Razer Phone 2: Ilk geymerofonning ikkinchi avlodi benchmarklarda fosh etildi

Snapdragon 845 chipli Razer Phone 2 xotirasi 8/512 GB, displeyi QHD formatida. Taxminlarga ko‘ra, uning ekranida yangilanish chastotasi 120 Gs.ga teng bo‘lgan sifatli IGZO panel qo‘llanadi.

Taqdim etilmagan Redmi Note 6 va Redmi 6 Plus smartfonlarini allaqachon «qismlab terib» sotishyapti!

Garchi Redmi Note 6 hamda Redmi 6 Plus’ning hali hatto taqdimot sanasi ham aniq bo‘lmasa-da, «uddaburon» xitoyliklar allaqachon ularni yetkazib bera olishlarini aytib, AliExpress orqali e’lon chiqarishgan.

5G modulli Galaxy S10 ham chiqadi, ammo uni biz sotib ololmaymiz

2020 yili taqdim etiladigan Galaxy S11 flagmanigina to‘laqonli 5G-smartfon bo‘ladi. Shuningdek, Galaxy Note 10 fabletiga ham bu modul joriy etilishini kutish mumkin.

Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?

Manbalarga ko‘ra, xalqaro bozorga Xiaomi Mi 8 Pro modeli sifatida taqdim etiladigan bu smartfon dastlab Singapurda rasmiy savdoga qo‘yiladi.

Hamyonbop Galaxy J turkumida ikkita yangi smartfon, bittasining jihatlari ham ma’lum!

FCC ma’lumotlar bazasida Samsung Galaxy J6 Prime modeli allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan. Mazkur devays xususiyatlarida uning yuzni tanish funksiyasiga hamda barmoq izi skaneriga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

«Zirhli» modifikatsiyadagi Pocophone F1 bo‘lsa 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Uni faqat kompaniyaning rasmiy sayti orqali 419 dollar evaziga buyurtma bilan olish mumkin.

Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

Bu saxovatning sababi bor – ishlab chiqaruvchi allaqachon Razer Phone 2 modelini tayyorlagan va uni yaqin orada taqdim etmoqchi.

Windows 10 kompyuterdan SMS yuborishni o‘rgandi

Smartfonni blokdan chiqarmay turib, undagi xabarlarni Your Phone orqali kompyuterda ochib o‘qish va kompyuterning o‘zidanoq javob yozib jo‘natish mumkin.

Hali taqdim etilmagan Huawei Mate 20 Pro «jonli» suratlarda!

Fotosuratlarda Huawei Mate 20 Pro dizaynining asosiy o‘ziga xosliklari namoyon bo‘lib turibdi. Ya’ni, katta ekranining tepa qismida «kemtik» mavjud, uning qirralari dumaloqlangan.

Google yangi Pixel smartfonlari va boshqa gadjetlari taqdimotiga taklif etmoqda

Ushbu konferensiyada Pixel 3 hamda Pixel 3 XL smartfonlari, Pixelbook 2 xrombuki hamda Google Assistent tatbiq etilgan smart-displeyni ko‘rsatishi kutilmoqda.

Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

2018 yil 20 sentyabrga qadar aksiya doirasida ayrim modellardagi Xiaomi smartfonlari xaridorlariga bir donadan original Mi quloqchini ham hadya etiladi!

Xushxabar: Xiaomi Pocophone F1 yetib keldi, Terashop.uz’dan xarid qiling!

Qimmat flagmanlar – OnePlus 6, Mi 8 va hatto Galaxy S9+’larni ham Geekbench’da ortda qoldirgan Pocophone F1 smartfoni uchun O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma bering!

Xiaomi Mi 8 seriyasida yana ikkita yangi model: bittasining taqdimot kuni ham ma’lum! (+«jonli» surat)

Nomlaridan ham ma’lum bo‘lib turganidek, Mi 8 Youth Edition yoshlarga mo‘ljallangan, Mi 8 Screen Fingerprint Edition modelida esa barmoq izi skaneri ekranga joylangan bo‘ladi.

EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

Android operatsion tizimi o‘rnatilgan ushbu smartfon protototipi to‘liq ish holatida namoyon bo‘lgan. Uning ekrani diagonaliga 5,99 dyuymlik bo‘lib, tasvir sifati Full HD+ formatida.

Smartfon qizib ketyaptimi? Unga kriptovalyuta virusi tushgan bo‘lishi mumkin!

Yashirin maynerlarning muammoli tomoni shundaki, ularni aniqlash o‘ta mushkul. Modomiki Play Market do‘koniga o‘rnatilgan antivirus buni uddalay olmadimi – qolganlaridan umid qilmay qo‘yaversangiz ham bo‘ladi.

«JONLI» VIDEO: «aldoqchi» Lenovo Z5’ning slayderli Pro-versiyasi tayyor!

Kuzatuvchilarning fikricha, Lenovo Z5 Pro qurilmasi kompaniyaning flagman smartfoni bo‘lmaydi. Unga Snapdragon 660, Snapdragon 670 yoki Snapdragon 710 protsessori qo‘yilishi mumkin.

Xiaomi’ning yana 4 xil smartfoni uchun barqaror MIUI 10 proshivkasi tarqatilmoqda

Avvalroq Mi 8, Mi 8 SE, Mi 8 Explorer Edition, Mi MIX 2, Redmi Note 5, Mi Note 3 hamda Mi 5 smartfonlari uchun barqaror MIUI 10 proshivkasi chiqqandi. Endi esa ular qatoriga yana to‘rtta model qo‘shildi.

MDC Prime Lite – «Malika»dagi noodatiy «ekonom klass»

Bu smartfonda kommunikatsiya uchun kerakli asosiy funksiyalar: 4G, barmoq izi skaneri, sifatli qo‘sh kamera, yaxshi selfi-kamera, noodatiy va qulay dizayn, ramkalari metalldan ishlangan korpus va nisbatan tiniq ekran mavjud.

Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

Bu ishlanma uchun maxsus «penta-kamera» («beshtalik kamera»), shuningdek, «revolver kamera» atamalarini qo‘llashyapti.

EKSKLYuZIV: ishlayotgan holatdagi Mi Mix 3 ilk «jonli» videoda!

Mi Mix 3 flagmanida old kamera va boshqa datchiklar ekran ortidan surilib chiquvchi panelda joylashgan. Ushbu 5G-smartfonning slayder tuzilmasi qanday ishlashini «jonli» tomosha qiling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш