2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

DxOMark mutaxassislari 2020 yili chiqqan va o‘zlari tekshirib ko‘rgan kamerofonlarning oltita yo‘nalish bo‘yicha eng kuchlilarini e’lon qilishdi. Reytingga uchtagina kompaniyaning jami to‘rttagina modeli kirgan!

«Taxtni bo‘shat, Xiaomi Mi 11» – AnTuTu rekordchisi yanvarda chiqyapti

Xiaomi kompaniyasining Mi 11 flagmani bu servisda 745 ming ballga yaqin ko‘rsatkich qayd etgan bo‘lsa, bu geymerofonning ko‘rsatgan natijasi 752 935 ballga yetgan!

Bo‘lajak bestseller – arzon Galaxy A72 taqdimot oldidan Geekbench’da imtihon topshirdi

Benchmark ma’lumotlar bazasida qayd etilishicha, Samsung uni Android 11 operatsion tizimi hamda 8 GBlik tezkor xotira bilan ta’minlamoqda.

Huawei Mate 40 Pro kuchliroqmi, yoki Galaxy Note 20 Ultra? («jonli» test videosi)

SpeedTest G nomli YouTube-kanal muallifi Huawei Mate 40 Pro flagmanini yetakchi smartfonsozning eng kuchli modeli – Galaxy Note 20 Ultra bilan real sharoitlarda taqqoslab ko‘rsatdi.

Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Yangi chipset taqdimoti arafasida unda ishlovchi Galaxy S21+ hamda S21 Ultra modellarini Geekbench servisida tekshirib, test natijalarini va ayrim texnik jihatlarini bitta jadvalda taqqoslab ko‘rsatishgan.

Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Antutu servisidan farqli tarzda, Master Lu aynan noyabrda namoyish etilgan smartfonlarning ikkita parametr bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Qizig‘i – har ikkala ro‘yxatda uchinchi o‘rinni hamyonbop model olgan!

DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

Samsung’ning eng zo‘r flagmani Galaxy Note 20 Ultra bo‘lsa, unga eng munosib raqib kupertinoliklarning iPhone 12 Pro Max modelidir. DxOMark ularning old kamera testlari natijalarini bir vaqtda chiqardi.

Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Geekbench testi mazkur smartfonning samaradorligini ham baholash imkonini beradi, lekin uning natijalari Snapdragon 888 taqdimotida Qualcomm e’lon qilgan tezkorlikka umuman o‘xshamaydi.

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu, 2020 yil noyabr)

Reyting g‘olibi va yana ikkita o‘rindagi modellar Mediatek protsessorlidir. To‘qqizinchi o‘rindagi Redmi K30 modeligina Qualcomm mahsulotiga asoslangan; qolgan barchasi Kirin chipsetli telefonlardir.

O‘zbekistonda milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Talabgordan BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan. Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil noyabr)

Reyting yetakchilari Kirin 9000 protsessori bazasiga tayangan, mazkur vaziyat to kuni kecha taqdim etilgan yangi chipset – Snapdragon 888 asosidagi flagmanlar bozorga chiqmagunicha o‘zgarmasa ham kerak.

Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

AnTuTu’ning tasdiqlashicha, ushbu smartfon FullHD+ rezolyusiyali, 90 gerslik ekranga ega. Redmi unda 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotira qo‘llagan.

AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Rekordchi devaysning protsessori iPhone 12’larda qo‘llangan Apple A14 chipsetidan deyarli 80 foizga tezkor ekan. Grafikasi bo‘yicha esa u yangi ayfondan ikki yarim baravarga samaradorroq bo‘lib chiqqan!

Hamyonbop Galaxy A12 allaqachon Geekbench’da test topshirib, Samsung saytiga ham chiqdi!

Android 10 tizimiga ega bo‘lgan Galaxy A12 smartfoni sakkiz yadroli protsessor bazasiga qurilgan; insayderlarning ta’kidlashlaricha, bu – MediaTek Helio P35 chipsetidir.

iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

Bu reyting yetakchisi Huawei Mate 40 Pro bo‘lsa, kompaniyaning yana bir vakili – Huawei P40 Pro kuchli uchlikni yakunlagan. Bu ikkalasining orasidan Xiaomi yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli joy olgan.

Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Antutu’ning so‘nggi reytingida Mate 40 Pro eng yuqori o‘rinni zabt etgan. Biroq tez orada Samsung va Xiaomi ham eng kuchli flagmanlarini chiqaradi. Xo‘sh, ulardan qay biri eng qudratli ekan?

Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Mazkur flagmanning Geekbench’dagi natijalari aks etgan sahifa kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar Snapdragon 875 chipsetning ayrim xususiyatlarini ham aniqlab olishgan.

O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Beshta reyting orasidan naq to‘rttasida bittagina smartfonsozning turli modellari yetakchi. Xo‘sh, bu qaysi kompaniya ekanini toping-chi?

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Ro‘yxatdagi naq oltita o‘rinni bittagina kompaniya vakillari band etgan bo‘lsa-da, reytingda yetakchi boshqa.

Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Qizig‘i – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi o‘yinbop modellar o‘tgan oyda beshinchi va oltinchi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, bu gal 7–8-pog‘onaga tushib qolgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш