DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

Samsung’ning eng zo‘r flagmani Galaxy Note 20 Ultra bo‘lsa, unga eng munosib raqib kupertinoliklarning iPhone 12 Pro Max modelidir. DxOMark ularning old kamera testlari natijalarini bir vaqtda chiqardi.

iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

Bu reyting yetakchisi Huawei Mate 40 Pro bo‘lsa, kompaniyaning yana bir vakili – Huawei P40 Pro kuchli uchlikni yakunlagan. Bu ikkalasining orasidan Xiaomi yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli joy olgan.

Orqa panelida naq sakkizta kamerali ilk smartfon, old kamerasi ham maxfiy!

Patentda tavsiflangan smartfon to‘liq romsiz ekranga ega, uning pastki qismida esa tugmacha mavjud. Selfi-kamera ko‘rinmaydi, aftidan, uni displey ortiga yashirishgan.

DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

«Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining DxOMark reytingidagi hukmronligi ko‘pga bormadi, yurtdoshi tezda undan taxtini qaytarib oldi!

Yangi fotoflagmanlar – Huawei Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ bilan tanishing!

Huawei bu flagmanlarining fotoimkoniyatlariga katta e’tibor qaratgan va bu borada Leica bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Galaxy F41 taqdim etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Kompaniya bu smartfonida o‘zining Exynos 9611 protsessorini qo‘llagan. Bu smartfon ancha «beli baquvvat» – akkumulyatori 6000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali quvvatlanadi.

Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

Kompaniyaning eng so‘nggi va eng qimmat flagmani nafaqat past ball oldi, balki hatto Galaxy S20 Ultra’dan ham, xitoylik smartfonsozlarning bundan arzon modellaridan ham ortda qoldi!

Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

AnTuTu eng kuchli flagmanlar reytingiga kirgan, o‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon ro‘yxatidan ham o‘rin olgan ushbu kamerofon navbatdagi muvaffaqiyatiga erishdi – DxOMark reytingida uchinchi o‘rin!

Taqdimotidan ikki hafta oldin Galaxy F41 kamerofonining anboksing videosini ko‘ramiz!

Hindistonlik bloger YouTube-kanalida Samsung Galaxy F41 smartfonining birinchi «jonli» videosini ulashdi. Lavhada u mazkur kamerofonning qadog‘ini ochib, qurilmaning o‘zini yoqib, ishlatib ko‘rsatgan.

Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Ikki yil avvalgi Galaxy A9 modeli dunyodagi birinchi kvadrokamerali telefon sifatida taqdim etilgan. Endi esa Samsung o‘zining pentakamerali ilk smartfoni – Galaxy A72 modelini tayyorlamoqda.

Hamyonbop kamerofon – Vivo V20 SE namoyish qilindi

Samsung yangi – Galaxy F nomli arzon kamerofonlar turkumining ilk vakili – Galaxy F41 modelini oktyabrning boshida chiqaradi. Bu borada allaqachon Xitoy kompaniyalari uni dog‘da qoldirishdi!

Samsung birinchi arzon kamerofonining taqdimot kunini aytdi!

Yangi smartfon ko‘p jihatidan arzon «megamonstr» – Galaxy M31 modeliga o‘xshash bo‘ladi. Lekin «ichki dunyosi» o‘zgacha – Exynos 9611 protsessori, 6/8 GBlik tezkor va 64/128 GBlik doimiy xotira, NFC chipi...

Suratga olish, o‘yin va musiqaga mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi

Uni bir nechta talablar inobatga olingangan holda yaratishgan: kameralar imkoniyati kengaytirilgan, o‘yin va boshqa mobil ilovalardagi yuqori ishchanlik, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va hokazo.

Samsung taqdim etmasidanoq Galaxy F41 arzon kamerofonining rasm va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

Dasturchilarga mo‘ljallangan Google Play Console servisi ma’lumotlar bazasida Samsung Galaxy F41 modelining dizaynini ko‘rsatuvchi chizma-rasmlar, shuningdek, uning texnik xususiyatlari ham paydo bo‘lgan.

Yap-yangi turkumga mansub Galaxy F41 arzon kamerofoni shu oydayoq chiqadi!

Galaxy F seriyasidagi telefonlarda asosiy e’tibor kameraga qaratiladi. Ularning narxi esa 200–270 AQSh dollari orasida bo‘ladi.

64 MPlik kvadrokamera va 48 MPlik qo‘shaloq old kamerali eng arzon selfifon chiqdi

O‘yinbop Helio G90T protsessori bazasida tayyorlangan Infinix Zero 8 smartfonining tezkor xotirasi 8, doimiysi esa 128 gigabaytlik hajmga ega; yana microSD-karta sloti ham mavjud.

Xiaomi sir tutayotgan Mi 10T Pro kamerofonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Yangi turkumda uchta smartfon chiqadi: Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Pro hamda Mi 10 Lite. Ularning «katta»si 144 gerslik displey, 108 megapiksellik kvadrokamera va 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan.

«Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Huawei P40 Pro flagmani shu yil bahorda DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan va hozirgacha o‘rnini hech kimga bermay kelayotgan edi. Va nihoyat, zo‘rdan zo‘r chiqdi...

Janubiy Koreya flagmani DxOMark’da sharmanda bo‘ldi – atigi 41-o‘rin!

Uning bosh kamerasida asoiy datchik 64 megapiksellik bo‘lib, yana 13 MPlik o‘ta keng burchakli modul hamda ToF-kamerasi ham bor. Shunga qaramasdan, bu flagmanning suratkashlik mahorati o‘ta past ekan!

Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

DxOMark laboratoriyasi, nihoyat, Redmi K30 Pro Zoom Edition modelining ham kamera imkoniyatlarini sinab ko‘rdi va uning natijalaridan mutaxassislarning o‘zlari ham hayratda qolishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш