Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellari ushbu tadqiqot doirasida Samsung Galaxy Note 10, Galaxy S10, Galaxy S10+, Google Pixel 3 hamda OnePlus 7 Pro kabilar bilan taqqoslangan.

Terashop.uz’da ham Xiaomi smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil 12 sentyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

7 kamerali Huawei flagmanining shu va boshqa xususiyatlari bilan tanishamiz!

Uning ekraniga nafaqat daktiloskop, balki dinamik ham integratsiya qilingan. Ovozni boshqarish uchun an’anaviy tugmachalar ham yo‘q – ular o‘rniga korpusning qirrasida kichkina sensor panel mavjud.

8-avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni TENAA’da: xususiyatlari va rasmlarini ko‘ring!

Naq 5000 mA/soatlik batareyaga ega yangi smartfonini Xiaomi uch xil variantda taklif etadi: 2/16 GB, 3/32 GB i 4/64 GB xotirali. Ta’bingizga ko‘ra sakkiz xil rang variantlaridan birini tanlayverasiz!

«Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

Xiaomi Mi Mix 4 korpusining o‘ng qirrasida birorta ham moddiy yoki sensor tugmacha ko‘zga tashlanmaydi. Lavhadagi tasvirlarga ko‘ra, «sharshara ekran»li bu flagman MIUI 11 proshivkasi bilan taqdim etiladi.

Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

Xiaomi Mi 9 hamda Redmi K20 Pro modellariga eng ko‘p chegirma e’lon qilingan – ular naq 42 dollarga arzonlashtirilgan!

Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Endi ushbu ilova yordamida kompyuteringizdan turib nafaqat smartfoningizdagi fayllarni ko‘rishingiz, balki telefoningizni cho‘ntakdan chiqarmay turib qo‘ng‘iroq qilishingiz ham mumkin bo‘ladi!

«Jonli» video: Eng tezkor Xiaomi Mi Charge Turbo orqali simsiz quvvatlanayotgan Mi 9S Pro 5G!

Ushbu texnologiya 30 vattlik quvvat bilan simsiz zaryadlaydi, ammo taqdimotda Xiaomi’ning ta’kidlashicha, u allaqachon 40 vattlik simsiz quvvatlash texnologiyasi ustida ham ishlayapti.

Samsung rasman Galaxy A10s, A20s, A30s va A50s narxlarini aytdi: atigi 150 dollardan boshlanadi!

Bulardan ikkitasi – Galaxy A10s va A20s endi namoyish etiladi, Galaxy A30s hamda A50s taqdimoti esa o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan.

Xiaomi’ning navbatdagi flagmani TENAA’da qo‘lga tushdi: bu shunchaki 5G-smartfon emas!

TENAA ushbu devaysning asosiy xususiyatlarini oshkor etdi: ularga qaraganda, Xiaomi Mi 9S nafaqat beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi, balki boshqa kuchli jihatlari bilan ham maqtana oladi.

Aylanuvchi kamerali Galaxy A80 va boshqa Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 7 sentyabr)

Kameraning innovatsion yechimi bilan dunyoda yagona bo‘lib turgan Galaxy A80 ham allaqachon Terashop.uz’ga yetib kelgan! Shuningdek, Samsung’ning boshqa smartfonlarini ham onlayn usulda olishingiz mumkin.

Redmi K20 Pro allaqachon Terashop.uz’da! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 6 sentyabr)

Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Yangi flagmanlar taqdimoti oldidan ayrim Xiaomi smartfonlari ancha arzonlashdi

Naq 108 megapiksellik kamerali Xiaomi Mi Mix 4 hamda dunyodagi eng arzon 5G-smartfon – Xiaomi Mi 9S shu oydayoq namoyish etiladi. Shuning uchun kompaniya hozirgi flagmanlari narxlarini tushirmoqda.

Nihoyat, eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M30s namoyish kunini Samsung rasman e’lon qildi!

Galaxy M30s diagonaliga 6.4 dyuymlik, Full HD+ formatidagi AMOLED-displey bilan jihozlangan. Uning «elektron yuragi» esa Galaxy A50 modelida ham qo‘llangan sakkiz yadroli Exynos 9610 protsessori bo‘ladi.

TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Kuchli o‘nlikning naq to‘rtta pog‘onasini bitta kompaniya smartfonlari egallagan va birinchi marta uning hamyonbop brendi vakili qudratlilar reytingiga kirgan.

Android 10 rasman namoyish qilindi, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing!

Google Pixel qurilmalari allaqachon Android 10 talqinigacha yangilanishlari mumkin. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning turli smartfonlari uchun mazkur apdeyt qachon tarqatilishini esa quyida ko‘rib chiqamiz.

Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Butun dunyo bo‘ylab Huawei hamda Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari Telegram texnik ko‘mak xizmatining boshini qotirib yubordilar – mazkur qurilmalarda ushbu messenjerdan bildirishnomalar kelmay qo‘ygan...

Mi Mix 4, Mi 9S va MIUI 11 taqdimot sanasini Xiaomi ma’lum qildi!

Xiaomi ayni damda o‘z fanatlari orasida lotereya o‘tkazmoqda va unga yutuq tarzida ushbu taqdimot marosimi biletlarini taqdim etadi. O‘yin g‘oliblari 5 sentyabrda ma’lum bo‘ladi.

Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

Bu – o‘ta g‘alati, ya’ni eng cho‘zinchoq (tomonlari o‘zaro 22,5:9 nisbatli) ekranga, Unisoc SC9832E protsessoriga hamda 1/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega smartfondir.

Galaxy A90 5G rasman namoyish qilindi: Snapdragon 855 chipli, 5G-modemli ilk hamyonbop flagman!

Garchi flagman xususiyatlariga ega bo‘lsa-da, Samsung Galaxy A90 5G smartfoni Galaxy S10 hamda Galaxy Note 10 kabi eng ilg‘or modellardan arzon sotiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш