Xiaomi naq 50 karra zumli hamyonbop kamerofonini yana 42 dollarga arzonlashtirdi

Uning 6,57 dyuymlik AMOLED-ekrani Full HD+ formatida (2400x1080 piksellik) tasvir uzata oladi. Korpusi antibakterial qoplamaga ega, bu esa koronavirus pandemiyasi sharoitlarida yanada dolzarb hisoblanadi.

Huawei P40 Pro+ kushandasini Xiaomi tayyorladi: keramik korpus, Snapdragon 865 va qayrilma ekranli kamerofon!

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Digital Chat Station kanali avgustda taqdim qilinishi kutilayotgan smartfonning asosiy xususiyatlarini e’lon qildi.

DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Jami o‘nta yo‘nalish, lekin reytingdagi barcha o‘rinlarni uchtagina kompaniyaning beshtagina flagmani egallab olgan! Yanayam qizig‘i – naq oltita yo‘nalishda bitta flagman g‘olib bo‘lgan!

Vivo X50 triosi taqdim etildi: stabilizatorli kameraga ega ilk smartfonlar (+video)

Ushbu 5G-smartfonlarda kameraning o‘zida stabilizator bor: s’yomka jarayonida kamera matritsasi turli o‘qlar bo‘yicha 3 darajagacha qimirlaydi – xuddi tirik jonzodlarning ko‘zi atrofga alanglagani kabi.

1200 dollarlik Samsung flagmani bu reytingda zo‘rg‘a 10-o‘rinni oldi!

Narxi 1400 dollarlik bo‘lishiga va kompaniya kamerasini maqtaganiga qaramasdan, kamerofonlar reytingida u atigi 122 ball olgan.

Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Ushbu reytingida u o‘zidan ancha qimmat bo‘lgan Honor V30 Pro, iPhone XS Max, Galaxy S9+ hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition kabi nomdor flagmanlardan yuqorida turibdi.

Nokia tayyorlayotgan 9.3 PureView flagmanini sifatli suratlar va videoda ko‘ring!

Smartfonning bosh kamerasida 108 va 64 megapiksellik sensorlar, shuningdek keng burchakli modul, teleob’yektiv hamda makroob’yektiv bo‘ladi. Ekran ostiga yashirilgan selfi-kamerasi esa 32 megapiksellik .

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 10 Lite Zoom: arzon 5G-smartfonda olingan suratlar hayratga soladi!

Xiaomi Mi 10 Youth Edition kamerasi orqali tushirilgan suratlardagi «suvli belgi»lar tasodifan yana bitta – Xiaomi Mi 10 Lite Zoom smartfonini ham fosh etib qo‘ydi!

Kutilganidan ham arzon kamerofon – Xiaomi Mi 10 Youth Edition taqdim etildi! (+videolar)

Avval uning eng kichik versiyasi 324 dollar turishi aytilgan edi. Xiaomi Mi 10 Youth Edition undan ham arzonligi bilan barchaga ma’qul kelishi aniq. Yana uning uchun 24 oylik kafolat ham beriladi!

50 karra zumli eng arzon smartfonda 20 km.dan rasmga olib ko‘rsatishdi! («jonli» video + to‘liq narxlari)

Ishan Agarval mazkur kamerofonning barcha versiyalari narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Mi 10 Youth Edition modeli 5 karralik optik va 50 karralik gibrid zumga ega bo‘lgan dunyodagi eng arzon smartfondir!

Xiaomi yangi arzon flagmanida 15 km.dan suratga olib ko‘rsatdi! (ikkita «jonli» video)

Uning kvadrokamerasida flagman kamerofonlarda bo‘ladigan periskop tizimi qo‘llangan. Keng burchakli sensor 120 darajali ko‘rish burchagiga ega, makrokamera esa ob’yektdan atigi 2 sm.dan ham fokus ola biladi.

Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

1400 dollarlik bu flagmanning kvadrokamerasi naq 100 karralik zumga, 108 MPlik sensorga ega. Xo‘sh, bunchalik kuchli kamerofon professional baholash testida qanday natija ko‘rsatishi kerak, sizningcha?

Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

Uning foto suratga olish imkoniyatlari 136 ball, video olish sifati esa 125 ballga baholandi. Shu tariqa, mazkur qurilma umumiy 125 ballik natija ko‘rsatib, ikkita zo‘r flagmanini ortda qoldirdi.

Honor 30, 30 Pro va 30 Pro+ taqdim etildi: 424 dollardan boshlanuvchi 5G-flagmanlar!

Ular xitoylik gigant avvalroq taqdim qilgan flagmanlar – Huawei P40 oilasi vakillarining soddalashtirilgan versiyalari bo‘lib, Google servislarisiz chiqqan.

Eng qimmat Huawei hamda Xiaomi flagmanlarining kamera jangi! («jonli» video)

Xiaomi bu yil yarim narxida flagmanlar chiqarishni to‘xtatdi. Mi 10 Pro modeli Yevropada 1000 yevro turadi; ya’ni u endi Huawei P40 Pro smartfoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibdir. Xo‘sh, uning kamerasi shunga yarashami?

Atigi 99 dollarlik smartfon Xiaomi Mi CC9 Pro’dan zo‘r makrosurat oladi! (+«jonli» video)

Oukitel C18 Pro o‘zidan ikki yarim baravar qimmat Xiaomi Mi CC9 Pro flagmanidan makrokamera (har ikkalasida 5 MPlik) sifati bo‘yicha ustun kelishi «jonli» videoda isbotlangan!

«Boyqush ko‘zli» Honor 30 Pro ilk rasmiy suratlarda

Honor 30 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi 3 900 mA/soatlik bo‘lib, tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/256 GBlik hajmga ega. Mazkur kamerofon kompaniyaning flagman chipseti – Kirin 990 5G bazasida ishlaydi.

Redmi eng zo‘r flagmanini yanada kuchaytirib, Xiaomi Mi 10’dan ham qimmat sotyapti!

Premial kamerofon 12 GBlik tezkor xotirasi eng yangi va samarador – LPDDR5 toifali chipdir. Tabiiyki, 512 GBlik saqlagich tarzida ham eng so‘nggi rusumdagi – UFS 3.1 turiga mansub flesh-xotira tanlangan.

Xiaomi kamerasi naq 144 MPlik ikkita smartfon tayyorlayapti!

Bular – Xiaomi Mi CC10 Pro hamda Xiaomi Mi 10S Pro kamerofonlari bo‘lib, shu ikkalasidan qay biri birinchi chiqishini endi vaqt ko‘rsatadi.

DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan yangi flagman bilan tanishing! (+video)

DxOMark reytinlarida har gal yangi yetakchi paydo bo‘lganida, oldingi liderdan 1 ball yuqori natija ko‘rsatar edi. Bu kamerofon esa eng kuchli raqiblaridan ham biryo‘la 4 ballga ustun kelgani e’tiborga loyiq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш