Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

Xiaomi’ning yubiley flagmanlari namoyishidan so‘ng mutaxassislar yetakchi chipsozlarning bozorga chiqib ulgurgan flagman protsessorlarini turli benchmarklarda yana sinab ko‘rishdi.

AnTuTu eng kuchli mobil protsessorlar reytingini chiqardi

Unda joriy yilning birinchi yarmida AnTuTu’da tekshirilgan barcha modellardagi smartfonlarning protsessorlari (markaziy yadrolar va grafik chip) ko‘rsatgan natijalar hisobga olingan.

Kutilmaganda benchmarkda Redmi Note 10 qo‘lga tushdi!

Xiaomi bu fabletini MediaTek Dimensity 820 protsessori bazasida yaratgan. Redmi Note 10 yana ko‘p modulli kamera, 8 GBlik tezkor xotira va Android 10 operatsion tizimi bilan ham ta’minlangan.

Apple ham atigi 200 dollarlik, tag‘in A13 protsessorli iPhone tayyorlayapti!

Kupertinoliklar bu smartfonda ham Apple A13 chipsetini qo‘llashmoqchi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, ushbu arzon ayfon boshqa kompaniyalarning ayrim flagmanlaridan ham tezkor bo‘ladi!

Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q.

Snapdragon 865+ namoyish qilindi: eng zo‘rlaridan ham 10 foizga qudratli Android-protsessor!

Amerikalik chipsoz bu mahsulotida samaradorlikni (ayniqsa grafika bo‘yicha) hamda Wi-Fi bo‘yicha ma’lumot almashish tezligini oshirishga asosiy e’tiborni qaratgan.

Redmi flagman chipga va 120 gerslik OLED-displeyga ega kuchli smartfon tayyorladi

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Master Lu benchmarkining may oyi reytingida ushbu chipset nufuzli Qualcomm kompaniyasining eng kuchli flagmani – Snapdragon 865 protsessoridan ustun kelgan.

Qualcomm arzon 5G-smartfonlar uchun Wi-Fi 6’ni ham qo‘llovchi Snapdragon 690 chipini chiqardi

Bir qator kompaniyalar ushbu chipsetni yangi modellarida qo‘llashmoqchi; ammo hali bu taqdimotdan ancha oldin xitoylik bir kompaniya uning bazasida eng arzon 5G-smartfon tayyorlayotgani ma’lum bo‘lgan...

Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

Hali taqdim etilmagan chipset unda 667 253 ball olgan; taqqoslash uchun: may oyidagi eng zo‘r Android-flagmanlar reytingida Snapdragon 865 protsessorli OPPO Find X2 Pro rekordi 604 123 ballga teng edi.

Samsung arzonroq 5G-smartfonlar uchun yangi protsessor taqdim etdi

Exynos 880 modeli ayni damda mavjud bo‘lgan 5G-protsessorlar orasida samaradorligi eng past chipset hisoblanadi. Shunga yarasha uning narxi ham past bo‘ladimi yo yo‘qmi – bunisini Samsung aytmagan.

Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 600-turkumida 5G-modemli yangi protsessor tayyorlamoqda. Uning bazasidagi – ilk eng arzon 5G-smartfon haqida birinchi ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

Kompaniya eng arzon 5G-smartfonini 6/128 GBlik xotira va Android 10 bilan ta’minlagan. Samaradorlik testida u 316 000 ballik natijaga erishgan – bu esa taxminan Snapdragon 765G darajasidagi ko‘rsatkich.

AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Ushbu reytingda Qualcomm, Samsung, Huawei HiSilicon hamda MediaTek kabi chipsozlarning ayni paytdagi smartfonlarda qo‘llanayotgan protsessorlari qatnashgan.

Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Samaradorlik bo‘yicha yetakchi Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 865 sun’iy ong imkoniyatlari bo‘yicha bitta reytingda atigi yettinchi o‘rindan joy olgan!

«Ikki karra 5G»da ishlovchi ilk flagman taqdimotdan avval sotilyapti!

Dimensity 1000 Plus bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘ida ishlovchi ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Hozircha eng kuchli chipsoz – Qualcomm ham, Samsung yoki Huawei ham bunaqa mobil protsessor yaratgan emas.

«Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

Exynos 880 5G natijalari Snapdragon 765G ko‘rsatkichlariga juda yaqin; demak, yangi chipset aynan shu protsessor raqibidir. Uning bazasidagi smartfonlar Qualcomm chipli modellardan arzon bo‘lishi kutilmoqda.

Redmi dunyodagi eng arzon 5G-flagmanni yap-yangi protsessorli «ekstremal» versiyada chiqardi

Redmi K30 5G Extreme Edition deb atalgan ushbu model Qualcomm endigina namoyish etgan Snapdragon 768G protsessorli ilk smartfondir.

Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Amerikalik chipsoz uni SM8350 kodli nomi ostida tayyorlamoqda. 5 nanometrlik texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilayotgan mazkur chipsetning asosini Kryo 685 yadrolari tashkil etadi.

1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Ushbu modelida Qualcomm emas, balki MediaTek protsessori qo‘llangani uchun Xiaomi tanqidlarga uchragan edi. Ammo baribir uning «elektron yuragi» Samsung o‘z flagmanida qo‘llagan chipsetdan ham zo‘r ekan!

Huawei birinchi marta Qualcomm’ni ortda qoldirdi, lekin...

HiSilicon mazkur chorakda ushbu bozorning 43,9 foizini egallagan; bir yil avval bu ko‘rsatkich 24,3 foizga teng edi. Qualcomm hissasi esa bir yilda 32,8 foizgacha tushib ketgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш