Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!

Premium versiyasi «oddiy» Redmi K20 Pro modelidan farqlari unchalik ham ko‘p emas. Asosiy afzalligi – unda Snapdragon 855 Plus protsessori qo‘llangan va AnTuTu testida 20 foiz ustunlikni ta’minlab bergan.

Android 10’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing!

AndroidPure nashri e’lon qilgan ma’lumotda Android 10 talqinigacha yangilanuvchi barcha Samsung planshetlari va smartfonlari ro‘yxati keltirilgan.

Xiaomi Mi 9 Pro allaqachon savdoda, lekin u hafsalani pir qildi! (+ilk «jonli» rasm va videolari)

Birinchi «jonli» videosida uning simsiz usulda reversiv (teskari) quvvatlash funksiyasi amalda ko‘rsatilgan – smartfon Appe AirPods quloqchini g‘ilofini 10 vattlik usulda simsiz quvvatlamoqda.

Samsung’ning yangi avlod eng arzon smartfoni – Galaxy M10s ham chiqdi!

Ikki karra kuchli protsessor, HD+ formatli Super AMOLED-ekran va qo‘sh kamera, 4000 mA/soatlik akkumulyatori tezkor quvvatlanadi... Arzon turkumning eng kichkina vakiliga shu yetar-a?

Galaxy M30s taqdim etildi: eng sig‘imdor batareyali arzon Samsung smartfoni

6000 mA/soatlik batareya USB Type-C portidan 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadi. Uchtalik kamera Super Slow-mo, Super Steady, Hyperlapse funksiyalariga hamda 4K-video yozish imkoniga ega.

Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

Android 10 bazasidagi LineageOS norasmiy proshivkalarini yuklab olish mumkin bo‘lgan yangi smartfonlar orasida Xiaomi’ning ancha eski modellari bilan birga «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 ham bor!

Galaxy A20s namoyish kuni, narx va jihatlarini aytayotib, Samsung bir narsada yanglishdi

Malayziyadagi qandaydir tadbirda Galaxy A20s’ning asosiy texnik xususiyatlarini tor doirada ko‘rsatishgan; Galaxy A20s, Galaxy A30s hamda Galaxy A50s narxlari va taqdimot kunini aytishgan.

AnTuTu’ning yangi qiroli: «sharshara ekranli» ilk smartfon salkam 500 ming ball oldi! (+narxlari)

Black Shark 2 Pro tezkor xotirasi 12 GB bo‘lsa-da, «atigi» 8 GBlik «operativka» bilan ham Vivo NEX 3 5G uni ortda qoldirdi! Hali kim biladi – uning 12 gigabaytlik versiyasi qanday mo‘’jiza ko‘rsatar ekan.

Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Shunday bo‘lsa-da, hozircha dunyoda tengi yo‘q bo‘lgan ushbu buklamafonni birinchilar qatorida qo‘lga kiritish uchun ikki yarim baravar pul to‘lashga tayyor xaridorlar topilganiga nima deysiz?!.

Xiaomi Mi 9 Lite rasman taqdim etildi – kutilganidan arzon, lekin...

Taqdimotda aniq bo‘ldiki, Mi 9 Lite o‘sha xitoycha Xiaomi CC9 modelidan umuman farq qilmas ekan – proshivkasi global ekanini aytmasa, albatta. Lekin insayder uning narxida ham adashgan ekan...

Xiaomi yangi 5G-flagmanlari namoyishiga taklif etyapti: unda yana nimalarni ko‘ramiz?

5G-smartfonlar eng yangi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi. Bu tizim talqini bazasidagi MIUI 11 grafik qobig‘i ham, Mi TV Pro turkumidagi 8K-televizor ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

Samsung endi Galaxy S hamda Galaxy Note turkumida boshqa smartfon chiqarmaydi!

Evan Blass ta’kidlashicha, Galaxy S10+ hamda Galaxy Note 10+ flagmanlari o‘z turkumlarining so‘nggi vakillari bo‘lib qolishi mumkin. Zero, kompaniya Galaxy S hamda Galaxy Note turkumlarini tugatish niyatida.

«Roskachestvo» reytingi: 2019 yil kuzdagi eng zo‘r smartfonlar

ICRT (International Consumer Research & Testing Ltd) tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida «Roskachestvo» ayni damgacha bozorga chiqqan eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi.

«Sharshara ekranli» Vivo Nex 3 5G taqdimoti uchun antiqa joy tanlandi! (+«jonli» video va suratlar)

Snapdragon 855 Plus protsessori hamda 5G-modemli mazkur smartfon 64 megapiksellik kameraga ega, uning 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa 44 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanadi.

Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Atigi bir yarim yil avval asos solingan xitoylik brendga qoyil qolmay iloj yo‘q – Samsung’dan o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan! Eng ko‘p sotilgan modellar beshligida ham shu ikkitagina brend vakillari!

Istalgan smartfonda Android avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘yishning eng oson ikkita yo‘li

Avtomatik yangilanishlarni taqiqlab qo‘yish usuli qurilmaning modeliga qarab sal farqlanishi mumkin, lekin shu ikkita usulni o‘rganib olib, ular asosida o‘z smartfoningizda o‘chirib qo‘yish yo‘lini topa olasiz.

Xiaomi rasman Mi 9 Lite taqdimotiga taklif etyapti, lekin u kutilganidan ancha qimmat!

Mi 9 Lite bosh kamerasi uchta – 48+13+2 megapiksellik datchiklardan iborat, Xiaomi CC9 modelida esa ikkinchi modulida 8 MPlik sensor qo‘llangan. Lekin baribir narxida bunchalik farq bo‘lishi insofdan emas-da!

Smartfoningizdagi fonarik ilovasi ham josuslik qiladi – ularning TOP-o‘ntaligi

Avast ekspertlari xavflarni tahlil qiluvchi apklab.io platformasi yordamida Google Play Store’dagi naq 937 ta tunchiroq dasturini o‘rganib chiqishdi...

Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Barmoq izi skanerini faqat qurilmani qulfdan chiqarish uchun ishlatyapsizmi? Unga bundan boshqa ko‘plab funksiyalarni ham joriy etish mumkinligidan xabaringiz bormi?

Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 13 sentyabr)

Yetakchi smartfonsozning atigi 705 000 so‘mlik Gusto 2 telefonidan tortib Galaxy S10, S10+ hamda S10e flagmanlarigacha – barchasini Terashop.uz’dan onlayn usulda olishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш