Tesla rahbari bir haftada 15 milliard dollarga boyidi

Hafta ichida boyligi eng ko‘p o‘sgan 2-raqamli inson – Quicken Loans ipoteka banki egasi Deniel Gilbert boyligi 13 milliard dollarga ko‘paygan. Buning evaziga u Forbes ro‘yxatida 20-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

«[Vision-S] bizning sensorli va audiotexnologiyalarimizni yanada rivojlantirish uchun Tokioga yetib keldi...» – deydi Sony bu haqda e’lon qilingan rasmiy videorolik ostida.

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi

Maskning boyligi 74,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda (bir kunda $5,1 mlrd. qo‘shildi). Bu Nasdaq fond birjasida Tesla aksiyalari narxi 9% ga oshib, donasi $1643 gacha ko‘tarilgandan keyin yuz berdi.

Tesla aksiyalari qimmatlashib, Ilon Mask ilk bor milliarderlar TOP-o‘ntaligiga kirdi!

May oyidan to iyulning o‘rtasigacha Tesla aksiyalari narxi ikki baravarga ko‘tarilgan. Ilon Mask esa kompaniya aksiyalarining beshdan bir qismiga egalik qiladi.

Ilon Mask boylar reytingida Uorren Baffetni ortda qoldirdi

Maskning reytingi ko‘tarilishi Tesla kapitallashuvining o‘sishi bilan bog‘liq – juma kuni u yana 10 foizga ko‘tarilib 286 milliard dollarga chiqdi va bitta aksiyaning bahosi 1500 dollarni tashkil etdi.

Ilon Mask bir haftada 5 milliard dollarga boyidi

«Men uchun mutlaqo hammasi bir xil. Bu raqamlar ko‘tariladi va pasayadi. Lekin, haqiqatdan eng muhim narsa shuki, biz odamlarga yoqadigan mahsulotlar yaratamiz», – deya fikr bildirdi uning o‘zi.

Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Bu mamlakatda elektromobil xarid qilgan fuqarolarni davlatning o‘zi bonuslar bilan rag‘batlantiradi, shuning uchun xaridor Tesla Model 3 elektrokarini tanladi. Lekin...

TOP-10: Koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar

Financial Times nashri 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv o‘sishi bo‘yicha eng yaxshi 100 ta kompaniya ro‘yxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi o‘ntasining bahosi 1,45 trln. dollarga o‘sgan.

Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!

Elektrokar o‘z-o‘zidan tezligini 127 km/soatga chiqarib, yelday uchib ketgan. Haydovchining tezlikni pasaytirishga bo‘lgan urinishlari naf bermagan, tormoz shunchaki ishlamay qolgan...

Tesla’da maoshsiz ishlab kelayotgan Ilon Mask undan ilk bor mukofot oldi

Maskning Tesla kompaniyasidagi kompensatsiya paketi 12 ta transhni o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy qiymati kompaniya kapitallashuviga qarab 55 milliard dollarga baholangan.

Ilon Mask o‘ziga dushmanlik qildi – bitta tvit bilan Tesla aksiyalari narxini tushirib yubordi!

Aytish kerakki, 29 aprel kuni Tesla ketma-ket uchinchi chorakdan moliyaviy muvaffaqiyat bilan chiqqanini e’lon qilgan edi. Ilon Maskning bu ishidan keyin kompaniyaning o‘sishiga putur yetishi mumkin.

«O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

Tesla o‘tgan yil noyabrda butunlay elektrlashtirilgan Cybertruck pikapini taqdim etgan edi. Antiqa ko‘rinishi bilan masxaralarga sabab bo‘lsa-da, ikki kun ichida unga berilgan buyurtmalar 146 mingdan oshgan!

Qarshi oling: Cyberphone – elektromobil bilan iPhone chatishmasi! (+video)

Tesla Cybertruck futuristik dizaynidan tashqari o‘q o‘tmasligi bilan ham mashhur. Uning g‘ayrioddiy qiyofasidan ilhomlangan Caviar mutaxassislari shu dizaynda o‘ziga xos iPhone yaratishga kirishishdi.

VIDEO: Tesla’ning Shanxaydagi tadbirida Ilon Mask nega raqsga tushdi?

Tesla kompaniyasi o‘zining elektromobillari bilan qanchalik mashhur bo‘lsa, uning rahbari Ilon (Elon) Mask ham o‘zining antiqa g‘oyalari va qiliqlari bilan shunchalik dong taratgan.

CES 2020: Sony kutilmaganda Tesla’ning «panjasiga panja urdi»! (+video)

Sony Vision-S elektromobilining ichki va tashqi tomonlarida 33 ta turli datchik mavjud. Shuningdek, elektrokar bir nechta displey, kuchli ovoz yangratish tizimi hamda uzluksiz internet bilan ta’minlangan.

Tesla futuristik va «o‘q o‘tmas» Cybertruck elektrik pikapini namoyish etdi (+video)

Ilon Mask kompaniyaning dizayn bo‘yicha boshlig‘i Frans fon Xolsxauzenni chaqirib, mashinaning kuzoviga katta bolg‘a – kuvalda bilan bir necha marta urishga majbur qildi...

Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

U o‘z boyligining katta qismini 20 yildan ortiq muddat davomida avvalgi kompaniyalarini sotish yoki aksiyalarni savdoga qo‘yish bilan jamg‘argan.

Tesla elektromobili haydovchini tiriklay yondirib yubordi

Fojia qurbonining oilasi Tesla kompaniyasini sudga bergan; ayblovda yozilishicha, haydovchining o‘limiga avtomobilning konstruktiv nuqsoni sabab bo‘lgan.

«Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Tesla vakillari Model S modelining keyingi sinovlarini vaqtincha to‘xtatib turishlarini hamda uning xususiyatlarini yaxshilashda davom etishlarini aytishdi.

Tesla Model S poyga trassasida jahon rekordini yangiladi! (+video)

O‘zbekiston prezidentining kuyovi Toshkentda tezlikni oshirib mashina haydagani va o‘z ixtiyori bilan jarima to‘lagani esingizdadir? Ushbu qoidabuzarlik aynan mana shu Tesla avtoulovida sodir etilgandi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш