!

iPhone X uslubidagi yangi ayfonlar uchun turli dizaynlar taklif etilgan. Bunda uchta ob’yektiv bitta umumiy modulga joylangan shaklda ham, bittasi alohida joylashgan ko‘rinishda ham variantlar bor.

Uch ekranli Galaxy X buklama smartfonining taqdimot vaqtini aytishdi

Galaxy X tashqi tomonida yana bitta mini-ekran ham joylanadi. Smartfon «yopilganida», bu ekranchada har xil tezkor ma’lumotlar: bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlar, SMS va boshqalar aks etadi.

OPPO tayyorlagan – displeydagi daktiloskopik datchik dunyoda tengsiz!

Oppo tayyorlagan modulning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, nafaqat o‘chiq ekranda, balki ekran ishlab turgan payti ham daktiloskopik skaner ishlaydi, barmoq teginishlarini sezaveradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш