80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Ularning ayrimlariga ushbu apdeyt Android 11 operatsion tizimi bilan birga keladi, ba’zilarining proshivkasi «o‘zagi» esa oldingi versiyadagi Android’da qoladi.

Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!

Qarang-chi, bu ro‘yxatda siz tutayotgan yoki olmoqchi bo‘lgan modeli ham bormikan?

Geekbench servisida kutilmagan Xiaomi Mi 10i qo‘lga tushdi!

Hozirda barcha Xiaomi fanatlarining e’tibori navbatdagi flagmanlar — Mi 11 va Mi 11 Pro modellariga qaratilgan. Lekin kompaniya undan avval Xiaomi Mi 10 turkumida yana bitta smartfon tayyorlabdi!

«Energetik monstr» – Redmi 9 Power: taqdimot kuni, Redmi Note 9 4G modelidan farqlari va rasmiy videosi

Ushbu smartfonning keyinroq boshqa bozorlarga Xiaomi Redmi 9T nomi ostida chiqishini aytishmoqda.

31 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga allaqachon MIUI 12 tarqatilmoqda!

Agarda shu modellardan biriga mansub smartfon ishlatayotgan bo‘lsangiz, tizim yangilanishlarini tekshirib ko‘ring.

Redmi 9 Power namoyish kuni ma’lum: bunisi qanaqa smartfon bo‘ldi endi?

Ushbu yangi smartfon kelajakda Hindistondan boshqa mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston bozorida ham Redmi 9 Power nomi bilan sotilishi mumkin.

Xiaomi Mi 10T Lite 5G'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Barcha texnik va dasturiy imkoniyatlarini inobatga olsak, narxi 330 dollardan boshlanuvchi Mi 10T Lite 5G smartfoni anchayin manfaatli taklifdir.

Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Realme kompaniyasini aynan Xiaomi kompaniyasining arzonchi Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun Oppo tashkil etgan edi. Uning shashti baland va «Xitoycha Apple»ga munosib raqib bo‘layotir. Ammo...

Dunyo bo‘yicha eng xaridorgir o‘nta smartfon (2020 yil 3-chorak)

Ro‘yxatda uchtagina kompaniya nomi bor, shulardan birining vakillari naq beshta o‘rinni band etgan. Lekin reyting yetakchisi baribir boshqasi.

Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

Smartfonni endi simsiz usulda atigi 8 daqiqada 50 foizga, 19 daqiqada esa butkul quvvatlash mumkin!

Keyingi paytlarda smartfonlarni simsiz usulda tezkor quvvatlashni qo‘llash ham trendga aylanib bormoqda. Xitoylik kompaniya bu borada rekordchi – dunyodagi eng tezkor simsiz zaryadkani taqdim etdi.

Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Xiaomi kompaniyasi xalqaro bozordagi MIUI 12 global proshivkasi tarqatilgan modellarning 14 oktyabr holatiga ko‘ra yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi.

Uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Android Central nashri MIUI 12 asosidagi proshivkalar tarqatilish vaqtini tizimlashtirib e’lon qildi. Boshqa manba esa ayrim Redmi va Poco smartfonlarining yangilana boshlash kunigacha ma’lum qilgan.

Poco brendi eng arzon smartfonini namoyish etdi!

Xiaomi uni quloqchin tirqishi, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 802.11 b/g/n, GPS + GLONASS interfeyslari, FM-radio bilan ta’minlagan. Smartfon Android 10 tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqqan.

Taqdimotdan oldin Poco C3 smartfonining muhim jihati ma’lum qilindi

Smartfon 6-oktyabr kuni taqdim qilinishi rejalangan.

Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Avvalroq tarqalgan, MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan skrinshotlar va video soxta bo‘lib chiqdi. Lekin unga yangilanuvchi modellar ro‘yxati o‘shandagidan ancha kengroq ekan – naq 46 xil smartfon!

Redmi eng arzon smartfonini ham eng kuchli modifikatsiyada chiqardi

6/128 gigabaytligi 146 dollardan sotuvga chiqayotgan bu smartfonning 4/128 GBligi 117 dollardan, 4/64 GBligi esa 88 dollardan sotilmoqda. Eng kichik – 2/32 GBligi esa hozir 73 dollarga tushib qolgan.

MIUI 13 interfeysining ilk videosi hamda unga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari ro‘yxati chiqdi!

Qizig‘i – 30 ta smartfonni o‘z ichiga olgan ro‘yxatda Redmi 4 va Redmi Note 4 singari eski modellar ham bor, lekin negadir Redmi 9 turkumi vakillari yo‘q!

Eng ommabop 10 smartfon (38-hafta)

Poco M2, Xiaomi Mi 10 Ultra va Motorola Moto G9 Plus'lar bizning ro‘yxatdan joy olmadi.

Redmi bitta flagmanini naq 110 dollarga arzonlashtirib, yana birini MIUI 12’gacha yangilayapti!

Keyingi oylarda turli arzon 5G-smartfonlar taqdim etildi; masalan, Realme V3 narxi atigi 146 dollardan boshlanadi! Mazkur raqobatni hisobga olib, Xiaomi ham bu modelining narxini yanada pasaytirdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш