Buklama va qo‘sh ekranli qurilmalar uchun Windows 10X chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Softpedia nashri jurnalistlari esa Microsoft kompaniyasi Windows 10X’ni bir ekranli qurilmalar uchun chiqarishni ustuvor vazifa deb belgilagani to‘g‘risida eslatishmoqda.

Xbox Series X hamda Series S pristavkalarining rasmiy va to‘liq videotavsifi!

Rolikda rus tilidagi subtitrlar mavjudligi bois, inglizchani yaxshi bilmaydigan muxlislarimiz ham uni tomosha qilib tushunishlari mumkin.

Bu flagman smartfon sotuvga chiqiboq 200 dollarga arzonlashdi!

Shuningdek, kompaniya ushbu gadjeti uchun 199 dollarlik qo‘shimcha kafolat taklif etmoqda. Bunda naq ikki yil mobaynida smartfondagi barcha mexanik va tasodifiy shikastlarni u o‘z hisobidan ta’mirlab beradi.

Dunyodagi eng qimmatbaho brendlar (Interbrand reytingi, 2020 yil)

Interbrand reytingiga dunyoning eng qimmatbaho yuzta brendi kiritiladi. Bu yil ularning umumiy qiymati 2 trln 336 mlrd 491 mln dollarga baholangan. Bu esa 2019 yilgi ko‘rsatkichdan 9 foizga ko‘proqdir.

Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

AV-Test mustaqil tadqiqot kompaniyasi Windows 10 platformasi uchun eng samarador antiviruslarning yangi reytingini taqdim etdi. Unga nazar solsak, ayrim bepul dasturlar ham pullilaridan qolishmas ekan.

Bill Geyts: «Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashadi»

Bundan tashqari, Microsoft asoschisi vaksina yaratilgunga qadar odamlarda virusga qarshi kurashishning yagona usul borligini, u ham bo‘lsa ularning xatti-harakati ekanligini ta’kidladi.

Eng mas’uliyatli kompaniyalar reytingida Microsoft qatorasiga uchinchi yil yetakchi!

Forbes tomonidan tuzilgan eng mas’uliyatli 100 kompaniya reytingining yetakchi beshtaligidan NVIDIA, Apple, Intel va Alphabet ham joy olgan.

Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

Bill & Melinda Gates Foundation xayriya jamg‘armasi koronavirusga qarshi kurashga 650 million AQSh dollari ajratgan. Bu esa mustaqil fondlar tomonidan amalga oshirilgan eng yirik mablag‘ bo‘ldi.

Bill Geyts: «Mana shu yilgacha koronavirus pandemiyasining tugashidan umid qilmay qo‘yavering!»

U yana bir xavotirli holatga urg‘u berdi: pandemiya davrida boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalash darajasi dunyo bo‘ylab 14% ga pasayib ketgan. Bu esa oxirgi 20 yilda erishilgan natijalarni yo‘qqa chiqargan.

Samsung smartfonlari egalariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Windows 10 operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan Your Phone dasturi (o‘zbekchada «Telefoningiz» deb nomlangan) kompyuterni hamda Android-smartfonni yagona ekotizimga birlashtirish imkonini beradi.

Microsoft kompaniyasi TikTok’dan quruq qoldi

Microsoft kompaniyasi ta’kidlashicha, ushbu bitim imzolanganda ham TikTok foydalanuvchilari yutardi, ham milliy manfaatlar talablari qondirilardi.

Arzon o‘yin konsoli – Xbox Series S namoyish etildi (+video)

Bu – Microsoft tarixidagi eng arzon va eng ixcham o‘yin pristavkasi bo‘lib, WalkingCat nikli insayder allaqachon uning Xbox Series X bilan taqqoslab ko‘rsatilgan videosini chiqardi.

Windows 95 tizimi 25 yoshda: Microsoft dizaynning chorak asrlik evolyusiyasini qisqa videoda ko‘rsatdi

Bundan 25 yil avval, 1995 yilning 24 avgustida Windows 95 operatsion tizimi rasman taqdim etilgan edi. Uning chorak asrlik yubileyi munosabati bilan Microsoft korporatsiyasi qisqa videolavha tayyorladi.

Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

Garchi AQSh prezidenti TikTok’ni aynan u sotib olishini istayotgan bo‘lsa-da, ByteDance internet-kompaniyasi hali mazkur biznesini kimga sotish borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

Xbox Series X hamda PlayStation 5 konsollarining xususiyatlarini Microsoft Xbox loyihasi rahbari Fil Spenser (Phil Spencer) e’lon qildi. U raqib pristavkalari nega buncha katta bo‘lganini ham izohlagan.

Microsoft nihoyat qo‘sh ekranli Surface Duo smartfonini namoyish etdi

Bu – Microsoft korporatsiyasi 2016 yili Nokia mobil biznesini sotib olganidan buyon chiqargan birinchi Android-smartfondir.

Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Dunyo bo‘ylab bu falokat tufayli yuzaga keladigan kishilar o‘limi ko‘payishi va iqtisoddagi muammolar COVID-19 pandemiyasidan ko‘ra uzoqroq davom etadi, deydi Microsoft muassisi.

TikTok talash bo‘lyapti – unga Apple ham talabgor!

Microsoft ushbu servisning faqat AQShdagi biznesini sotib olish uchun muzokara boshlagan edi. Lekin Donald Tramp undan ma’lum ulushni emas, balki butun dasturni sotib olishga chaqirdi.

Tramp shart qo‘ydi: «TikTok'ni 45 kun ichida Amerika kompaniyasiga sotishlari kerak!»

Prezident undan ma’lum ulushni emas, balki butun dasturni sotib olishga chaqirdi. Bundan tashqari, Tramp sotishdan tushgan daromadning bir qismi AQSh Moliya vazirligiga borishi kerakligini ta’kidlaydi.

TikTok’ni sotib olayotgan Microsoft kompaniyasi Tramp tahdididan so‘ng muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi

Microsoft korporatsiyasi o‘zining saytida ma’lum qilishicha, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini xarid qilish borasidagi muzokaralar qayta boshlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш